Matematika o’qitish uslubiyati fani maqsad va vazifalari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 245,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.01.2023
ölçüsü245,03 Kb.
#98361
1   2   3   4
60 (1)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org June 8
th
 2022 
205 
uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli matematik 
ma’lumotlarni olishiga erishish.
Tarbiyaviy maqsadlari: matematika faniga bo’lgan turg’un qiziqishni tarbiyalash; o’quvchilarni axloqiy, 
ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash (masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, 
go’zallik, 
ziyraklik
, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur 
va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. Amaliy maqsadlari: 
olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish 
ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni 
mustaqil egallay olish ko’nikmalarini tarkib toptirish. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun 
matematikadan davlat ta’lim standarti maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan 
maqsadlarni quyidagicha belgilaydi: - o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini 
umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishida hamda 
hayotga tadbiq eta olishiga intilish; - o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida 
ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa 
olishlariga ko’maklashish; - insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib 
borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini 
ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish; - vatanparvarlik, milliy g’ururni 
tarkib toptirish

rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor 
qilish; - jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning 
tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantrish; - o’quv jarayonini 
demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari kuyidagilar:
son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish;
hisoblashning amaliy ko’nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish;
algebraik amallarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi 
masalalarni yechishda qo’llash;
elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil 
qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish;
planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o’zlashtirish;
o’rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro’y berayotgan hodisalarni matematik 
modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish;
fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish 
ko’nikmalarini shakllantirish.
Davlat ta’lim standarti (DTS): matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; o’quvchilarning yosh 
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o’quv yuklamasining 
yuqori miqdoridagi 
hajmini
; asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar 
va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi. Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab 
qirralarini o’rgatish bilan bir qatorda o’tmish merosimizni o’rganishga imkoniyat tug’dirilishi lozim. Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo 
Buzjoniy, Fiyosiddin al-Koshiy, Umar Hayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug’beklarning va hozirgi 
zamon mashhur o’zbek matematiklarining matematika faniga qo’shgan hissalari haqida tushuncha berish 
maqsadga muvofiq. Matematik ta’limning asosiy yo`nalishlari: 
son va hisoblashlar
; ifodalarni ayniy shakl 
almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funksiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar. Bu 
yo’nalishlar bo’yicha standartda majburiy minimum belgilangan. O’quvchilarning matematik tayyorgarligiga 
qo’yiladigan talablarda:
a) matematik ta’lim jarayonida o’quvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi;
b) o’quvchilarning matematikadan egallashlari majbur bo’lgan bilim va malakalar, masalalar yechish 
ko’nikmalari ko’rsatiladi.
Shunday kilib, maktabda matematika o’qitish mazmuni va uni o’qitishni tashkil etish bo’yicha me’riy 
xujjatlarga DTS, o’quv rejasi va dastur kiradi. Ular matematika o’qitish mazmunini aniqlashni ta’minlaydi; 
har bir sinf o’quvchisi egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalar hajmini belgilaydi; dasturning maktabda 



Yüklə 245,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə