Materiallar qarshiligi va mashina detallari


Chervyakli reduktorning asosiy detallari



Yüklə 97,44 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü97,44 Kb.
#161869
1   2   3   4
5- Laboratoriya ishi chervyak.

Chervyakli reduktorning asosiy detallari

1.4-rasm. Chervyakli reduktorning tuzilishi
1-reduktor korpusining asosi; 2-reduktor korpusining qopqogʻi; 3-chervyakli val; 4-chervyakli gʻildirak; 5, 8-podshipnik teshik qopqogʻi; 6, 7-podshipnikning berk qopqogʻi; 9-tuynuk qopqogʻi; 10-dumalash podshipniklari; 11-maxsus tiqin; 12-zichlagich; 13-prizmatik shponka; 14-chervyakli gʻildirak vali; 15-tiqin.

Chervyakli uzatmalarda, chervyakning aylanma tezligi 6 m/s gacha boʻlsa, chervyakni gʻildirakning ostida joylashtirish lozim. Bu holda uzatmani moy bilan ta’minlash sharoiti yaxshilanadi. Chervyakninig aylanma tezligi 6 m/s dankatta boʻlgan hollarda chervyaknin gʻildirakning ustida joylashtirish tavsiya etiladi.


Chervyakni gʻildirakka nisbatan yon tomonida joylashgan hollari ish organlari talab qilgan hollardagina qoʻllaniladi.


Uzatmaning geometriyasi

Chervyakli uzatma chervyak va chervyak gʻildiragidan tashkil topgan boʻlib, uzatmaning asosiy geometrik parametrlari quyidagilardir (9.1-rasm):aw - oʻqlararo masofa, mm; px-oʻq boʻyicha oʻlchangan qadam, mm; m- ilashish moduli, mm;q- chervyakning diametr koeffitsienti;d1- chervyakning boʻluvchi diametri, mm;da1 - chervyakning tashqi diametri, mm;df1 - chervyakning ichki diametri, mm;γ - vint chizigʻining koʻtarilish burchagi, grad;в1 - chervyakoʻramlari qirqilgan qismning uzunligi, mm; d2 - gʻildirak tishlari boʻluvchi aylanasining diametri, mm;da2 - gʻildirak tishlari uchidan oʻtgan aylana diametri, mm;dƒ2 - gʻildirak tishlari tubidan oʻtgan aylana diametri, mm; dt2 - gʻildirakning tashqi diametri, mm;в2 -gʻildirakning eni, mm;





1.5-rasm. Chervyakli uzatmaning geometrik oʻlchamlari


Chervyak va chervyak gʻildiragini tayyorlashda qoʻllaniladigan asosiy materiallar. Chervyak uchun asosan uglerodli va legirlangan poʻlatlar ishlatiladi: 15X, 15XA, 10X, 20XF, 50, 40X.


Chervyak gʻildiragi uchun (sirpanish tezligi 5 m/s dan katta boʻlgan hollarda) qalayli bronzalar: Br0F10-1, Br0F10-0,5 va Br0NF ishlatiladi. Sirpanish tezligi 5 m/s dan kichik boʻlgan hollarda qalaysiz bronzalar: BrAJN-10-4-4 ishlatiladi. Chervyak gʻildiragi choʻyandan sirpanish tezligi 2 m/s dan kichik boʻlgan hollarda chervyak gʻildiragi choʻyandan SCH-15, SCH-18 tayyorlanadi. Sirpanish tezligi 3 m/s dan oshmagan hollarda plastmassalardan tayyorlangan gʻildiraklar ishlatilishi mumkin. Bu holda uzatma ishlayotganda hosil boʻladigan issiqlik miqdori 90ºC dan oshmasligi kerak.Koʻp hollarda rangli metallarni iqtisod qilish maqsadida chervyakli gʻldirak ikki xil materialdan: ya’ni gʻildirak gupchagi choʻyandan, gardish esa bronzadan tayyorlanadi.



7.6-rasm. Chervyakli uzatma.
Reduktorning korpusi asosan kulrang choʻyandan tayyorlanadi. Kichik oʻlchamli korpuslar bir butun, katta oʻlchamli reduktor korpuslarini chervyakli gʻildirak valining geometrik oʻqlari boʻyicha ajraladigan qilib tayyorlanadi.
Ishni bajarish uchun kerak boʻlgan jihozlar va asboblar: chervyakli reduktor, oʻlchash asboblari, shtangenreymus, shtangensirkul, masshtabli chizgʻich, kronsirkul.

Yüklə 97,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə