Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati Reja: Kirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/9
tarix16.04.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#85531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
avto kurs

I Nazariy qism

1.1 Yengil va yuk avtomobillari haqida umumiy ma’lumot

Yengil avtomobillar haqida umumiy ma’lumot

Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi.

Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil- lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.

Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.

Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi

tashuvchi avtomobillari kiradi.

Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi.

Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.



Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.

Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi.

Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:




Dvigatel ishchi hajmi, litr

Litraji

1,2 litrgacha

Mikro litrajli

1,2 litrdan 1,8 litrgacha

Kichik litrajli

1,8 litrdan 3,5litrgacha

O‘rta litrajli

3,5 litrdan yuqori

Katta litrajli

MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning dvigatel hajmiga qarab sinflanishi quyidagicha:

Dvigatel ishchi hajmi, litr

Modellarining boshlanishi

1,2 litrgacha

11XX

1,2 litrdan 1,8 litrgacha

21XX

1,8 litrdan 3,5litrgacha

31XX

3,5 litrdan yuqori

41XX

Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir.

Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash.

U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:


Mexanizm–harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.

Uzel–mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi.Detal–mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.

Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:


1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə