Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

 
Haykaltaroshlik. 
Tasviriy 
san'atning 
turlaridan 
biri 
bo'lgan 
haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo'lgan shakllar orqali makonda 
tasvirlanadi. Stol ustiga qo'yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o'rnatilgan 
turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi 
buyumlarning yuzasidagi bo'rtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli 
ko'rinishi hisoblanadi. 
Haykaltaroshlik asarlari o'z ishlatilish o'rni, bajaradigan vazifasi va 
tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq 
ko'rinishda bo'ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko'rish 
mumkin bo'lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo'rttirib ishlanganligi sababli faqat bir 
tomondan ko'riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so'z 
bo'lib, yuza degan ma'noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir 
qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko'rinishi ham aks etadi. Shuning uchun 
bunday releflarni ba'zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o'z navbatida, 
ikki turga bo'linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» 
ham fransuzcha so'zdan olingan bo'lib, past relef degan ma'noni anglatadi. 
Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo'rtgan) bo'lib, lekin 
uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, 
tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo'rtma tasvirlar bunga misol bo'la oladi. 
Bareleflar ayniqsa, amaliy san'at buyumlarini, me'morchilik binolarini bezashda 
juda qo'l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, 
masalan, ko'za, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar, 


binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo'rtma tasvirlar 
ishlaganlar. «Gorelef» so'zi ham fransuzcha bo'lib, baland relef ma'nosini bildiradi. 
Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo'rtib chiqqan 
bo'lib, uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo'lishi shart. 
Relefning yana bir turi bor. Bu o'yib ishlangan releflardir. Bunday releflar 
odatda tekis yuzaga o'yib ishlanadi. Yuzani o'yish natijasida hosil bo'ladigan 
yorug'-soya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadi. Bunday releflarning 
imkoniyati chegaralangan bo'lganidan ular amalda juda kam qo'llaniladi. Bunday 
releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi 
materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda 
xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug'vorlik, 
adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko'rkam 
ko'rinadi. Shuning uchun haykallar o'zining mazmuni va o'rnatiladigan joyiga 
qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko'p. Bu 
plastilin, loy, yog'och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. 
Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo'llanadi. 
Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni 
bo'yash hollari uchraydi. Bunga O'zbekiston hududidan topilgan qator 
haykaltaroshlik asarlari misol bo'la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy 
san'atning boshqa turlari kabi o'zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator 
tur va janrlarga bo'linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, 
dekorativ 
va 
dastgoh 
haykaltaroshligini 
tushunamiz. 
Monumental 
haykaltaroshlikka 
muhim 
tarixiy 
voqealar, 
atoqli 
shaxslar 
xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan yirik o'lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, 
haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari 
o'zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Lekin shu bilan 
birga, u bevosita muhit bilan bog'liq bo'lib, me'morchilik binolari hamda tabiat 
bilan uyg'unlikda bo'lishi lozim. Bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh 
etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo'lgan xysusiyatlardan biri bu 
tasvirlanayotgan qahramonlarning ko'tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental 
haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo'ljallangan bo'lganligi 
sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va 
hokazolardan ishlanadi. Bulardan tashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari 
uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan 
keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi 
mayda detallar ko'rsatilmaydi. Istirohat bog'lari, xiyobon va ko'chalar, shuningdek, 
me'morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning 
hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga kiradi. Haykaltaroshlik 
san'atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar 
monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida mustaqil mazmunni anglatib, 
me'morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo'lmagan holda, kishiga mustaqil 
fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me'morchilik bilan 
bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini 
ishlashda obrazlarni ko'tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida 
esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo'rttiriladi. Haykaltaroshlikning 


bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga 
ishlanadigan turli bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlarining yuzasiga 
ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar, 
panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida 
qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o'yinchoqlar ham 
shu haykaltaroshlikning ko'rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o'zida 
mustaqil mazmunni anglatadigan, san'atning bosh turlariga tobe bo'lmagan asarlar 
kiradi. Bunday asarlar ko'rgazmalarga qo'yish, uylarga qo'yish uchun mo'ljallangan 
bo'ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o'zining butun borlig'i bilan aks 
etadi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik 
o'zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga 
ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham 
ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko'rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligining 
ko'rinishlaridan biri byust bo'lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal 
hamda o'zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi 
(kompozitsiya) tarzida bo'ladi. Haykaltaroshlik san'atining yana bir ko'rinishi - 
terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so'z bo’lib, pishirilgan loy ma'nosini 
bildiradi). Terrakota keng ma'noda loydan yasalib, pechda pishirilgan 
haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko'rinishi 
tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati 
tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g'amginligi, kelajakka intilishi 
va o'tmishga qayg'urishi ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning 
tevarak-atrofga bo'lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin 
etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o'ta ziyrakligi, odam 
gavdasi va mimik o'zgarishlarini to'g'ri ifodalashi muhim o'rinni egallaydi. To'g'ri 
topilgan harakat yuzdagi mimik holat - bular uning ta'sirli bo'lishiga zamin 
tayyorlaydi.
MILOSLIK
AFRODITA
Tasviriy san'atning turlari. 
Portrеt - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning 
tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan 


tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda 
tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi. 
Avtoportrеt - portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir 
o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi. 
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks 
ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki 
kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni 
tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda 
mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U.Tansiqboеvning ``O`zbеkistonda 
mart", "Jonajon o’lka", "Mеning qo`shig’im", N.Kashinaning "Tog’da bahor", 
Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi", "Choyga", R.Tеmurovning "Bibixonimda 
bahorim, "Ulugbеk madrasasi" asarlari mualliflarga shuxrat kеltirdi. 
Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, "jonsiz tabiat" dеgan ma'noni 
anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi 
narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, 
mеva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tеvarak-atrofdagi narsalarni 
tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y 
byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R.Axmеdov, 
L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod 
qilmoqdalar. 
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan 
vokеa-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. 
Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir. 
Botal janr - "botal" frantsuzcha so`z bo`lib, "jang", "urush" ma'nosini 
bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy 
yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida 
jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga 
bo`lgan chеksiz muhabbati ifodalanadi. Lеonardo da Vinchi, M.B.Grеkov, 
G.QSovitskiy, 
•A.A.Dеynеka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday 
musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiеvnnng "Spitamеn ko`zroloni', musavvir 
R, Rizamuhammеdovning "Mukanna ko`zgololi"., musavvir T. Sodiqovning 
Tumarisning qasosi" nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi. 
Animalistik - janr o`zgacha ) tasiry san'at turidir. U lotincha "anima", 
"hayvonot olami" dеgan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot,-
dunyosiga" zur qiziqish, sеvgi va mahorat bilan yondoshadi. 
Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega 
bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining dеvorlariga kiyiq qutos, mamontlarning 
suratlarini chizganlar.
Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar 
to`zishda hamda monumеntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI 
asrga kеlib hayvonot olami anatomiyasini buyuk .musavvirlar Lеonardo da Vinchi 
va A.Dyuryerlar ishladilar. 
Kеksa haykaltarosh va grafik musavvir V,:A.Vatagin o`zining asarlarida 
turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.


Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida 
mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga 
musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va 
slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir. 
Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik 
hayotini, turli vokеalarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks 
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - 
Pityer dе Xoh Ostadе, Stеn, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi. 
Rеalist rassomlardan P.Fеdotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy, 
QSavitskiy, I.Rеpin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa 
qo`shdilar. O`zbеk rassomlaridan R.Axmеdov, M.Saidov, Z.Inogomov, 
R.Choriеv, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə