|
Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A. B. Ma’ruza-10. Bipolyar tranzistorlar haqida umumiy maʼlumotlar
|
səhifə | 1/4 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 3,61 Mb. | | #141717 |
| 10-маъруза ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Jabborov A.B. Ma’ruza-10. BIPOLYAR TRANZISTORLAR HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR. Reja: Umumiy ma’lumotlar Tranzistor tuzilmalarining energetik diagrammalari
Tayanch iboralar:Bipolyar transistor, kollektor, emitter, baza, planar-epitaksial, aktiv (normal), to'yinish, injeksiya, teshilish, umumiy baza (UB), umumiy emitter (UE) va umumiy kollektor (UK).
1.Umumiy ma’lumotlar
Bipolyar tranzistor (ВТ) deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quvvat bo‘yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarimo‘tkazgich asbobga aytiladi. BTda tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar -elektronlar va kovaklar ishtirok etadi.
ВТ p - va n - o‘tkazuvchanlik turi takrorlanuvchi uchta (emitter, baza va kollektor) yarimo‘tkazgich sohaga ega (1, a yoki b-rasmlar).
1-rasm. p-n-p (a) va n-p-n (b) turli ВТ lar tuzilmasi va ularning sxemada shartli belgilanishi.
BTlar asosan chastotalarning keng diapazonida (0-10GGs) va quvvat bo‘yicha (0,01 - 100Vt) elektr signallarni o‘zgartuvchi, generator va kuchaytirgich sxemalarni hosil qilish uchun ishlatiladi.
BTlar chastota bo‘yicha:
past chastotali — 3 MGs gacha;
o‘rta chastotali 0,3÷ 30 MGs;
yuqori chastotali 30÷300 MGs;
o‘ta yuqori chastotali — 300 MGs dan yuqori guruhlarga bo‘linadi.
Quvvat bo'yicha
kam quvvatli — 0,3 Vt gacha;
o‘rta quvvatli — 0,3÷1,5 Vt;
katta quvvatli - 1,5 Vt dan yuqori guruhlarga ajratiladi.
Nanosekund diapazonida katta quvvatli impulslarni hosil qilishga mo‘ljallangan ko‘chkili tranzistorlar BTlarning yana bir turini tashkil etadi.
Tuzilishi bo‘yicha BTlar
Dostları ilə paylaş: |
|
|