Mashinasozlik texnologiyasi


Iqlim o’zgarishi va suv resurslari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

Iqlim o’zgarishi va suv resurslari
 
Hozirgi  kunda  jahonning  ko’plab  hududlarida  toza  ichimlik  suvi  tanqis  bo’lib 
bormoqda.  Albatta,  bularning  bari  suv  havzalarining  ifloslanishi,  ekologik 
me’yorlarning buzilishi tufayli suv zaxiralarining sifat yomonlashuvi oqibatida yuz 
berayotgani  bugun  hech  birimizga  sir  emas.  Aytish  joizki,  sanoat  chiqindilari  va 
o’g’itlardan  intensiv  foydalanish  ko’pgina  hollarda  suvda  zararli  kimyoviy 


11 
 
moddalarning ortishiga sabab bo’lib, noto’g’ri sug’orishlar tuproq sho’rlanishi va 
suvning  bug’lanish  darajasini  kuchayishiga  olib  keladi.  Kam  sho’rlangan 
tuproqlarda  hosilning  40  foiz,  o’rtacha  sho’rlangan  yerlarda  60  foiz,  sho’rlangan 
yerlarda  80-100  foizgacha  qismi  nobud  bo’ladi.  Bunda  yog’inlarning  ba’zi 
hududlarda  ko’payib,  boshqa  joylarda  kamayishi  ehtimoldan  xoli  emas.  Iqlim 
o’zgarishi yog’ingarchilik kam kuzatiladigan hududlarda chuchuk suv zaxiralarini 
kamayishiga,  yog’ingarchilik  ko’p  bo’lgan  sharoitda  esa  toshqinlar  sodir  bo’lib, 
daryo  va  ko’llardagi  suv  sathi  keskin  ko’tarilib  ketadi.  Birgina  yog’inlarning  10 
foizga  kamayib,  haroratning  1-2°  S  ga  ortishi  quruqroq  havzalarda  oqimning  70 
foizga  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Natijada  yer  osti  suv  sathi  pasayib, 
dengizdagi  sho’r  suvlarning  chuchuk  sizot  suvlari  bilan  aralashuvi  oqibatida 
sho’rlanish  hosil  bo’ladi.  Qisqa  qilib  aytganda,  yog’inlarning  kamayishi  va 
bug’lanishning  ortishi  qishloq  xo’jalik  yerlari,  o’rmon,  botqoqlik  va  boshqa 
ekotizimlarga jiddiy zarar keltiradi.  

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə