Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi



Yüklə 51 Kb.
səhifə2/3
tarix03.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#104134
1   2   3
Matematik didaktik o’yinlar

Matematik didaktik o’yinlar


"Mening joyim qayerda?"
O’yin maqsadi: Raqamlar tartibi bo’yicha talabalar bilimini mustshkamlash.
Vositalar: 1 dan 10 gacha yozilgan 15 sm + 10 sm o’lchovli varaqchalar.
O’yin tartibi: O’qituvchi bolalarga varaqchalarni bo’lib beradi. O’qituvchi ishorasi bilan talabalar joylaridan turib, doska oldida saf tortishadi va har biri o’z raqam tartibiga muvofiq o’z joyini qanday qilib topganini sharhlab beradi. Bu o’yinni bir necha marta takroran o’tkazish mumkin. Uning qiziqarli o’tishi uchun qatorlar o’rtasida o’tkazilishi afzalroq. Har bir qator bir g’uruh hisoblanadi.
Topshiriqni tez va xatosiz bajargan guruh g’olib sanaladi.
"Juftini toping!"
O’yin maqsadi: Ikkinchi o’nlik sonlar tarkibi borasida o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Vositalar: 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar va 6+5, 6+6, 8+5, 7+7, 9+7, 9+6, 8+9, 8+7 kabi ifodalar yozilgan 15 sm + 10 sm o’lchovli varaqchalar.
O’yin tartibi: O’qituvchi varaqchalarni bolalarga bo’lib beradi. Bolalar doska oldida saf tortishadi. O’qituvchi topshirig’i bo’yicha, qo’llarida varaqchasi bor bolalar o’z juftlarini topib oladilar, ya’ni javobi qo’llaridagi sonlarga muvofiq bo’lgan ifodani tanlab oladilar. Masalan, qo’lida 12 soni yozilgan bola o’z juftini – qo’lida 6+6 ifodasi yozilgan o’quvchini topib hamrohlik qilishi kerak. Xatolikka yo’l qo’yilgan bolalar o’yindan chetlashtiriladi.
"Estafeta"
O’yin maqsadi: Ikkinchi o’nlik sonlar tarkibi borasida o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
O’yin tartibi: O’qituvchi doskaga raqamlarni yozib, guruh namoyandalari uning tarkibini yozishlari lozimligini tushintiradi. Ikkita guruhdan bolalar navbat bilan bir raqamli sonlar juftini yozadilar. masalan:
14 13
7 va 7 6 va 7
8 va 6 8 va 5
9 va 5 9 va 4
Topshiriqni tez va xatosiz bajargan guruh g’olib sanaladi.
"Eng yaxshi hisobchi"
O’yin maqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lish jadvali borasidagi bilimini mustahkamlash.
O’yin tartibi: Doskada o’ng va chap tomonlardan sonlari teng bo’lgan misollar yozilgan: 7x3, 6x7, 3x8, 8x4, 9x3, 7x8, 8x9. Ikkita o’quvchi doskaga chiqariladi. O’qituvchi topshirig’I bilan bittasi chapdan, ikkinchisi o’ngdan misollarni echishiga kirishadi. Misollarni ko’proq va xatosiz echgan o’quvchi g’olib deb bilinadi.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə