Mashinasozlik texnologiyasi


Chiqindili texnologiyalar va chiqindisiz texnologiyalar



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

Chiqindili texnologiyalar va chiqindisiz texnologiyalar
 


51 
 
Ilmiy-texnik  taraqqiyot  sanoat  korxonalarida  texnikani,  ishlab  chiqarish 
texnologiyasini  uzluksiz  takomillashtirishda,  ijtimoiy  mehnat  mahsuldorligining 
o’sishiga  va  ish  sharoitlarining  yaxshilanishiga  olib  keluvchi  mehnatni  va 
boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan 
boiib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi. 
Texnologik  jarayonlarda  chiqadigan  chiqindilarni  kamaytirish  yoki  atrof-muhitga 
zararsiz  chiqindilarga  aylantirish  texnika  taraqqiyotining  asosiy  vazifasi 
hisoblanadi.  Har  qanday 
yangi texnologiya o’lining yaratilish davrida uch asosiy 
bosqichdan  o’tadi. 
Bular  ilmiy-tadqiqot,  loyiha-texnika  jihatdan  ishlab  chiqarish, 
ishlab  chiqarishda  o’zlashtirish.  Chiqindisiz  texnologik  jarayonlarni  tadbiq  etish, 
bu  ijtimoiy-iqtisodiy  muammo,  ayniqsa  kimyoviy  texnologiyada  judayam  zarur 
hisoblanadi.  Buning  uchun  mavjud  texnologik  jarayonlardan  eng  optimallarini 
tanlash va ishlab chiqarishda qoilash kerak. Mavjud davriy jarayonlardan uzluksiz 
jarayonlarga o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi davriy jarayonlar natijasida 
chiqadigan  chiqindilarni  qayta  ishlash  birmuncha  qiyinchilik  tug’diradi,  uzluksiz 
jarayonlarni  shunday  tanlash  kerak  boiadiki,  chiqadigan  chiqindilarni  boshqa 
texnologik  jarayonda  qoilash imkoniyati paydo  boisin.Bunday  jarayonlarni tadbiq 
etish natijasida chiqadigan chiqindilar miqdori kamayadi. Xom ashyodan kompleks 
foydalanish  mumkin  boiadi.  Ishlab  chiqarish  jarayonlarini  intensivlashtirish 
(buning uchun qurilmalami, katalizatorlarni, xom ashyolami yangi turlarini topish 
kerak  bo’ladi).  Qurilmalaming  yakka  quwatini  oshirish(ishlab  chiqarishda 
chiqindilarni  kamaytirishdagi  bu  yoi  asosan,  mehnat  qurollari  va  vositalarining 
konstruksiyalarini  o’zgartirishdan  iborat).  Mustaqil  Respublikamizda  kimyo, 
metallurgiya,  mashinasozlik,  transport  va  sanoatning  boshqa  tarmoqlarida 
foydalaniladigan  qurilmalaming  quwatini  (hajmini)  oshirish  bo’yicha  katta  ishlar 
amalga  oshirilmoqda.  Masalan,  hozirda  qo’llanilayotgan 
bitta  ammiak  ishlab 
chiqarish  qurilmasi,
  ilgari  qoMlanilgan  bir  nechta  qurilma  o’mini  egalladi. 
Qurilmalaming  bir  marta  ishlab  chiqarish  quwatini  oshirish,  unga  bo’Igan 
eksplutatsiya  xarajatlarini  kamaytiradi.  Masalan,  5000  m
3
  hajmli  domna  pechini 
qurish  5  ta  1000  m
3
  hajmli  domna  pechlari  qurishga  nisbatan  2,5  baravar  arzon 
bo’lib,eksplutatsion  xarajatlari  esa  ikki  marta  kamdir.  Chiqindisiz  texnologiyani 
ishlab chiqarishda qo’llash bir necha yo’nalishda olib boriladi: 

 
Suvni minimal talab qiluvchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish. 

 
Mavjud xom ashyolar o’rniga zaharsiz xom ashyolami qo’llash. 

 
Yuqoridagilarni  amalga  oshirish  uchun  texnologik  jarayonlarda  uchuvchan 
erituvchilardan tashqari, boshqa chiqindilarni minimumga keltirishga erishish. 

 
Energo-texnologik sxemalarni qoilash kerak. 

 
Yuqori samarali tozalash usullarini qo’llash kerak (oqava suvlarni, gazlarni 
va qattiq chiqindilarni tozalash uchun). 

 
Chiqindisiz  ishlab  chiqarishda  xom  ashyodan  va  energiyadan  maksimal  va 
toiiq foydalanish kerak. 

 
Jarayonning  selektivligini  oshirish  uchun  qo’shimcha  moddalar  va 
chiqindilarni  zararsizlantirish,  kamaytirish,  texnologik  jihozlami  va  tozalash 
usullarini yangilash kerak. 


52 
 

 
Agar  mumkin  boisa,  suv  aylanishidan  maksimal  foydalanish  yoki  oqava 
suvlarsiz  (ishlab  chiqarish  davomida  oqava  suv  chiqarmasdan)  ishlab  chiqarishga 
erishish kerak. 
Ishlab  chiqarishni  intensifikasiyalash  yo’llaridan  biri  energiya,  xom  ashyo, 
material, katalizatorlardan  ratsional  foydalanishdan iborat.  Ba’zi bir  apparatlarda, 
masalan,  domna,  koks,  marten  pechlarida  muhim  jarayonlarni  shu  apparatlardan 
chiqayotgan  issiqlikni  regeneratsiya  qilmasdan  amalga  oshirish  mumkin  emas. 
Texnologik  jarayon  uchun  zarur  haroratni  berish  uchun,  issiq  gazlar  regenerator 
orqali  o’tkazilib,  uning  yordamida  apparatga  berilayotgan  havo  va  gaz  zarur 
haroratga  qadar  qizdirib  olinadi,  so’ngra  yoqilg’i  sifatida  apparatga  kiritiladi. 
Texnologik  jarayonlaming  gazsimon  mahsulotlari  va  chiqindi  gazlar  utilizator 
qozonlari  orqali  chiqarilib,  bug’  hosil  qilishda  ishlatiladi.  Regeneratsiya  va 
utilizatsiya  natijasida  jarayonning  F.I.K.(foydali  ish  koefTitsienti)ortadi.  Ayniqsa, 
katalizatorni  doimiy  ravishda  regeneratsiya  qilib  turilishi  shart,  chunki  ulaming 
faolligi  texnologik  jarayonlar  natijasida  juda  tez  pasayadi.  Ular  o’rniga  yangisini 
qo’llay  berish  iqtisodiy  jihatdan  qulay  emas.  Regeneratsiya  faqat  iqtisodiy  va 
texnologik  jihatdan  maqsadga  muvofiq  boimasdan,  balki  u  ekologik  ahamiyati 
jihatidan  ham  maqsadga  juda  muvofiqdir.  Issiqlik  va  materiallarni  tejash 
maqsadida  ko’pgina  texnologik  jarayonlar  qarama-qarshi  oqimli  apparatlarda 
o’tkaziladi.  Qarama-qarshi  oqim  jarayonlarni  tezlatish  bilan  birga,  materiallar  va 
issiqlikdan  to’liq  foydalanish  imkonini  beradi.  Lekin  shunday  bo’lishiga 
qaramasdan, sanoatda ba’zan jarauonlar kam rentabelli hisoblangan to’g’ri oqimli 
prinsip  asosida  olib  boriladi.  Masalan,  qayta  ishlanayotgan  materiallar  yuqori 
harorat ta’sirida parchalanish xossasiga ega bo’Isa, bunday holatda qarama-qarshi 
oqimli  prinsipni  qoilab  bo’lmaydi.  Chunki  apparatning  pastki  qismida  harorat 
yuqori bo’ladi. 
Materiallaming  qayta  ishlash  soniga  ko’ra  jarayonlar  orasi  ochiq  yoki  to’g’ri 
aylanma,  sirkulyatsion  yoki  siklik  bo’lishi  mumkin.  Orasi  ochiq  yoki  to’g’ri 
jarayonlarda  materiallar  apparatga  faqat  bir  marta  tushadi,  aylanma  sirkulyatsion 
yoki  siklik  jarayonlarda  esa  materiallar  apparatga  faqat  bir  marta  tushadi  ya’ni 
bunda reaksiyaga kirishmay qolgan qismi yangi qism materiallari bilan birgalikda 
yana apparatga tushiriladi. 
Aylanma  jarayonlar  kimyo  sanoatida  juda  keng  qoilaniladi.  Masalan,  azot  va 
vodorod aralashmasidan ammiak sintez qilishda boshlang’ich moddalar reaksiyaga 
toiiq  kirishmaydi  va  ular  yangi  boshlang’ich  moddalar  bilan  birgalikda  yana 
apparatga kiritiladi. 
Siklik  va  orasi  ochiq  jarayonlar  ham  to’g’ri  oqimli  va  qarama-  qarshi  oqimli 
usullar  bilan  olib  borilishi  mumkin.  Ko’pincha  sanoat  tarmoqlarida  yuqorida 
keltirilgan jarayonlar birga olib boriladi. 
Sanoatda  ishlab  chiqarishdan  chiqqan  materiallar  ko’p  hollarda  ikkinchi  marta 
ishlab  chiqarishga  kiritiladi.  Regeneratsiya  prinsipi  (regeneretsiya  atamasi 
«regenevo» so’zidan olingan bo’lib, «qayta tiklash, qayta hosil qilish» demakdir). 
Masalan,  Eski-  rezina  texnika  mahsulotlari  kislota  va  ishqorlar  yordamida 
ishlanganda,  uning  tarkibidagi  to’qima  materiallar  ajralib  qoladi,  eritmaga  o’tgan 
rezina  (regenerat)  esa  boshqa  rezina  mahsulotlari  olishda  xom  ashyoga  qo’shib 


53 
 
yuboriladi,  yoki  tabiiy  gazlami  kimyoviy  yo’l  bilan  tozalshda  soda  eritmasidan 
foydaslaniladi,  hosil  bo’lgan  eritma  (NaHS+NaHCO
3
>  qizdirilganda  undan  yana 
soda  eritmasi  hosil  bo’ladi,  bu  eritma  (NaHS+NaHCO
3
->NaCO
3
+H
2
S)  ikkinchi 
marta ishlab chiqarishga kiritiladi, yoki ishdan chiqqan metall dctallarni u yoki bu 
yo’l  bilan  suyuqlantirib  qaytadan  yangi  detallar  ishlab  chiqariladi.  Faqat 
materiallar  emas  balki  energiya  ham  regeneratsiyalanadi:  ko’pgina  texnologik 
jarayonlarda ishlab chiqarishdan chiqadigan gazlar issiqligidan keng foydalaniladi. 
Masalan,  po’lat  ishlab  chiqarishda  marten  pechlarida,  cho’yan  ishlab  chiqarishda 
domna  pechlarida  hosil  bo’layotgan  gazlardan  ishlab  chiqarishda  takror 
foydalaniladi. 
 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə