Matematika o’qitish uslubiyati fani maqsad va vazifalari



Yüklə 245,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.01.2023
ölçüsü245,03 Kb.
#98361
  1   2   3   4
60 (1)



International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org June 8
th
 2022 
203 
MATEMATIKA O’QITISH USLUBIYATI FANI MAQSAD VA 
VAZIFALARI 
 
Abdiniyazova Savlexan Jo`ldasbaevna 
O'zbekstan Respublikasi IIV Qaraqolpoq akademik litsey 
matematika fani o'qituvchisi 
 
Kudaybergenova Biybisanem Kallibekovna 
O'zbekstan Respublikasi IIV Qaraqolpoq akademik litsey 
Informatika fani o'qituvchisi 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada matematika o’qitish uslubiyati fani maqsad va vazifalari haqida atroflicha so`z 
yuritilgan.
 
 
Kalit so`zlar
:
matematika, matematika o’qitish uslubiyati, davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv rejasi

Matematika
- fan va o’quv predmeti sifatida. “Matematika” so’zi grekcha “bilish, fan” so’zidan olingan 
bo’lib, bizga qadimgi Yunonistondan yetib kelgan. Bu fan o’z rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni 
bosib o’tgan:
1) Matematikaning paydo bo’lish davri - amaliy hisoblashlar va o’lchashlar, son va figura tushunchalari 
shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arifmetika va geometriya kabi matematikaning bo’limlari o’z bosh-
lang’ich asoslariga ega bo’ldi.
2) O’zgarmas miqdorlar davri – eramizgacha VI-V asrlardan boshlanib, bu davrda matematika fani tadqiqot 
tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida shakllandi Bu davrda 
matematikaning yangi sohasi – algebra fani paydo bo’ldi va rivojlandi.
Bunda buyuk vatandoshlarimiz Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, 
Abu Ali Ibn 
Sino 
, Ulug’bek , Al-Farg’oniylarning xizmati katta bo’lgan. 3) O’zgaruvchi miqdorlar davri XVII asrdan 
boshlanib XIX asr birinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari 
ko’paydi, funksiya va u bilan bog’liq, uzluksizlik va harakat g’oyalari asosiy o’rinni egalladi. Matematik 
analiz tarkib topdi va takomillashtirildi. 4) O’zgaruvchi munosabatlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik 
tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qo’llanila boshlandi. Bu davr XIX asr ikkinchi 
yarmidan boshlanib to hozirgacha bo’lgan davrni qamrab olib, fanda algebraik strukturalar, yangi nazariya va 
yo’nalishlarning paydo bo’lishi va rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda matematika yanada 
taraqqiy etib, turli nazariy kashfiyotlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari ko’payib bormoqda. 
Matematika fan sifatida ham, o’quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o’rgatilishi talab etiladi. Bunga 
sabablar quyidagilar: Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks 
ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targ’ib etishni talab etadi; o’rganilayotgan qonuniyatlarning 
qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan 
hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday 
kashf 
etilganligi muhim emas
; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bog’liq qat’iy 
ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning 
boshlangich asosi bo’lib hisoblanadi. Matematika o’quv predmeti sifatida:
o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma va malakalar beriladi;
matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi;
yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon 
etish usuli tanlanadi;
abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi;
o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin 
emas.



Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə