Matematika o’qitish uslubiyati fani maqsad va vazifalari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 245,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.01.2023
ölçüsü245,03 Kb.
#98361
1   2   3   4
60 (1)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org June 8
th
 2022 
204 
2. Matematika o’qitish uslubiyati fanining maqsad va vazifalari Insoniyat o’z rivoji davrida yosh avlodga 
bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini o’z faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini 
o’rgatishga harakat qiladi. Shu sababli o’quvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan chuqur bilimlar 
berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika o’qitish 
uslubiyati asosiy o’rinlardan birida turadi. "Metodika" so’zi yunoncha "metod" yoki "usul" so’zidan olingan. 
Matematika o’qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb jamiyat tomonidan qo’yilgan ta’lim maqsadlarga mos 
ravishda matematika o’qitish 
usullarini
, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o’rganadigan va 
tadqiq etadigan pedagogikaning bo’limiga aytiladi. Matematika o’qitish uslubiyati fani "matematika 
pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish 
xususiyatlarini o’rganadi.
Matematika o’qitish uslubiyati fani avvalo o’zaro bir-biriga bog’lik to’rtta savolga javob berishi lozim. 
Birinchisi – nima uchun matematikani o’rgatish kerak?
Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, o’z navbatida bu vazifalar 
jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan 
aniqlanadi. Ikkinchisi – kimni matematikaga o’rgatish kerak? Bir tomondan bu savol yosh haqida bo’lib, 
qachondan boshlab bolalarni matematikaga o’rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy 
dastur o’rnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi.
Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi.
Uchinchisi–o’rganiladigan matematika mazmuni qanday bo’lishi kerak? Yoki nimani o’rgatish kerak? Bu 
savolga javob matematika o’kitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam bog’liq. Matematika fanidan 
uni o’qitish va o’rgatish uchun qanday hajmda va qanday ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan 
hisoblanadi.
To’rtinchisi – matematikani qanday o’rgatish kerak? Bu savolga javob matematika o’qitish uslubiyatining 
muhim qismi bo’lib, eng harakatchan, eng ilg’or va eng qulay o’qitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni 
talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ’ib qilish talab etiladi. Matematika o’qitish uslubiyati fanining 
asosiy vazifalari quyidagilar: matematikani o’rganishning maqsadlari va o’quv predmeti maz-munini 
aniqlash; qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o’qitish shakllarini yaratish. 
Matematika o’qitish uslubiyati uchta bo’limdan iborat: matematika o’qitish umumiy uslubiyati (masalan, 
o’qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika o’qitish xususiy uslubiyati (maktab 
matematika kursining ayrim bo’limlari yoki tushunchalari yo’nalishlarini o’rganish usul va yo’llari qaraladi); 
matematika o’qitish maxsus uslubiyati (masalan, akademik lisey, kasb-hunar kollej va maxsus o’quv 
yurtlarida matematika o’qitishning xususiyatlari o’rganilishi mumkin). Matematika o’qitish uslubiyati fani o’z 
oldida turgan vazifalar ko’lamiga ko’ra boshqa fanlar bilan uzviy aloqada.
Avvalo matematikaning o’zi bilan mustahkam bog’liq bo’lib, shu asosda o’qitishning mazmuni va usullari 
takomillashib boradi. Matematika o’qitish uslubiyati pedagogik fan bo’lganligi uchun tabiiy ravishda 
pedagogika fani yutuqlariga tayanadi. Bundan tashkari u psixologiya qonuniyatlari asosida matematika 
o’qitish konuniyatlarini ochib beradi,chunki ta’lim jarayonida o’quvchilarning ma’lum guruhi(sinf) va hatto 
ayrim o’quvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning qiziqish va diqqat-e’tiborlari, xotiralarini hisobga 
olish, o’zlashtirish bosqichlari, aql, xulqi xususiyatlari va h.k.larni hisobga olish talab etiladi. Maktabda 
matematika o’qitish uslubiyati mantiqqa ham tayanadi.Bunga sabab bir tomondan matematika o’qitish bir 
vaqtning o’zida mantiqiy matematik tilga o’rgatish hisoblansa
ikkinchi tomondan
, fan sifatida 
matematikaning o’zi mantiq qonunlari asosida qurilgan.
Maktabda matematika o’qitishda asosiy narsa o’qituvchining pedagogik mahorati bo’lib, u hyech qanday ta’rif 
va tavsifga muhtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni o’rganish lozim, san’atni egallash kerak. Pedagogik 
mahoratni egallashdagi birinchi va zarur bosqichlardan biri matematika o’qitish uslubiyatini o’rganish 
hisoblanadi. 3.Maktabda matematika o’qitishning mazmuni va vazifalari Maktabda matematika o’qitishning 
asosiy maqsadlari quyidagilar: umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar. Umumta’lim maqsadlari: 
o’quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko’nikma va malakalar sistemasini berish; o’quvchilarga olamni 
o’rganishning matematik usullarini egallashlariga yordam berish; o’quvchilarni og’zaki va yozma matematik 
nutqqa o’rgatish; o’quvchilarning ta’lim jarayonida va o’z ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish 



Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə