Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish Reja



Yüklə 23,41 Kb.
səhifə1/5
tarix26.05.2023
ölçüsü23,41 Kb.
#113170
  1   2   3   4   5
Ma\'ruza va amaliy darslarni tashkil etish


Ma'ruza va amaliy darslarni tashkil etish
Reja:




  1. Amaliy mashg`ulot darslari
  2. Seminar mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi


  3. Bahs – munozara munozara metodini qo`llash bosqichlari



Amaliy mashg`ulot darslari kasb-hunar kollejlarda o`quv jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.


Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili), o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi.
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi, auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim.
- talabalarga nazariy xarakterdagi bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam berish;
- talabalarga amaliy masalalarni yechishni o‘rgatish, hisob-kitoblar, grafik va boshqa turdagi topshiriqlarni bajarish ko‘nikma va malakalarini egallashga ko‘maklashish;
- kitob, xizmat hujjatlari va diagrammalar bilan ishlashga, ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlardan foydalanishga o'rgatish;
- fanni o'rganishga xos bo'lgan harakatlarni takroriy bajarish orqali ma'ruzada shakllangan aloqalar va assotsiatsiyalarni mustahkamlash (monoton stereotipik takrorlashlar bilimni tushunishga olib kelmaydi);
- mustaqil bilim olish qobiliyatini shakllantirish, ya'ni o'z-o'zini o'rganish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini nazorat qilish usullari, usullari va usullarini o'zlashtirish;
- rivojlanishni ta'minlash ijodiy faoliyat talabaning shaxsiyati, uning ilmiy tafakkuri va nutqi; talabalarning ijodiy mehnatkash sifatida o'sishiga yordam berish;
– talabalar bilimini sinash – yetarlicha tezkor fikr bildirish vositasi.

Yüklə 23,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə