Matematikadan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,06 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#112064
Boymonova Umida



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO’RG’ON FILIALI
_______________________________ FAKULTETI



TEZIS
Ta’lim yo’nalishi: Maktabgacha ta’lim
Guruh: ___________________
Bajardi: Boymonova Umida
Tekshirdi : ___________________


Mavzu: Uchinchi renessans davrida zamonaviy pedagog qiyofasi.
Toshkent-2023 yil
Uchinchi renessans davrida zamonaviy pedagog qiyofasi.
Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim–tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm – fan sahasi rivojini jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼzbekiston taʼlim tizimi uchun ikki muhim hodisa: birinchisi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23 sentyabrь kuni OʼRQ–637 sonli Oʼzbekiston
Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni tasdiqlandi va amalga kiritildi; ikkinchisi, 30 sentyabrь kuni Prezidentimiz Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilang taʼlimga oid murojaat Nutqi soʼzladi. Bu ikki muhim hujjat taʼlim islohotlarini yangi bosqichga koʼtardi va mutloqa yangi vazifalar belgilab berildi.
Ushbu ikki hujjat yangi Oʼzbekistonda taʼlim islohotlarini yangicha asosda amalga oshirish va uni yakunlash vazifalarini belgilab berdi. Bu borada Prezidentimiz quyidagicha vazifani qoʼydi: “Taʼlim islohotlari orqali Oʼzbekistonda yangi Uygʼonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʼzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”. Eʼtibor berilsa bu taraqqiyot jarayoni faqat taʼlim islohotlari orqali amalga oshiriladi. Shu sababli mazkur hujjatlar talabalar, professor-oʼqituvchilar va amaliy faoliyatdagi pedagoglar tomonidan idrok etilishi, oʼzlashtirilishi hamda ularda belgilangan yangi vazifalar ijrosiga kirishishi kerak. Bu hol ikki muhim voqelik bilan belgilanadi:

  1. Yangi Qonun taʼlim sohasidagi munosabatlarni milliy va xalqaro standartlar asosida tartibga soladi, shu sababli u uchinchi Renessansning poydevori sifatida eng muhim hujjat hisoblanadi;

  2. Prezidentimiz Nutqida taʼlim islohotlarining yakuniy va yangi vazifalar belgilanib, unda asosiy masala taʼlim islohotlarining samaradorligiga tezroq erishi nazarda tutildi. Bu yangi vazifalar uchinchi Renessans davri, yaʼni Uygʼonish voqeligiga bogʼliq holda belgilanadi. Prezidentimiz nima uchun uchinchi Renessans milliy gʼoyasini aynan taʼlim islohotlariga bogʼlab eʼlon qildi? Chunki ilm, fan va texnologiya mujassami boʼlgan taʼlim barcha Renessnslarning negizi boʼlgan.

Ustoz misli yonib turgan shamga o‘xshaydi. O‘zi yonib atrofga nur-ziyo taratadi. Ma`lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o`rgatadi. Ustoz – ilm o‘rgatuvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi murabbiydir. Dastlabki saboqni ham o`qituvchi beradi. Dastlabki ona-Vatan so`zlarining ma`nosini, mohiyatini ham o`qituvchi o`rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o`qituvchilik-muallimlik kasbi o`ta sharafli va mas`uliyatli hisoblanadi.
Hozirgi zamon o’qituvchisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta‘lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas‘uliyatlar o’qituvchilardan talab qilinadi:

  • O’qituvchi eng avvalo mas‘uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma‘rifat targ’ibotchisidir.

  • O’qituvchi tabiatan o’quvchilarni seva olishi, o’z mehrini, his-tuyg’ularini har lahzada o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishi,ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo’lishi kerak.

  • O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma‘lumotlarni doimiy bera olishi lozim. - Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi.

  • O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur va puxta bilimga ega bo’lishi, barcha fanlar integratsiyasini o’zlashtirib borishi, bunda o’z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.

  • O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta‘limtarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

  • O’qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta‘lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.

  • O’qituvchi ijodkor, ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

  • O’qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o’zlashtirib borishi shart.

  • O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi; hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi norasmiy so’zlardan holi bo’lishi.

  • O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya‘ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi,yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

  • O’qituvchi ta‘lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.

  • O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. SHuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

  • O’qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, zamonaviy pedagog yuksak madaniyatli, notiq, o‘quvchilarni sevuvchi, mehribon, ijodkor, o‘z fanini chuqur biluvchi, psixolog, zamonaviy texnikalardan foydalana oluvchi, qobiliyatli shaxs bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bola qalbining injeneridir.

XULOSA


Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy pedagog o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi bilan birgalikda chet tillarini ham bilishi lozim. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ham ingliz tilini hech bo‘lmaganda mukammal darajada bo‘lmasa ham qisman bilishi kerak. Sababi boshlang‘ich sinflarning yangi nashrdan chiqqan matematika darsliklarida o‘lchov birliklari ingliz tilida kiritilgan. O‘qituvchi bolaga buni tushuntira olishi kerak, buning uchun albatta ingliz tilidan xabardor bo‘lishi lozim. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari va smart doskalar bilan ishlash uchun ham til bilimdonligi pedagog uchun zarur.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə