Ma’ruzalar matni


Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari. 
Badiiy muzeylar. “Muzey” yunoncha “Muzeyon” so’zidan kelib chiqqan 
bo’lib, qadimgi Yunon afsonalariga ko’ra, san’at va fan mabudalarihisoblangan 
muzalar uchun mo’ljallangan muqaddas joy ma’nosini anglatadi.
“Muzey” so’zi uyg’onish davrida rasmiy tus oldi. Badiiy muzeylarda 
asosan tasviriy va dekorativ amaliy san’at asarlari to’plandi, saqlandi, namoyish 
etildi va ta’mirlandi.
Dunyoda birinchi bo’lib davlat muzeyi xuquqini Londondagi Britaniya 
muzeyi olgan edi. Dastlabki muzeylar Evropada tashkil etilgan bo’lsa, Sharqda 
ular 19-20 asrlarda paydo bo’ldi. Xususan Dexlida Hindistonning milliy muzeyi 
(1848 y), Pekindagi Gugun muzeyi (1914 y), Yaponiyadagi Tokio milliy muzeyi 
(1871 y) va boshq. Badiiy muzeylar orasida tasviriy san’at muzeylari bilan bir 
qatorda maxsus amaliy san’at muzeylari ham bor. Shuningdek, tasviriy san’atning 
u yoki bu turi yoki oqimiga bag’ishlangan muzeylar ham mavjud. Masalan 
Parijdagi bir muzey Impressionist rassomlar ijodiga bag’ishlangandir.
Britaniya muzeyi-
dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bo’lib, u London 
shahrida joylashgan. Muzey binosi 1823-1847 yillarda me’mor R.Smerk 
tomonidan maxsus qurilgan. Bino klassizm uslubida yaratilgan bo’lib, unda 
ibtidoiy jamoa yodgorliklaridan tartib hozirgi zamon rassomlarining asarlarigacha 
o’rin olgan. Muzeyda qadimgi Sharq, Evropalik san’atkorlarning asarlari ham 
saqlanadi. Qadimgi Yunonistonlik Fidiy va uning shogirdlari yaratgan asarlar, 
qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham bor. Muzey xonalarida Angliya 
sayoxatchilarining Afrika, Osiyo, Amerika, Okeaniyadan olib kelgan etnografik 
buyumlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, bu muzeyda ajoyib rasm va 
miniatyuralar bilan bezatilgan, kamyob qo’lyozma kitoblar ham saqlanadi.
Drezden galereyasi-
Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan. Bu 
muzey binosi 1847-1854 yillarda me’mor K.Xenel tomonidan maxsus bunyod 
etilgan. Lekin galereya 1860 yilda ochilgan. Uning dastlabki eksponatlari 
Rafaelning “Sikstin madonnasi”, Jarjonening “Uyqudagi Venera” asarlari edi. 
Shuningdek, muzeyda Rembrandt, A.Dyurer, Titsian asarlari ham maqjud. 
Keyinchalik muzey Evropa rassomlari va haykaltaroshlarining asarlari bilan boyib 
bordi.


Luvr muzeyi-
Franyiyaning Parij shahrida joylashgan. Bu bino o’rta 
asrlarda qo’rg’on, keyinchalik esa qirollar saroyi bo’lgan. Ushbu madaniyat 
maskani dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Muzeydagi nodir 
durdonalar asosini Angliya qirolligida to’plangan san’at asarlari tashkil etgan. Ular 
rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at asarlaridir. Muzey 1791 yilda 
milliy muzey maqomini olib, 1793 yilda birinchi bor omma uchun o’z eshiklarini 
ochgan. Muzeydan Qadimgi sharq, Yunoniston, Rim, Qadimgi Misrda yaratilgan 
ishlar ham o’rin olgan. Frantsuz xalqi bu muzeyda Leonardo Da Vinchi, 
Mikelanjelo, Titsian, Rembrandt, N.Pussen, E.Delekrua va boshqa bir qator 
dunyoga mashhur san’atkorlarning asarlari borligidan haqli ravishda faxrlanadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə