Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati Reja: Kirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə1/9
tarix16.04.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#85531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
avto kurs


Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni

mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati

Reja:

Kirish

  1. Nazariy qism

  1. Yengil va yuk avtomobillari haqida umumiy ma’lumot

  2. Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaning umumiy xarakteristikasi

  1. Amaliy qism

  1. Avtomobilga qo’yilgan xalqaro va UZDst talablari

  2. Avtomobil kuzoviga quyilgan talablar

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish

Hozirgi kunda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazish global tizimida sifat va ishlab chiqarish samaradorligini takomillashtirish, hamda yetkazish zanjiridagi sarf-xarajatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi. Buning uchun avvalo ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, muxandistexnik xodimlar malakasini oshirish, hamda tashkilotning boshqarish tizimiga ISO 9001 va IATF 16949 «Sifat menejmenti tizimi» xalqaro standartlari va isteʼmolchilar talablarini joriy etish hamda ular asosida tizimni sertifikatlashtirish lozim. Bu vazifalar mahsulotni halqaro bozorga olib chiqishda avtomobilsozlik sohasi kun tarkibidagi dolzarb masalalardan biridir. Barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi (yigʼuvchi) kompaniyalar butlovchi qismlar va xom-ashyo yetkazuvchi korxonalardan ISO 9001 va IATF 16949 “Sifat menejmenti tizimlari” (SMT) xalqaro standartlari talablariga muvofiq boʼlishni talab qilmoqda. Shuningdek «UzAutoMotors» АJ ham butlovchi qismlar yetkazuvchi korxonalaridan 2004 yildan ISO 9001:2008 Sifat menejmenti tizimlari talablariga va 2010 yildan esa ISO/TS 16949:2009 xalqaro standarti, shuningdek bosqichli QSB (1990 y.),QSB+ (2013 y.) va BIQS (2015 y.) isteʼmolchining maxsus talablariga muvofiq boʼlish talablarini qoʼygan.

2016 yilga kelib, Oʼzbekiston Respublikasidagi avtomobillarga butlovchi qismlar yetkazuvchi 100 dan ortiq korxonalar ISO 9001:2008 talablariga, 20 dan ortiq korxonalar esa ISO/TS 16949:2009 talablarini joriy etdilar va muvofiqlik sertifikatlarini oldilar.2016-2017 yillardan boshlab «UzAutoMotors» АJ (sobiq “GMUzbekistan” АJ) xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazuvchi korxonalarda ISO 9001:2015 va IATF 16949:2016 “Sifat menejmenti tizimlari” xalqaro standartlari hamda BIQS isteʼmolchining maxsus talablarini joriy etish va sertifikatlashtirishni talab qildi, bu orqali ushbu qoʼyilgan talablarga muvofiq boʼlish mahsulotga qoʼyilgan talablarni toʼldirib, avtomobilsozlik sanoatida butun eʼtiborni nuqsonni topishdan koʼra uning oldini olish va mahsulot yetkazish zanjiridagi xarajatlarni kamaytirishga olib keldi. Korxonalar kelajakda isteʼmolchi (avtomobil yigʼuvchi)lardan yangi va koʼproq buyurtmalarni olishni hohlasalar, yuqoridagi xalqaro standartlarni va hamda isteʼmolchini qoʼshimcha (maxsus) talablarini joriy etishi va sertifikatlashtirishlari lozim boʼladi.

Xalqaro standartlar va isteʼmolchilarni maxsus talablarini joriy etish va sertifikatlashtirish orqali nuqsonni oldini olish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nomuvofiqliklar va oqibatlarni tahlillash bilan ularni kamaytirish, jarayonlarni statistik boshqarish, oʼlchash tizimini tahlillash va ularni doimiy takomillashtirish asosida natijaviylikdan samaradorlikka erishish hamda mahsulot yetkazish zanjiridan ortiqcha xarajatlarni, isteʼmolchi tomonidan boʼladigan tekshiruvlarni kamaytirishiga erishiladi.

Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‘lishimiz mumkin:


  • loyihalash;

  • ishlab chiqarish;

  • ekspluatatsiya davri.

Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan.

Darslikda hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan

«EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ»,

«SPARK», «MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va hozirda Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, mexanizm va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan nosozliklar batafsil bayon etilgan.

Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə