Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Tretyakov galereyasiga 
Moskvalik rus savdogari P.M.Tretyakov asos 
solgan. U o’zi va ukasi S.M.Tretyakov tomonidan to’plangan san’at asarlari 
hisobiga 1893 yilda mazkur muzeyni tashkil etgan. P. Tretyakovning tasviriy 
sai’atga nisbatan ixlosi kuchli bo’lib, o’zi yashayotgan uyi yoniga muzey uchun 
maxsus bino qurdirgan. Muzeyning ochilishi arafasida Tretyakov tomonidan 
yig’ilgan san’at asarlari ikki mingga yaqin edi. 
Muzeyda qadimgi rus ranggasviriga alohtsda o’rin ajratiltan edi. Unda 
Andrey Rublev, I.Nikitin, F.Rokotov, D.Levitskiy, O.Kiprenskiy, V.Tropinin 


asarlariga ham keng o’rin berilgan edi. Muzeyning alohida zali mashhur rus 
rassomi A.Ivanovning’ "Isoning xalqqa ko’rinishi" va K.Bryullov tomoiidan 
yaratilgap portretlar uchun ajratilgan. 
Galereyada XIX asr rus rashtasvirida o’chmas iz qoldirgan A.Venetsianov, 
I.Kramskoy, V.Vasnstsov, V.Vereshchagin, V.Surikov, I.Repin, I.Shishkin, 
I.Levitan asarlari uchun ham katga o’rin berilgan. Bu rassomlar asarlari orasida 
A.Savrasovning "Qora qarg’alar uchib kelishdi", V.Surikovning "Boyvuchcha 
Morozova", I.Repinning "Kursk guberniyasidagi salb yurishi", I.Levitanning 
"Mart", V.Serovning "Shaftoli ushlagan qiz" nomli asarlari galereyaning eng 
bebaho durdonalaridan xisoblanadi. 
Tretyakov galereyasida 1932 yildan boshlab yaqin xorijiy mamlakatlar 
san’ati namoyish etila boshlagan. Unda Boltiqbo’yi, Kavkaz, O’rta Osiyo 
respublikalari, Shuningdek, Ukraina, Belorusiya, Moldaviya rassomlarining ijodi 
doimiy o’rin oldi. Ayiiqsa, T.Salahov (Ozarbayjon), M.Saryan (Armaniston), 
T.Yablonskaya (Ukraina), O’.Tansiqboev (O’zbekiston) kabi ijodkorlarning 
asarlari alohida o’rinni egalladi. 
Galereya Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biriga aylangan bo’lib, uning 
majlislar zalida xalqni estetik ruxda tarbiyalash bo’yicha ma’ruzalar, rassomlar 
bilan uchrashuvlar ham tez-tez o’tkazib turiladi. 
Jahonnshp mashhur badiiy muzeylari qatoriga Parijdagi 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə