Mashg’ulot rejasi



Yüklə 302,06 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü302,06 Kb.
#103678
ro\'yxatlar bilan ishlash funksiyalari


PYTHON DASTURLASH TILIDA RO'YXATLAR BILAN ISHLASH FUNKSIYALARI
Mashg’ulot rejasi:
1. Ro'yxatlar bilan ishlash funksiyalari haqida tushuncha
2. Ro'yxatlar bilan ishlash funksiyalari va uning imkoniyatlari
PYTHON DASTURLASH TILIDA RO'YXATLAR BILAN ISHLASH
Python dasturlash tilida ro’yxatlar bilan ishlashda bir qancha funksiya va metodlardan foydalanish mumkin bo’lib, ularning eng asosiylari quyida keltirilgan:
append(item): ro’yxat oxiriga item elementini qo’shish;
insert(index, item): Ro’yxatga index indeksi bo’yicha item elementini qo’shish;
remove(item): ro’yxatdan item elementini o’chirish. Ushbu metod ro’yxatdagi birinchi uchragan item elementini o’chiradi. Agar bunday element ro’yxatda mavjud bo’lmasa ValueError istisno holati ro’y beradi;
clear(): ro’yxatni tozalash, ya`ni ro’yxatdagi barcha elementlarni o’chirish;
PYTHONDA RO'YXAT BILAN ISHLASH FUNKSIYALARI
index(item): ro’yxatdagi item elementining joylashgan indeksini qiymat sifatida qaytaradi. Agar bunday element ro’yxatda mavjud bo’lmasa, u holda ValueError istisno holati ro’y beradi;
pop([index]): ro’yxatdan index indeksi bo’yicha elementni o’chiradi va qiymat sifatida qaytaradi. Agar indeks ko’rsatilmasa ro’yxatdan oxirgi elementni o’chiradi va qiymat sifatida qaytaradi. Bundan tashqari agar ro’yxat bo’sh bo’lsa, u holda ValueError istisno holati ro’y beradi;
count(item): ro’yxatdagi item elementlar sonini qiymat sifatida qaytaradi;
PYTHONDA RO'YXAT BILAN ISHLASH FUNKSIYALARI
sort([key]): ro’yxat elementlarini tartiblaydi. Berilgani bo’yicha, ro’yxat elementlarini o’sish bo’yicha tartiblaydi. key parametri orqali tartiblash funksiyasini (mezonini) berish mumkin;
reverse(): ro’yxat elementlarini teskari tartibda joylashtirish uchun qo’llaniladi.
Bundan tashqari, Python ro’yxatlar bilan ishlashda qo’llaniladigan bir nechta standart funksiyalarni ham o’z ichiga qamrab olgan:
len(list): ro’yxat uzunligini (elementlari sonini) qiymat sifatida qaytaradi;
sorted(list,[key]): tartiblangan ro’yxatni qiymat sifatida qaytaradi;
PYTHONDA RO'YXATLAR BILAN ISHLASH FUNKSIYASI
PYTHONDA RO'YXATLAR BILAN ISHLASH FUNKSIYASI
PYTHONDA RO'YXATLAR BILAN ISHLASH FUNKSIYASI
Yüklə 302,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə