Mashg`ulot jarayonidagi muhit hamda kichik guruhlar bilan ishlash trening mashg`ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati



Yüklə 53 Kb.
səhifə3/7
tarix06.04.2022
ölçüsü53 Kb.
#85087
1   2   3   4   5   6   7
Trening. KICHIK GURUHLAR BILAN ISHLASH

Trenerning vazifasi: mashg`ulotni yuqori xissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va o`tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur bildirishlari uchun imkon yaratish, “teskari aloqa”ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o`ziga yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat. 

Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari.

Trening jarayonida guruhni kichik guruhlarga bo`lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta`minlab bo`lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo`ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muhitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doir nozik savollar muhokama etilganda ba`zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo`qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo`lsa, undagi ishtirokchilarda qo`rkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo`ladi.



Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə