Material Nometall materiallar



Yüklə 126,9 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü126,9 Kb.
#144325
1   2   3   4
Документ-Microsoft-Word-5

Rezina materiallar
Rezina - kauchukka maxsus ishlov berishning (vulkanizatsiyalash) mahsuloti. Boshqa materiallardan rezina yuqori elastikligi bilan birinchi navbatda ajralib turadi Har qanday rezinaning asosini tabiiy yoki sun'iy kauchuk tashkil qiladi.
Kauchuk xossasini yaxshilash uchun rezinaga maxsus qo'shimchalar qo'shiladi. Vulkanizatsiya qiluvchi modda sifatida oltingugurt yoki selen ishlatiladi. Vulkanizatsiya jarayonini tezlatuvchi modda sifatida polisul, qo'rg'oshin yoki magniy oksidi ishlatiladi. Rezinani yumshatuvchilar sifatida plastifikatorlar qo'llaniladi. Ularga parafin, vazelin, bitum va boshqalar kiradi. Kauchuk ta'siriga qarab, to'ldiruvchilar inertli va faol bo'ladi. Faol to'ldiruvchilarga uglerod ko'miri, rux oksidi kirib, u rezinani mexanik xossasini yaxshilaydi. Bundan tashqari rezinaga regeneratorlar - eski rezina buyum va chiqindilarini qayta ishlab chiqarilgan rnahsuloti, antipirinlar rezinani bardoshiga yonishini kamaytirnvchi moddalar, dezodorantlar - rezinadan yomon hid kelishini oldini oladigan moddalar bo'yoqlar va pigmentlar qo'shiladi. Rezinaga qo'shiladigan oltingugurt miqdoriga ko'ra elastikligi o'zgaradi. Oltingugurt miqdorini oshishi bilan rezina materiali kichik elastiklikka ega bo'lib, uning qattiqligi oshadi. 30% oltingugurt qo'shilganda rezina qattiq materialga aylanadi. Buni ebonit deyiladi.
Rezina 2 xii bo'ladi: umumiy va maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan rezinalar.
Umumiy maqsadlar uchun mo'ljallangan rezina tabiiy va sun'iy kauchukni vulkanizatsiya qilib olinadi.
Maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan rezina benzin bardosh, issiqqabardosh, sovuqqabardosh va boshqa turlarga bo'linadi.
Yüklə 126,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə