Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Metropoliten muzey-
AQShning Nyu Yo’rk shahrida joylashgan bo’lib, u 
dunyoning eng yirik muzeyi sanaladi. Mazkur muzey 1970 yilda tashkil topgan. 
Muzeydagi ekspozitsiyalar asosini turli davrlarda xususiy shaxslar tomonidan 
tortiq qilingan asarlar tashkil qiladi. Muzeyda 3 mln ga
 
yaqin jahon san’atiga oid 
asarlar saqlanadi.
 
Uning asosiy binosidan tashqari ko’plab filiallari ham bor. 
Xususan, uning rangtasvir va haykaltaroshlikdan tashqari amaliy san’at, badiiy 
fotoga oid alohida bo’limlari ham mavjud. Unda dekorativ-amaliy san’at, musiqa 
asboblari, kitoblar, liboslar, bolalar rasmlari bo’yicha alohida bo’limlari ham bor.
Muzeyda Amerika, Afrika, Tinch okeani orollari xalqlari san’ati, qadimgi 
Misr, Yunoniston, Rim, Yaqin va Uzoq Sharq xalqlarining san’at asarlari o’rin 
olgan.
Uning ko’rgazma zallarida dunyoga mashxur rassomlardan Rafael, Titsian, 
El Greko, F.Goyya, F.Xals, Rembrandt, K.Mone, O.Renuar, P.Sezan, P.Gogen, 
P.Pikasso kabi ko’plab san’atkorlarning asarlari saqlanadi.
Ermitaj-
Rassiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U ham 
dunyoning eng yirik muzeylaridan biri. Muzey 1764 yilda

tashkil topgan, deb 


hisoblanadi. Lekin muzey sifatida 1852 yilda ochilgan. Ermitaj “Birlashgan joy” 
ma’nosini bildiradi. Muzey kollektsiyasida 2 mln 700 mingdan ortiq asar bor. U 
olti bo’limdan tashkil topgan.
1.Ibtidoiy madaniyat tarixi. 2. Qadimgi dunyo. 3. Sharq madaniyati va 
san’ati tarixi. 4. Rus madaniyati tarixi. 5. G’arbiy Evropa san’ati tarixi. 6. 
Numizmatika (chaqa, tanga, medallar) tarixi.
Muzeyda rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’atga 
oid yuzlab eksponatlar bor. Unda Leonardo Da Vinchi, Rafael, Titsian, Velaskes, 
Goyya, Rubens, Rembrandt, N.Pussen, O.Renuar, A.Matiss, P.Pikasso, 
Mikelanjelo, O.Roden kabi dunyoga mashxur rassom va haykaltaroshlarning 
bebaho asarlari saqlanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə