Mashina detallari uchun zagotovka turlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
MARUZA - 9

i
i
i
i
T
R
Z
z

.
(3.8) 


Teshiklarni patronda suzuvchi razvyortkalar bilan razvyortkalashda va sidirgich 
asbob bilan sidirishda teshik o‘qining siljib qolishi va fazoviy og‘ishi to‘g‘rilanmaydi, 
o‘rnatuv xatoligi esa bu holda o‘ringa ega emas. 
Minimal qo‘shim miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi
)
(
2
2
1
1
min




i
i
i
T
R
Z
z
.
(3.9) 
Silindrik yuzalarni superfinishlash, polirovkalash, va ultrafinishlashda faqat 
yuza tozaligini sifatli bo‘lishiga erishiladi va shu yuza g‘adir-budurligining miqdori 
kamaytiriladi. Bu holda minimal qo‘shim formulasi quyidagicha bo‘ladi: 
z
i
i
R
Z
1
min
2
2


.
(3.10) 
Boshqa holatlar uchun minimal qo‘shimlarni (qatlamlarni) hisoblash formulalari 
[1] da keltirilgan. 
 
3.1.4-§. Qo‘shimni aniqlashning amaliy-statik usuli 
Tanavorlarga mexanik ishlov berib, konstruktorni chizmada bergan detal 
o‘lchamlarini olish uchun bu o‘lchamlarga texnolog tomonidan ma‘lum miqdorda 
mazkur detal aniqligini ta‘minlash uchun yetarli qatlamlar qo‘shilib, tanavorlarning 
dastlabki o‘lchamlari aniqlanadi va natijada bu tanavorlar chizmalari ishlab chiqilib, 
xomaki mahsulotlar tayyorlov sexlariga yoki jihoz zavodlarga buyurtmalar beriladi. 
Mashinasozlikda qo‘shimlarni aniqlashning amaliy-statistika usuli keng 
qo‘llaniladi. Bu usulda oraliq qo‘shimlar, ilg‘or zavodlarning ishlab chiqarish 
jarayonida tajriba-kuzatishlar asosida olingan qo‘shimlarni umumiylashtirib 
joylashtirilgan ma‘lumotnomalar yoki me’yoriy adabiyotlar jadvallaridan olinadi. Bu 
usulning kamchiligi texnologik jarayonlar ishlab chiqishning konkret sharoitini 
hisobga olmasdan detallarning u yoki bu yuzalariga qo‘shimlar tayinlanadi. Ya‘ni 
umumiy qo‘shimlar berilgan shu yuzani ishlash marshrutini hisobga olmasdan, 
oraliqlari esa tanavorni o‘rnatuv sxemasini va oldingi ishlovning xatoligini hisobga 
olmasdan tayinlangan bo‘ladi. Qo‘shimlarning amaliy-statistik miqdori ko‘p hollarda 
ortiqcha olingan bo‘ladi, chunki ular ishlov berishning shunday sharoitiga 
yo‘naltirilganki, ishga yaroqsiz detallar bo‘lmasligi uchun qo‘shim eng katta miqdorda 
bo‘lishi kerak, degan fikr yuritiladi. Qo‘shimni tayyor miqdorini beruvchi me’yoriy 


jadvallarini tuzish usuli texnologni dogmatik ravishda qo‘shim tayinlashiga majbur 
qiladi, uni amallarni bajarish sharoitini tahlil qilishdan va qo‘shimni kamaytirish 
yo‘lini qidirib topishdan chalg‘itadi. Shunga bog‘liq holda qo‘shimlarni minimal 
miqdorini topish masalasi paydo bo‘ladi, bu esa ishlov berishning qo‘shimlarini ilmiy 
asoslangan holda aniqlash masalasi hisoblanadi. 
Amaliy-statistik usulni rivojlantirib borish asosida prof. V.M. Кovan 
qo‘shimlarni «Hisoblash-analitik» usulini taklif etdi. 
 
3.1.5-§. Hisoblash-analitik usuli 
Qo‘shimlarni «Hisoblash-analitik» usulida aniqlashni asosini ko‘rib chiqamiz. 
Bu usulga binoan qo‘shim miqdori shunday bo‘lishi kerakki, uni kesib olib 
tashlanganda oldingi texnologik o‘tuvda yoki amalda paydo bo‘lgan ishlov berish 
xatoligi va yuza qatlam nuqsonlari, shuningdek, shu bajariluvchi o‘tuvda yoki amalda 
paydo bo‘lgan o‘rnatuv xatoliklari to‘g‘rilanishi shart. 
Qo‘shimlarni aniqlashning bu usuli, texnologik amallar bajarilishini konkret 
sharoitini hisobga olishga asoslangan. U texnologik jarayonlarni yangisini 
loyihalashda va mavjudini tahlil qilishda materialni tejash va mexanik ishlov 
berishning sermehnatliligini pasaytirish, material ishlatish koeffitsientini oshirish va 
arzon mahsulot olish imkoniyatini beradi. 
Oraliq qo‘shimlarning minimal miqdorini quyidagi omillar aniqlaydi. 
1. 
Rz
i-1 
(
Rz
max
) –sirt g‘adir-budurliklarining o‘rtacha (yoki maksimal) balandligi, 
oldingi o‘tuvda yoki amalda berilgan yuzaga ishlov berishdan olinadi. Birinchi amalni 
bajarishda bu miqdor dastlabki tanavorning 
Rz
max
miqdori bo‘yicha olinadi. Ikkinchi 
amalni bajarishda, birinchi amaldan hosil bo‘lgan g‘adir - budurliklar olinadi va h.k. 
Rz
i-1
miqdor ishlov berish usuliga, rejimlariga va oldingi ishlovning bajarilish 
sharoitiga bog‘liq. 
2. 
T
i-1
-sirtqi nuqsonli qatlam chuqurligi, oldingi oraliq texnologik o‘tuvdan yoki 
amaldan olinadi. Bu qatlam metallning asosiy strukturasidan farq qiladi. Bajariluvchi 
o‘tuvda yoki amalda uni to‘la yoki qisman olib tashlash kerak bo‘ladi. Кulrang cho‘yan 
quyma tanavorlarining sirtqi qatlamlari qattiq perlitli qobiqdan tashkil topgan bo‘ladi, 


uning tashqi qiyofasi ko‘pincha quyma qoliplar qumlarining izlariga ega. Кeskich 
asbobning yaxshi ishlashiga sharoit yaratish uchun bu qatlam birinchi o‘tuvdayoq yoki 
amaldayoq olib tashlanishi lozim. Mashinalarning ko‘p detallari (masalan, avtomobil 
dvigatellarining taqsimlagich vallari) oqartirilgan sirtqi qatlam bilan quyiladi. 
Detalning yeyilish turg‘unligi xususiyatini oshirish maqsadida unga keyingi 
ishlov berishlarda bu qatlamni imkoni boricha saqlashga harakat qilish kerak. 
Po‘lat pokovkalar va shtamplangan tanavorlar sirtqi qatlamlari uglerodsizlangan 
zona bilan tavsiflanadi. Bu qatlamni to‘la olib tashlash kerak, chunki u metall 
chidamliligi chegarasini va uning yaxshi (+) xususiyatini pasaytiradi. 
Кesib ishlash natijasida sirtqi qatlamda parchinlanish zonasi paydo bo‘ladi. 
Кeyingi ishlov berishlarda bu zonani saqlab qolish maqsadga muvofiq, chunki u 
detallarning yeyilishga chidamliligini oshiradi va ko‘proq toza yuza olishga yordam 
beradi. 
 
3.1.6-§. Zagotovkaning oraliq qatlamlarini va oxirgi o‘lchamlarini aniqlash 
Oraliq qo‘shimlarni hisoblash asosida tanavorning hamma texnologik o‘tuvlari 
yoki oraliq amallari bo‘yicha tayyor detaldan boshlab to dastlabki tanavorigacha 
tanavorning chegaraviy o‘lchamlari aniqlanadi. 
Dastlabki sozlangan dastgohda bir o‘tuvli ishlov berishda kesish kuchi ta‘siridan 
texnologik tizim elementlarining elastik deformatsiyalanishi natijasida nusxalanish 
hodisasi sodir bo‘ladi. 
3.6-rasm. Sozlangan dastgohda ishlov berishda oraliq minimal 
va maksimal qatlamlarni aniqlash sxemasi. 
 


Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, ya‘ni tanavorni eng kichik chegaraviy 
o‘lchami 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə