Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Xamroev A. va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor Xamroev A. sayohati davomida turli XIL korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda



Yüklə 23,31 Kb.
səhifə1/5
tarix12.05.2023
ölçüsü23,31 Kb.
#109861
  1   2   3   4   5
Auditdan masalalar


1-Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Xamroev A. va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor Xamroev A. sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital ko’yish borasida maslaxatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o’tkazishi zarur.
Topshiriq: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslaxatchi ham auditor deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling.

2-Masala. «SHodlik» firmasi 2010 yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2009 yil yillik hisobotining ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so’radi. «SHodlik» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan edi. Lekin 2009 yilning noyabrь oyida soliq inspektsiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o’tkazilgan bo’lib, firma bankka ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.


Topshiriq: Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?

3-Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:


Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’lari harakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Aniqlang: Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to’plashi kerak va tekshirish o’tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

4-Masala. Auditor buyurtmachilaridan birining hali e’lon qilinmagan balansini auditorlik firmaning boshlig’i boshqa xodimlari bilan muhokama qilmoqda.



Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə