Mashg`ulot jarayonidagi muhit hamda kichik guruhlar bilan ishlash trening mashg`ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati


Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish



Yüklə 53 Kb.
səhifə2/7
tarix06.04.2022
ölçüsü53 Kb.
#85087
1   2   3   4   5   6   7
Trening. KICHIK GURUHLAR BILAN ISHLASH

Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish.

Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga to`planganda guruhda ma`lum bir zo`riqish paydo bo`ladi, trenerning vazifasi shu zo`riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. Buning uchun trener guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo`ljallangan, guruh bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o`ylab chiqishi kerak, ayniqsa guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart.

1.Boshlang`ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda ishtirokchilar ichki bezovtalikni his qiladi, o`zlariga yaqin sherik izlaydi, har bir ishtirokchini "Men o`zimni qanday tutishim kerak" degan savol o`ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilarning individual xususiyatlariga qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin.

Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qullab-quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat.

2.O`tish bosqichi-bunda ishtirokchilar o`rtasida ancha yaqinlik paydo bo`la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya`ni uning o`zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi, bilim doirasini kuzatishadi.

Trenerning vazifasi - ishtirokchilarda namoyon bo`layotgan hissiyotlarni e`tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bulgan maqsad va kutishlarni aniqlash, guruh a`zolari o`zlarini qanday his etayotganligiga e`tibor berish. Asosiysi - ishtirokchilarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilish va ularni o`zgartirishga urinmaslikdan iborat.

3. Ish faoliyati bosqichi-bu bosqich ishtirokchilarning o`z maqsadlariga erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O`zaro yordam so`rash imkoniyatidan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo`ladi. Shuning uchun trenerning ayrim fikrlariga ko`shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim hollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi.

Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi voqealarni e`tiborsiz qoldirmaslik, guruh dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o`yinlar o`tkazish, guruhda ishonch munosabatining shakllanishiga yordam berishdir.

4.Yakunlash bosqichi - mashg`ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar mashg`ulot muvaffaqiyatli tugagan bo`lsa, barcha ishtirokchilarning kayfiyati a`lo darajada bo`ladi. Bu bosqichda ish davomida yo`l qo`yilgan ba`zi kamchiliklarni silliqlab ketish imkoniyati tug`iladi. Bosqich puxta o`ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o`z holicha o`tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko`paytirib yuborishi mumkin. 


Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə