Mavjud boʻlmagan hayvon



Yüklə 24,23 Kb.
səhifə1/4
tarix22.02.2023
ölçüsü24,23 Kb.
#101295
  1   2   3   4
Mavjud boʻlmagan hayvon2-sinf


Mavjud boʻlmagan hayvon” metodikasi
Ushbu metodika oʻz mazmuniga koʻra proyektiv metodikalar katoriga kiradi. Uning yordamida shaxsning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari haqida ma’lumot toʻplash mumkin. Metodika yoʻnaltiruvchi xarakterga ega boʻlganligi sababli, u tadqiqot batareyasiga kiruvchi metodikalardan biri sifatida qoʻllaniladi.
Metodika yordamida:
-oʻz-oʻziga baho berish xususiyati;

-shaxsning ijodiy imkoniyatlari kabi jihatlarini oʻrganish mumkin.
Metodika universal xarakterga ega. Uni turli yoshdagi, turli rivojlanish darajasiga ega boʻlgan sinaluvchilarda oʻtkazish mumkin. Bu yerda eng muhimi tadqiqotchi tomonidan rasm va uning detallarini toʻgʻri tavsiflashdir. Metodikani oʻtkazish uchun oq yoki sargish (silliq boʻlmagan) qogoz va oʻrtacha yumshoqlikdagi qora qalam kerak boʻladi. Rangli qalamlar, ruchka, flamaster, oʻchirgʻichdan foydalanish mumkin emas.
Koʻrsatma: “Mavjud boʻlmagan hayvonni oʻylab topib, uning rasmini chizing va unga nom qoʻying.” Metodikani individual tarzda oʻtkazish tavsiya qilinadi. Uni oʻtkazish davomiyligi chegaralanmagan.
Rasm elementlari va ularni tavsiflaniish
Normada rasm vertikal qoʻyilgan varaqning oʻrtasida joylashgan boʻladi. Agar rasm varakning yuqori chekkasiga yaqin holatda boʻlsa, bu oʻziga yuqori baho berish; jamiyatda egallagan mavqeidan norozilik, atrofdagilar tomonidan yetarlicha tan olinmaslik; lavozimga koʻtarilish va tan olinishga nisbatan e’tiroz; oʻz-oʻzini tasdiqlashga intilish belgisi hisoblanadi.
Agar rasm varaqning quyi qismida joylashgan boʻlsa, buni oʻziga nisbatan ishonchsizlik, oʻziga past baho berish, qat’iyatsizlik, tushkunlik sifatida; jamoada biror mavqeni egallashga intilmaslik; tan olinish hamda oʻz-oʻzini e’tirof etish mavjud emasligi sifatida baholash mumkin.

Yüklə 24,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə