Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Grafika.
Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika 
san'atidir. Tasviriy san'atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, 
mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm, 


illyustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar 
kiradi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda 
qog'ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib 
ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali 
rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi. 
Grafika san'ati hozirjavob san'atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun 
uzoq vaqt kerak bo'ladi (axir ba'zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil 
kerak bo'lgan), grafika san'ati asarlarida esa shu bugun sodir bo'lgan voqea shu 
bugunoq o'z aksini topishi mumkin. Grafika san'atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa 
ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko'ngilli 
bo'lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam 
kiyimi ochiq qizil rangda ko'rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish 
qiyin. Rassom rang orqali o'z asarining yanada ta'sirchan bo'lishiga erishgan. Kishi 
shu plakat oldidan o'tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o'ziga tortadi. 
Natijada u to'xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san'atining atoqli 
vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan davlatning ramzi sifatida 
foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning 
dushmanlarini esa qora va ko'k ranglarda ishlab, o'z g'oyalarini tez va oson 
tushunarli bo'lishiga erishganlar. Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi 
va mazmuniga qarab, dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat 
hamda amaliy grafika san'atiga bo'linadi. Dastgoh grafika san'atiga mustaqil 
xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g'oyalarni ilgari 
suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san'ati asarlarining 
ko'rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun
odamlarning xatti-harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal 
grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni 
bilan bog'liq bo'ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to'laroq ochib berish 
uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va 
gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob 
hamda gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir. 
Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog'liq bo'lib, shu asarda tasvirlangan biron-
bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya 
yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab o'qiydi, matnda 
tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo'layotgan joyning 
xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga 
kirishadi. 
Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga 
va ta'sirliroq bo'lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko'rinishda bo'ladi. 
Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim 
voqealar 
tasvirlanishi 
mumkin. 
Kitob 
va 
gazeta-jurnal 
grafikasining 
ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo'lib, u tanqidiy xarakterga ega bo'ladi hamda 
o'zida satira va yumorni mujassamlashtiradi. 
Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni o'z 
asariga mavzu qilib oladi va uning ba'zi tomonlarini bo'rttirish orqali rasmlarning 
qiziq va kulgili bo'lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni 


tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kislularimiz 
sha'niga dog' bo'lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo'lgan 
nodonlik, xurofot, tekinxo'rlik, poraxo'rlik, davlat mulkiga xiyohat qiluvchilarning 
basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san'atining turlaridan yana biri plakatdir. 
Plakat lotincha so'zdan oUngan bo'lib, «e'lon», «guvohnoma» degan ma'noni 
anglatadi. Grafika san'atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy 
grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, 
tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub. 
Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san'at emas, u ham 
san'atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda 
bo'layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g'oyalarini xalq 
orasida targ'ib qiladi. 
Grafika san'ati eng demokratik san'atdir. U goh plakat tarzida, goh gugurt 
qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat 
tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi, 
kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika 
san'ati 
katta 
g'oyaviy-siyosiy 
ahamiyatga 
egadir. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə