Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr


Kasbiy psixologiyaning muhim jihatlari



Yüklə 121 Kb.
səhifə4/27
tarix26.05.2022
ölçüsü121 Kb.
#88109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mavlonova

Kasbiy psixologiyaning muhim jihatlari – bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Kasbiy psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

  1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;

  2. Kasbiy psixologiya predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;

  3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proyektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

  4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;

  5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;

  6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish;

  7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;

  8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jihatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

Kasbiy psixologiyaning metodologik asosi – bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya’ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə