Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr



Yüklə 121 Kb.
səhifə9/27
tarix26.05.2022
ölçüsü121 Kb.
#88109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Mavlonova

Longityud metod – bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik bashoratini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida deyarli qo‘llanilmagan.
Longityud metod bir vaqtning o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo.
Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi. Longityud metodini kasbiy psixologiyada qo‘llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro‘-e’tibor qozonishning yo‘l-yo‘riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi.
Longityudni qo‘llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o‘lchovlar o‘rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig‘ida o‘tkazilgan.
Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin.
Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo‘llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo‘llash yordamida bartaraf etish mumkin.
Biografik usul – shaxs hayot yo‘lini o‘rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kauzometriya – Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kauzometriya kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə