Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Rangtasvir
Rangtasvir
Monumental
Mo’jaz
Dastgohli
Dekorativ
Rangtasvir.
Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. 
Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr 
dekoratsiyalari shu san'at turiga kiradi. Rangtasvirda rang muhim o'rinni egallaydi. 
Agar grafika san'atida rang shunchaki yordamchi vazifani o'tasa, rangtasvirni esa 
rangsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarli obrazlarda 
tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini
moddiyligini, hajmini ko'rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o'zining vazifasi va 


ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi.

Monumental rangtasvir
Freska
Mozayka
Panno
Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu 
turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan 
muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko'rishga 
mo'ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirirga, 
mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar 
ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to'g'risida real tasavvur 
berishi kerak. Monumental rangtasvir me'morchilikda ma'lum miqdorda bezash 
vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba'zan monumental - dekorativ 
rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga 
qarab o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi. Bular: freska, mozaika va 
pannodir. Freska odatda devorga to'g'ridan to'g'ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka 
rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga 
ishlangan surat yoki o'yma naqshlar ba'zan har xil shakldagi ramkalar 
(to'rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo'ladi - bu 
pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog'ochda) ishlanib 
olinib bitgandan so'ng devorlarda qoldirilgan maxsus o'rinlarga o'rnatiladi. Lekin 
mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba'zi hollarda 
panno dastlab xolstga moy bo'yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo'lgan o'ringa 
yopishtiriladi. 
Dekorativ rangtasvir me'morchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bo'lib, 
asosan bezash vazifasini o'taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san'ati, teatr, 
kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ 
rangtasvir monumental rangtasvir singari to'g'ridan to'g'ri devorga ishlanishi, 
panno, mozayka tarzida bo'lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon 
tasviriy san'atida yetakchi o'rinni egallovchi san'at turlaridan biri hisoblanadi. 
Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar 
molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli 
rasmlar deyiladi. 


Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo'layotgan muhim voqea va 
hodisalarni 
aks 
ettirishidan 
tashqari, 
shaxsning 
individual 
xislatlarini, 
kechinmalari, his-tuyg'ularini to'liq ko'rsatish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, 
ularda tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar o'zining yorqin ifodasini topadi. Dastgoh 
rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o'laroq, mustaqil 
ahamiyatga ega, u boshqa biron san'atga bog'lanmaydi. Dastgoh rassomligi 
birmuncha kech paydo bo'lgan bo'lib, uning rivojlanish davri Uyg'onish davriga 
to'g'ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san'at turlari ichida uning keng tarqalgan 
turlaridan biri hisoblanadi. 
O'zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab paydo bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi 
o'rinlardan birini egallaydi. 

Х. Stenveyk. «O’tkinchi dunyo». XVII аср


 
Peyjaj
- manzara janrida tabiat ko’rinishi
o’z aksini topadi. Unda real yoki hayolan
ko’z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik
qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta), 
dengiz ko’rinishi (marina) va hokazolar
tasvirlanadi. Voqelik tasviri va inson
atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi
manzarada o’z aksini topadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə