Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi



Yüklə 51 Kb.
səhifə3/3
tarix03.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#104134
1   2   3
Matematik didaktik o’yinlar

"Jonli matematika" 
O’yin maqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lish jadvali borasidagi bilimini mustahkamlash.
Vositalar: Har bir guruh uchun bir raqamli sonlar yozilgan 15 sm + 15 sm o’lchovli varaqchalar yozilgan.
O’yin tartibi: O’qituvchi varaqchalarni bolalarga bo’lib beradi. So’ng taqsimlash bo’yicha javobi bir raqamli sonlar bo’lgan misollar aytadi. Masalan, 63:9. Har bir qatordan qo’llarida 7 raqamli varaqcha bo’lgan bolalar o’rnidan turishlari kerak. Har bir xatosiz va tez topgan javob uchun ball beriladi va shu tartibga muvofiq har bir xato uchun bir ball kamaytiriladi. Eng ko’p ball toplagan guruh golib deb bilinadi.
"Kim tezroq va to’g’riroq"
O’yin maqsadi: O’quvchilarning ko’paytiruv va bo’lish jadvali, son qimmati raqam mavqeiga bog’liq bo’lgan prinsipi borasidagi bilimini mustahkamlash.
Vositalar: Har bir qator uchun qog’az yoki kartondan kesilgan raqamlar (0-dan 9-gacha).
O’yin tartibi: O’qituvchi kesilgan raqamlar majmo’ini har bir qatorga bo’lib beradi. So’ng misollarni o’qiydi: 5x4, 7x5, 3x6 va hokazo. O’quvchilar javoblarni topishlari va qo’llarida 2 va 0 raqamlari bo’lganlar doskaga chiqib, yonma-yon turib 20 sonini ifodalashi kerak. Javoblarni ko’proq va xatosiz echgan qator g’olib deb topiladi. Ball berish paytida raqamlarning joylashish mavqeiga ham ahamiyat berish kerak. Joylarni aralashtirish ballni kamaytiradi.
"Jonli raqam qo’yish"
O’yin maqsadi: Ko’p raqamli sonlar tarkibi bo’yicha o’quvchilar tasavvurotini shakllantirish.
Vositalar: Har bir ishtirokchi uchun 0-dan 9-gacha qog’az yoki kartondan kesilgan raqamlar.
O’yin tartibi: 6 nafar o’quvchi doska oldiga chiqarilib, har birining qo’liga qog’az yoki kartodan kesilgan raqamlar majmo’i beriladi. Ular sinf jamoasiga qarab turishadi va har biri sonlar jadvalining razryadini ifodalaydi. O’qituvchi yoki boshlovchi ko’p raqamli sonlarni o’qiydi. O’yin ishtirokchilari chapdan o’ngga razryadlari joylashgan o’sha raqamlarni beradilar ( ko’taradilar). Masalan, agar o’qituvchi yoki boshlovchi 4 2 3 0 4 2 sonlarni o’qisa, chapdan o’ngga birinchi o’quvchi 4, ikkinchisi 2, uchinchisi 3, to’rtinchisi 0, beshinchisi 4 va oltinchisi 2-ni ko’taradilar. Sinf jamoasi ishtirokchilar ishi to’g’riligini kuzatadilar.
Mazkur o’yinning qiziqarli o’tishi maqsadida uni 3 guruh o’rtasida ham o’tkazish mumkin. Bu holatda guruhlar navbat bilan bir-birini almashtiradi. O’yin yakunida kamroq xatoga yo’ l qo’ygan yoki umuman xato qilmagan guruh g’olib deb bilinadi.
Bolaning maktabga qadam qo’yishi bilanoq, uning ijtimoiy mavqei o’zgaradi va o’yin joyini ta’lim egallaydi. O’yin faoliyatidan ta’limga o’tish jarayoni o’ziga xos qiyinchiliklarga ega bo’lib, bu narsa birinchi navbatda o’quvchilarning psixologik jihatlari va yoshlariga, diqqat ustuvorligi, xotira va tafakkur ixtiyorsizligiga bog’liq. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etishida ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish ayni muddaodir.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə