Matn bilan ishlash: Olovli yozuv hosil qilish



Yüklə 4,27 Mb.
tarix19.01.2023
ölçüsü4,27 Mb.
#98814
Matn bilan ishlash


Matn bilan ishlash: Olovli yozuv hosil qilish
1. Yangi 800X600 px – o‟lchamli hujjat yarating.
2. [Layers] oynachasida (oynaning o‟ng tomonida joylashgan), Background
qatlami ustida Alt klavishasini bosib turib, qulf belgisi ustiga ikkimarta cherting.
3. “D” tugmasini bosib ranglarni oq-qora holatiga keltirib, [Alt+BackSpace] klavishalar yordamida rasmni qora rang bilan to‟ldiring.

4. Type uskunasini tanlab matn kiriting.


5. [Ctrl-J] –ni bosib, matn qatlamdan nusxa oling, nomini ORIGINAL TEXT bering va uni eng pastki qatlamga olib o’ting.


6. EXTREME qatlamini faollashtirib, uni tagidagi qatlam bilan [Ctrl-E] yordamida birlashtiring. Yangi hosil bo‟lgan qatlamga FIRE BASE nomini bering.



7. Hujjat matosini soat yurishiga qarshi 90 gradusga buring: [Image –Rotate canvas – 90 Degrees CCW].
8. FIRE BASE qatlami faol holatida shamol filteriga kiring: [Filter – Stylize –Wind]. [Direction] (yonalishini) [From the Right] (o‟ng tarafidan) holatini o’rnatib, Ok –ni bosing.

9. [Ctrl – F] tugmalarini 2-3 marta bosib, oxirgi ishlatilgan filtrni hujjatga tadbiq qiling.
10. [Image – Rotate Canvas – 90 CW] menu bo‟limlarini tanlab rasmni burib o’z hoatiga qaytaring.

11. FIRE BASE qatlami faolligida, [Filter – Blur – Guassian Blur] filtra yordamida, [Radius] berilmasini 3-4 piksel -ga o‟rnatib tasvirni “yuving”.

12. [Ctrl – U] tugmalarini bosib, [Hue/Saturation] oynachasida [Colorize]
holatini yoqib, Hue – 40, Saturation – 100 berilmalarini o‟rnatib, [Ok] tugmasini bosing.

13. [Ctrl - J] klavishalarini bosib, qatlamdan nusha oling.



14. Nusha olingan qatlam faolligida [Ctrl – U] klavishalarini bosib, [Hue/Saturation] oynachasida [Colorize] holatini yoqib, Hue berilmasini 30 qilib, [Ok] tugmasini bosing.


15. Nusha qatlamni [Layers] oynachasida aralashish holatini [Color Dodge] –ga o‟rnatib, uni FIRE BASE qatlami bilan [Ctrl – E] klavishalari yordamida birlashtiring.


16. FIRE BASE qatlami faolligida [Filter – Liquify] oynasida [Forward Warp] uskunasi yordamida, Brush size – 40, Brush Density – 90, Brush Pressure – 40 berilmalarini o‟rnatib, Show mesh holatini yoqib, “moy qalam” bilan olovni ishlab chiqing.


17. Moy qalam [Brush Size] uchini 15, bosish holatini [Pressure] 30 o‟rnatib, olovga yana ishlov bering.
18. Turbulence (Brush Size – 40, Pressure – 30) Uskunasi yordamida olov to’lqinlarni hosil qilib, bu Liquify amalini yakunlash uchun Ok–ni bosing.

19. [Ctrl – J] bilan qatlamdan nusha olib, yangi qatlamga Glow nomini bering va aralashish holatini “Screen” –ga o‟rnating.


20. [Filter – Blur – Guassian Blur] filtri yordamida, [Radius] berilmasini 13 piksel -ga o‟rnatib qatlamni “yuving”.
21. Opasity holatini 66% -ga o‟rnating
22. ORIGINAL TEXT qatlamini eng yuqoriga joylashtirib, matni qora rangga bo’yang.

23. ORIGINAL TEXT qatlamiga ikki marta chertib [Style] oynachasida [Gradient Overlay] usulini tanlab, Scale Mashtab –ni 115% o‟rnatib [Ok] tugmasiga bosing.

24. Oxirgisi, olovli matndan aksini hosil qiling. Bunung uchun to’rtburchak
belgilash uskunasi yordamida matn va olovni to‟liq belgilang, va [CTRL – Shift –C] tugmalari yordamida barcha qatlamlardan nusxa oling.
25. Qatlamlarni tevasidan yangi REFLECTION qatlam yaratib, unga nusxani [Ctrl – V] yordamida o‟rnating.

26. Menyuninig [Edit – Transform – Flip Vertical] buyrug‟i yordamida nusxani aksini toping.
27. Yozuvni aksini joyiga joylashtirib, REFLECTION qatlamiga maska qoshib, oq-qora gradiyent yordamida shafofligini taminlang.
Yüklə 4,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə