Mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

BMT konventsiyasi
 
Er  va  uning  atmosferasi  umumiy  -  hamma  uchun  yagonadir.  Shu  bois  dunyoning 
qo’pgina  mamlakatlari  tomonidan  imzolangan  BMTning  iqlim  o’zgarishi 
to’g’risidagi  konventsiyasi  muhim  xalqaro  shartnomalardan  biridir.  Mazkur 
shartnomaning maqsadi issiqxona gazlari miqdori, iqlim tizimiga xavfli antropogen 
aralashuvni barqarorlashtirishdan iborat. Issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish 
borasida  dastlab  1997  yilning  dekabrida  Yaponiyaning  Kioto  shahrida  bo’lib 
o’tgan  BMTning  iqlim  o’zgarishi  to’g’risidagi  Tegroviy  konventsiyasi  chog’ida 
katta  qadam  tashlandi.  Muzokaralar  natijasida  2008-2012  yillar  mobaynida 
issiqxona gazlarini 1990 yilgi ko’rsatkichga nisbatan Yevropa ittifoqi mamlakatlari 
8  foizga,  AQSH  7  foiz  va  Yaponiya  6  foizga  qisqartirish  majburiyatini  oldi. 
Shuningdek,  sanoat  sohasida  rivojlanish  yuqori  bo’lgan  mamlakatlar  uchun  ham 
eng yuqori «chegaralar» belgilab qo’yildi.  
Bir  so’z  bilan  aytganda,  jamiyatning  barqaror  taraqqiyoti  va  xavfsizligi  ko’p 
jihatdan atrof-muhit sog’lomligiga, qolaversa, undan har bir fuqaroning to’g’ri va 
unumli  foydalanishiga  bog’liq.  Shunday  ekan,  ona  tabiat  ne’matlardan  oqilona 
foydalanib, atrof-muhitni samarali muhofaza qilish har birimizning zimmamizdagi 
ulkan mas’uliyatdir. 
Ekologik  konunchilik  bir  necha  darajalarni  o’z  ichiga  oladi.  O’zbekistan 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  normalari  ekologik  qonunchilikning  asosini 
tashkil  qiladi.  1992-  yil  8-  dekabrda  qabul  qilingan  Uzbekiston  Respublika 
Konstitutsiyasi  asosiy  qonun  hisoblanib,  hamma  uchun  majburiy  va  oliy  yuridik 
kuchga egadir. 
Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  masalalari  Konstitutsiyaning  50,  54,  55  va  100-
moddalarida  berilgan.  Konstitutsiyaning  50-moddasida  «Fuqarolar  atrof-tabiiy 
muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo’lishga  majburdirlar»  deb  ta’kidlanadi. 
Ushbu  talabga  ko’ra  O’zbekistonning  har  bir  fuqarosi  atrof  tabiiy  muhitni 
muhrfaza  qilishi  va  tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish  talablariga  to’la  amal 
qilishi shartdir. 
Asosiy  qonunning  54-moddasiga  ko’ra,  jamiyatning  iqtisodiy  negizlaridan  biri 
bulgan  mulkiy  munosabatlar  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlariga  mos  ravishda 


12 
 
e’tirof  etiladi.  Lekin  mulkdor  o’z  xoxishicha  egalik  qilishi,  foydalanishi  va  uni 
tasarruf  etishi  hech  qachon  ekologik  muhitga,  ya’ni  atrof-muhit  holatiga  zarar 
yetkazmasligi kerak. 
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofik, «Er, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va 
hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar  umummilliy  boylikdir,  ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir». 
Umummilliy  boylik  tushunchasi  Uzbekiston  konstitutsiyalari  tarixida  birinchi  bor 
qo’llanilgan bo’lib, u barcha turdagi mulk shaklini inobatga oladi. Lekin barcha ta-
biiy ob’ektlar o’zbek xalqining mulki bo’lib, uni O’zbekiston Respublikasi ilk bor 
mustaqil tasarruf etish xuquqiga ega bo’ldi. Endilikda milliy boylik bo’lgan barcha 
tabiiy  zahiralardan  o’ta  samaradorlik  bilan  foydalanish  mamlakatimiz  rivojining 
zaminidir. SHuning uchun ham davlat ularni o’z muhofazasiga oladi (23). 
Konstitutsiyaning  100  moddasiga  binoan  ilk  bor  shahar,  tuman,  viloyat  mahalliy 
xokimiyatlariga  o’z  ma’muriy-xududiy  bo’linmalarida  atrof-muhitni  muhofaza 
qilish  vakolati  topshirilgan.  Ularda  yashovchi  aholini  ekologik  jihatdan 
xavfsizligini  ta’minlash,  iqtisodiy-ekologik  tadbirlarni  uyg’unlashtirish,  hamda 
kelajak istikbollarni belgilash maqsadida tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish chora-
tadbirlarini tegishli hududlar bo’yicha ishlab chiqish, ulardan foydalanish, egallash, 
ijara  lash  va  mulk  sifatida  berish  huquqini  yaratdi,  nazorat-  javobgarlik 
mexanizmini takomillashtirishga imkon ber
di.
 
1992-yil  9-dekabrda  qabul  kilingan  «Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida»  gi 
qonun ekologiya sohasidagi asosiy qonun hisoblanadi. U quyidagi bo’limlarni o’z 
ichiga  oladi:  «Umumiy  qoidalar;  davlat  xokimiyati  va  boshqaruv  idoralarining 
tabiatni  muhofaza  etishga  taalluqli  huquqiy  munosabatlarini  tartibga  solish 
sohasidagi  vakolatlari;  O’zbekistan  Respublikasi  aholisining  tabiatni  muhofaza 
qilish  sohasidagi  huquq  va  majburiyatlari;  atrof  tabiiy  muhit  sifatini  normativlar 
bilan  tartibga  solish;  tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tartibga  solish;  ekologiya 
ekspertizasi; ekologik nazorat; tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy 
chora-  tadbirlari;  favqulodda  ekologiya  vaziyatlari;  xo’jalik  faoliyati  va  boshka 
yo’sindagi  faoliyatga  doir  ekologiya  talablari;  tabiatni  muhofaza  kilishga  doir 
qonunlarni  buzganlik  uchun  javobgarlik,  tabiatni  muhofaza  qilishga  oid  nizolarni 
hal qilish». 
Ilmiy-texnik  tarakkiyot  va  uning  bilan  bog’lik  tabiiy  muhitning  buzilishi 
muhofazani  kuchaytirish,  alohida  resurslardan  foydalanishni  xuquqiy  tartibga 
solish uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» (1993); «Alohida muhofaza 
qilinadigan  tabiiy  xududlar  to’g’risida»  (1993);  «Atmosfera  havosini  muhofaza 
qilish to’g’risida» (1996); «Hayvonot dunyosini muhofaza kilish va undan foydala-
nish  to’g’risida»  (1997)  va  boshqa  qonunlar  qabul  qilingan.  Mavjud  qonunlar  va 
normativ  xuquqiy  xujjatlarda  fuqa-  rolarning  ekologik  xuquqlariga  katta  o’rin 
berilgan. 
«Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida»gi  qonunning  muqaddimasida-«Qonunning 
maksadi  inson  va  tabiat  o’rtasidagi  munosabatlar  uygun  muvozanatda 
rivojlanishini.  ekologiya  tizimlari,  tabiat  komplekslari  va  ayrim  ob’ektlar 
muhofaza kilinishini ta’minlashdan, fukarolarning qulay atrof-muhitga ega bo’lishi 
huquqini  kafolatlashdan  iboratdir»  deb  ta’kidlanadi.  Qonunning  12-moddasiga 


13 
 
binoan  «O’zbekistan  Respublikasi  aholisi  uz  salomatligi  va  kelajak  avlodning 
salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o’z salomatligini atrof muhitning 
zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega». 
Ana  shu  maqsadda  O’zbekiston  Respublikasi  aholisi  tabiatni  muhofaza  qilish 
bo’yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni 
muhofaza  qilish  yuzasidan  ko’rilayotgan  chora-tadbirlarga  doir  axborotlarni  talab 
qilish va olish huquqiga ega». 
Demak, h
ar
 bir fuqaro o’zi yashaydigan joydagi ekologik vaziyat va uning kelgusi 
o’zgarishi  bo’yicha  mutassaddi  tashkilotlardan  mavjud  ma’lumotlarni  olish, 
o’rganish  va  undan  foydalanishga  haqlidir.  Har  bir  kishi  o’z  ishi  bo’yicha  atrof-
muhitni muhofaza qilishga hissasini qo’shishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 
Biror  korxona  yoki  boshqa  ob’ektlar  faoliyati  natijasida  insonlar  salomatligiga 
zararli  ta’sir  ko’rsatayotgan  bo’lsa  shikoyat  orqali,  xokimiyat,  boshqaruv  va 
tabiatni  muhofaza  qilish  idoralarning  qarori  bilan  ularning  faoliyati  cheklanishi, 
to’xtatib  qo’yilishi,  tugatilishi  yoki  uzgartirilishiga  erishish  mumkin.  Yuridik  va 
jismoniy  shaxslar  ekologik  zararli  korxona  faoliyatini  to’xtatish  to’g’risida  sudga 
da’vo bilan murojaat qilishga haqlidirlar. 
Zaharli  chiqindilarni  tashlash  natijasida  ekinlarni,  baliqlarni  nobud  qilish,  tabiiy 
ob’ektlarni buzish, yetkazilgan zarar uchun korxonalar, mansabdor shaxslardan va 
fuqarolardan belgilangan tartibda tovon pulini undirish majburiydir. 
Mavjud  qonunchilikda  tabiatdan  oqilona  foydalanish,  yangi,  kam  chiqindili 
texnologiyalarni  joriy  qilish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirgan  korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun rag’batlantirish ko’zda tutilgan. 
Asosiy  qonunda  tabiatdan  umumiy  va  maxsus  yo’sinda  foydalanish  shartlari 
berilgan.  Tabiatdan  umumiy  tarzda  foydalanish-tabiat  qo’ynida  dam  olish,  baliq 
ovlash,  o’simliklar  terish  va  boshqalar  fuqarolar  uchun  tekinga,  hech  qanday 
ruxsatnomalarsiz  amalga  oshiriladi.  Tabiatdan  maxsus  foydalanish  korxonalar, 
tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o’ziga xos faoliyatni amalga oshirish 
uchun  tabiiy  resurslardan  \ak,  olib  va  maxsus  ruxsatnomalar  asosida  egalik 
qilishga,  foydalanish  yoki  ija-  raga  beriladi.  Tabiiy  resurslardan  foydalanishda 
maxsus  me’yorlar  (limit)  belgilanadi.  Tabiatdan  foydalanishda  ijaraga  olish, 
litsenziya,  shartnoma  va  boshqa  shakllari  mavjuddir,  Tabiatdan  foydalanish  talab 
va  me’yorlar  darajasida  bo’lmasa  ruxsatnomalar  va  ijara  shartnomalari  bekor 
qilinadi va tabiatdan foydalanuvchi keltirilgan zararni qoplashi majbur buladi. 
Atrof-muhit  va  inson  salomatligiga  zarar  yetkazadigan  faoliyat,  ekologik 
qonunbuzarliklar uchun mansabdor shaxslar va fuqarolar O’zbekiston Respublikasi 
qonunlariga  muvofiq  intizomiy,  fuqaroviy,  ma’muriy  va  jinoiy  javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 47- moddasiga ko’ra- 
«Tubandagi hollarda: 
-tabiatni  muhofaza  qilishning  standartlari,  normalari,  qoidalari  va  boshqa 
normativ-texnik talablarni buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport 
vositalari va boshqa ob’ektlarni rejalashtirish,  qurish, rekonstruktsiyalash, ulardan 
foydalanish  yoki  ularni  tugatish  chog’ida,  ekologiya  nuqtai  nazardan  xavfli 


14 
 
mahsulotlarni  chet  ellarga  chiqarish  va  chet  ellardan  olib  kelishda  hududning 
belgilab qo’yilgan ekologiya sig’imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda; 
-tabiiy  boyliklardan  uzboshimchalik  bilan  foydalanishda,  davlat  ekologiya 
ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; 
-tabiiy  resurslardan  foydalanganlik  uchun,  atrof  tabiiy  muhitga  zararli  moddalar 
chiqarganlik  va  oqizganlik,  qattiq,  chiqindilar  joylashtirganlik,  bu  muhitni 
ifloslantirganlik  va  unga  zararli  ta’sir  ko’rsatishning  boshqa  turlari  uchun 
belgilangan xakni to’lashdan bosh tortganlikda; 
-tabiatni  muhofaza  qilish  ob’ektlarini  qurish  rejalarini,  tabiatni  muhofaza  qilishga 
doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; 
-atrof  tabiiy  muhitni  tiklash,  unga  bo’ladigan  zararli  ta’sir  oqibatlarini  bartaraf 
etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko’rmaganlikda; 
-tabiatni  muhofaza  kilish  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirayotgan 
idoralarning ko’rsatmalarini bajarmaganlikda; 
-alohida  muhofaza  qilinadigan  xududlar  va  ob’ektlarning  xukukiy  tartibotini 
buzganlikda; 
-ishlab  chiqarish  va  iste’mol  chiqindilarini,  kimyolashtirish  vositalarini, 
shuningdek  radioaktiv  va  zararli  kimyoviy  moddalarni  saqlash,  tashish,  ulardan 
foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko’mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza 
qilish talablarini buzganlikda; 
-atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  nazoratini  amalga 
oshiruvchi  mansabdor  shaxslarning  ob’ektlarga  borishiga,  ayrim  shaxslar  va 
tabiatni  muhofaza  qilish  jamoat  tashkilotlariga  esa  xukuk  va  vazifalarini  ruyobga 
chikarishlariga to’sqinlik qilinganda; 
-atrof  tabiiy  muhitning  xolati  va  uning  resurslaridan  foydalanish  to’g’risida  o’z 
vaqtida  va  to’g’ri  axborot  berishdan  bosh  tortganlikda  aybdor  bo’lgan  shaxslar 
O’zbekiston Respublikasining  qonunlariga binoan intizomiy,  ma’muriy,  jinoiy va 
boshqa yo’sindagi javobgarlikka tortiladilar». 
Ekologiya  sohasida  xuquqbuzarlik  sodir  etilganda  quyidagi  ma’muriy  jazo 
choralari qo’llanilishi mumkin: 

 
jarima; 

 
ma’muriy  xuquqbuzarlikni  sodir  etish  quroli  hisob-  langan  yoki  bevosita 
shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish; 

 
muayyan  shaxsni  unga  berilgan  maxsus  xuquqdan  (masalan,  ov  kilish 
xuquqidan) mahrum etish. 
Ekologiya  sohasidagi  ijtimoiy  xavfli,  og’ir  oqibatlarga  olib  keladigan 
qonunbuzarliklar  uchun  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  jinoiy  javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 
Ekologik  jinoyat  sodir  etishda  aybli  deb  topilgan  shaxslarga  nisbatan  quyidagi 
asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin: 
jarima; 
1.
 
muayyan huquqdan mahrum qilish; 
2.
 
ahloq, tuzatish ishlari; 
3.
 
qamoq,; 


15 
 
4.
 
ozodlikdan mahrum qilish. 
Qo’shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo’llanilishi mumkin. 
Ekologik  qonunbuzarliklarning  oldini  olish  katta  ahamiyatga  egadir.  Bunda  aholi 
o’rtasida  zarur  ta’lim-tarbiya,  targ’ibot  ishlarini  muntazam  olib  borish,  ommaviy 
axborot vositalarida bu masalalarni yoritib borish ijobiy natijalarni beradi. 
Ekologik  qonunchilikni  rivojlantirish,  qonunlar  va  boshqa  normativ  xujjatlarga 
tegishli  o’zgartirishlar  kiritib  borish,  shu  sohadagi  yangi  qonunlarni  qabul  qilish 
katta  ahamiyatga  egadir.  Har  bir  fuqaro  o’zining  ekologik  xuquqi  va 
majburiyatlarini bilishi, qonunlarga rioya qilishi lozimdir. 
Bozor  iktisodiyoti  sharoiti  va  mustakillik  Uzbekistan  Respublikasida  tabiat 
resurslaridan okilona foydalanish va uni muxofaza kilishni talab kiladi. 
Ekologiya soxasida davlat boshkaruvini tashkil etish xamda nazoratini kuchaytirish 
va uni olib borish mustakil davlatimiz ekologik siyosatining asosiii tashkil etadi. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvi  davlat  organlari  tomoni-  dan  atrof-muxitni 
muxofaza  kilish  va  tabiatdan  foydalanishni  tashkil  kilishda  namoyoi  buladi  va 
jamiyatda ijtimoiy boshkaruv- iing tarkibiy kismi xisoblanadi. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvini  shakllantirish  orkali  davlat  uzining 
ekologik vakolatini va siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshkarishni tashkil etish 
asosida  inson  atrof-muxitni  yaxshilash,  tabiatni  muxofaza  kilish  va  tabiiy 
resurslardan okilona foydalanishni ta’minlash maksadlari turadi. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvi  orkali  davlat  tabiiy  resurslarning  mulkdori 
sifatida  tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tashkil  etish  maksadida  ularni  tassarruf 
etish xukukini amalga oshiradi. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvi  -  davlatning  ijroiya  farmoyish  berish  va 
ijroiya boshkaruv faoliyati bulib, u tabiat va inson urtasidagi mavjud muvozanatni 
saklashga karatilgan, tabiat resurslaridan foydalanuvchi sub’ektlarning 
uz
 xukuk va 
majbu-  riyatlarini  amalga  oshirishlari,  tabiat  boyliklaridan  okilona  foydalanish  va 
ularni muxofaza kilish tartibi bilan bevosita boglikdir. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvining  ob’ekti  -  insonning  yashash  uchun 
kulay  atrof  tabiiy  muxitga  ega  bulish  borasidagi  faoliyati  va  tabiiy  resurslardan 
okilona foydalanish xamda ularni muxofaza kilish. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvidan  maksad  tabiiy  resurslardan  okilona 
foydalanish  va  ularni  muxofaza  kilish  bilan  boglik  tadbirlarni  utkazish,  ularning 
bajarilishini  ta’minlash,  tabiatni  muxofaza  kilish  tugrisidagi  va  ekologik 
konunlarga  katiy  rioya  etish,  inson  xayoti  uchun  kulay  ekologik  muxit  yaratish, 
mavjud  tabiiy  resurslardan  okilona  foydalanish  va  ularni  muxofaza  kilish  xamda 
barcha  tabiat  boyliklarini  kelajak  avlod  va  mustakil  davlatmizning  ravnaki  uchun 
kuz korachigidek saklashdan iborat bulishi lozim. 
Ekologiya  soxasida  davlat  boshkaruvini  ta’minlash  bir  kator  printsiplarga  amal 
kilishni xam takozo etadi. Bular: 
-
 
inson xayoti va uning sogligini ta’minlash, buning uchun tabiat ob’ektlarini 
saklash va tiklab borish; 
-
 
tabiat resurslariga nisbatan davlat mulkchiligi; 
-
 
ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish jarayonida ekologik muammolarni xal kilishda 
davlatning aloxida e’tibor berishi; 


16 
 
-
 
ekologiya soxasida davlat boshkaruvini olib borish, tashkil etish va bajarish 
jarayonida turli samarali iktisodiy metodlardan foydalanish lozimligi; 
-
 
ekologik  muammolarni  xal  kilishda  keng  jamoatchilik,  fukarolar,  jamoat 
tashkilotlari va maxalliy uzini uzi boshkarish organlarini jalb kilish; 
-
 
demokratik tsentralizm va konuniylik; 
-
 
kelajak  avlod  oldida  ekologik  muammolarni  xal  etishdagi  javobgarlik  kabi 
va boshka asosiy xususiyatga ega bulgan printsiplar mavjud. 
Bulardan  tashkari,  ushbu  soxada  konunchilik,  rejalashtirish  va  buysunish  kabi 
umumiy printsiplarni xam uz ichiga oladi. 
Ekologiya soxasida davlat boshkaruvi uch shaklda amalga oshiriladi: 
1)
 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə