Masharipova zulfira raximboyevnaning



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə21/26
tarix13.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#127515
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI

Tajriba qismi
PVXni oltingugurt bilan modifikatsiyalab olingan sulfokationit olishning tajribaviy jarayonlarining metodikasi.
PVX ni oltingugurt bilan modifikatsiyalash uchun 1500C tempraturada, 4 soat davomida yopiq idishda PVX va oltingugurtning mol nisbatlari mos ravishda 1:3, 1:4 va 1:5 mol nisbatlarda olib borildi. Olingan granula yuvilib, oksidlash uchun nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasida olib borildi.
1-tajriba. Maydalangan munchoqsimon PVX ni ekstraksiyalash uchun hajmi 100 sm3 tubi yumaloq kolbaga, 12g PVX dan tarozida o‘lchab olindi. Ustiga 6 ml etil spirt, 54 ml etilasetat quyib 1000C gacha tempraturada 2,5 soat vaqt davomida ekstraksiya qilindi. Ekstraksiya qilingan PVX ni oltingugurt bilan 1:3, 1:4 va 1:5 mol nisbatlarda 3 ta idishga solindi. Dastlabki olingan reaksiya 4 soat davomida 1500C temperaturada olib borildi. Olingan ekperiment distillangan suvda yuvildi va oltingugurtni sulfoguruhga o‘tkazish uchun nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasida 4 soat davomida oksidlandi. Sintez qilingan sorbent filtrlab olinib neytral sharoitgacha yuviladi va quritiladi. Quritilgan sorbent aktivatsiyalanadi. Olingan kationitlarning NaOH bo‘yicha statik almashinish sig‘imi aniqlandi. Bunda 1:4 mol nisbatda olib borilgan reaksiyada SAS qiymati yuqori natija ko‘rsatdi. SAS = 2,4 mg-ekv/g
Kationitning statik almashinish sig‘imini aniqlash
Hajmi 500 ml li tubi yassi kolbaga og‘irligi analitik tarozida tortilgan Н + formadagi kationitdan 7 gr solindi. Kolbaga 500 ml 0,1 N li NaOH eritmasidan quyib 24 soat davomida qo‘yildi va 24 soatdan so’ng kationit filtrlab olinadi va filtratning suyuq qismidan 5ml olib 0,1 N li xlorid kislota eritmasi bilan titrlanadi, eritma muhitini bilish uchun eritmaga indikator qo’shiladi.
Statik almashinuv sig’imi quyidagi formula orqali hisoblanadi:



100- sorbent qoldirilgan ishqor hajmi (ml)
- ishqor normalligi kislota normalligiga nisbati =
10- titrlash uchun olingan ishqor hajmi (ml)
-
- kationit qoldirilmagan ishqor hajmi(ml)
- uchun sarflangan kislota hajmi (ml)
a-Kationit qoldirilmagan ishqor uchun sarflangan kislota hajmi (ml)
g- sorbent massasi (g)



2-tajriba: Karbamid sorbatni tayyorlash uchun karbamid granulasidan foydalanilib, konussimon kolbalarga 0,1 dan 0.0125 mol/l gacha bo‘lgan har xil konsentratsiyali eritmalar suyultirish orqali tayyorlandi. 0,1 M 300 ml karbamid eritmasini tayyorlash uchun 1,8 g karbamid tarozida tortildi va 500 ml li konussimon kolbaga solindi va ustidan kolbaning 300 ml belgisigacha suv solindi va qolgan konsentratsiyadagi eritmalar distillangan suv solish orqali suyultirib eritmalar tayyorlandi.
3-tajriba: Tiokarbamid sorbatni tayyorlash uchun tiokarbamid granulasidan foydalanilib, konussimon kolbalarga 0,1 dan 0.0125 mol/l gacha bo‘lgan har xil konsentratsiyali eritmalar suyultirish orqali tayyorlandi. 0,1 M 300 ml tiokarbamid eritmasini tayyorlash uchun 2,28 g tiokarbamid tarozida tortildi va 500 ml li konussimon kolbaga solindi va ustidan kolbaning 300 ml belgisigacha suv solindi va qolgan konsentratsiyadagi eritmalar distillangan suv solish orqali suyultirib eritmalar tayyorlandi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə