Mashinasozlik texnologiyasi


Iqlim o’zgarishi va cho’llanish



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

Iqlim o’zgarishi va cho’llanish
 
Cho’llanish dunyo miqyosidagi ekologik muammo bo’lib, bugungi kunda yuzdan 
ortiq  mamlakatlarning  qishloq  xo’jaligi  mazkur  muammo  tufayli  aziyat 
chekmoqda.  Cho’llanishning  bosh  sababi  qurg’oqchil,  yarim  qurg’oqchil  yoki 
namgarchilik kam bo’lgan hududlarda kuzatiladigan uzoq va qisqa muddatli iqlim 
tebranishlaridir.  Bugungi  kunda  quruqlikning  deyarli  uchdan  bir  qismini 
qurg’oqchilikka  uchragan  yerlar  tashkil  etadi  va  bu  yerlarda  yer  yuzi  aholisining 
oltidan  bir  qismi  istiqomat  qilmoqda.  Qurg’oqchil  yerlardan  va  o’simlik 
dunyosidan noto’g’ri foydalanish, tuproq va shamol eroziyalarining oldini olmaslik 
asta-sekin  cho’llanish  jarayonini  tezlashtirib,  qurg’oqchilikning  tez-tez  sodir 
bo’lishi,  tuproq  yemirilishi  va  qurg’oqchil  iqlimli  hududlar  cho’llanishiga  kuchli 
ta’sir ko’rsatadi. 
SHuningdek,  cho’llanish  iqlim  o’zgarishi,  biologik  turlar  xilma-xilligining 
kamayishi  va  xalqaro  suvlarning  ifloslanishi  kabi  boshqa  ekologik  muammolar 
bilan  ham  o’zaro  bog’liqdir.  Haroratning  ko’tarilishi,  bug’lanish  darajasining 
ortishi  yoki  yog’inlarning  kamayishi  cho’llanish  jarayonini  jadallashtiradi. 
Cho’llanish  iqlim  o’zgarishlariga  ham  regional,  ham  global  miqyosda  ta’sir 
ko’rsatadi.  Bunda  o’simlik  qoplamining  siyraklashishi  va  tuproq  sifatining 
yomonlashuvi  natijasida  harorat  oshib,  namlik  darajasi  pasayib  ketadi.  Bundan 
tashqari,  o’simlik  qoplamining  siyraklanishi,  tuproq  sifatining  pasayishi  uglerod 
ko’proq hosil qiladi, natijada o’simliklar ko’paygan uglerodlarni qayta qabul qilib, 
uning  biomassa  tarkibida  ko’payishiga  olib  keladi.  Iqlimning  global  o’zgarishi 
oqibatida  esa  harorat,  bug’lanish  va  yog’inlarning  o’zgarishi  tufayli  cho’llashish 
ba’zi hududlarda kuchayib, ayrimlarida pasayish holatlari kuzatiladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə