Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati Reja: Kirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə5/9
tarix16.04.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#85531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
avto kurs

tok ishlab chiqaruvchi


  • tok iste’molchilari

    Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar.

    Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi.

    Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi:

    Sedan–uch hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon va yuk bo‘limi) bo‘lib, ikki, to‘rt yoki olti yon eshiklardan iborat bo‘ladi (5-rasm). Olti yon

    tomonida eshikka ega bo‘lgan, salonda haydovchi yo‘lovchilardan ajratilgan sedan – limuzin ham deb ataladi. Bu turdagi kuzovlar eng ko‘p tarqalgan. Masalan: NEXIA, LASETTI, YEPICA, VAZ-2170 kabi avtomobillar kuzovi.

    5-rasm. Sedan

    Universal–ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uchta yoki beshta eshiklardan iborat bo‘ladi, lekin yuk bo‘limining vertikal eshigi yo‘lovchi kirishiga mo‘ljallanmagan. Yuk tashish uchun orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (6-rasm). Sayohatga chiquvchilar va dam oluvchi uchun mo‘ljallangan kuzov turi. Masalan: TACUMA, VAZ- 2102, 2104 kabi avtomobillar kuzovi.

    6-rasm. Universal.

    Kupe–ikki eshikdan iborat bo‘lib, bir yoki ikki qatorli to‘liq hajmli yoki kalta qilib ishlangan (yosh bolalar uchun) o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan kuzov turi (7-rasm). Masalan: Audi TT.

    7-rasm. Kupe.



    Xetchbek–universial va sedanning gibridi. Ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uch yoki to‘rt eshikdan iborat bo‘lib, hozirgi zamonning eng mashhur kuzov turi hisoblanadi. Unversialga o‘xshab orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (8-rasm). Masalan: MATIZ, SPARK, VAZ-2108, 2109 kabi avtomobillar kuzovi.

    8-rasm. Xetchbek.



    Vagon-uni mini-ven ham deb atashadi. Uning dvigatel bo‘limi kuzovdan ozgina chiqib turadi yoki umuman chiqmaydigan dvigatel va yuk bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uch yoki besh eshikli kuzov (9-rasm). Mini-ven oilaviy avtomobil kuzovi. Hozirgi kunda bu turdagi kuzovli avtomobillardan yo‘lovchi va yuk tashishda keng foydalanilmoqda. Masalan: DAMAS, HUNDAI H-1, VAZ-2120 kabi avtomobillar kuzovi.

    9-rasm. Mini-ven.

    Kabriolet – tepa qismi yig‘iladigan, oynalari tushiriladigan usti ochiq avtomobil kuzovi (10-rasm). Eng chiroyli va ixcham avtomobil kuzovi hisoblanadi. Masalan: NEXIA Asakar kabi avtomobillar kuzovi.


    10-rasm. Kabriolet.

    Jip – mashhur avtomobillar turiga kirib, kuzovi tepaga cho‘zilgan xetchbek (11-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillarni xavfsizligi yuqori hisoblanib, o‘tag‘on avtomobillar hisoblanadi. Masalan: CAPTIVA, VAZ-2121 Niva kabi avtomobillar kuzovi.




    1. rasm. Jip.

    Pikap – yopiq kabinali (o‘rindiqlar bir yoki ikki qator joylashgan) va ochiq yuk platformasi ega bo‘lgan, bort orqaga ochiladigan kuzov (12- rasm). Masalan: DAMAS labo kabi avtomobillar kuzovi.

    12-rasm. Pikap.

    Limuzin – juda uzun o‘lchamga ega bo‘lagan sedan turiga kiradigan avtomobil kuzovi (13-rasm). Bu kuzov turidagi avtomobillardan to‘y va tantanalarda hamda yuqori darajadagi mehmonlarni olib yurish qulay.




    13-rasm. Limuzin.

    Umumiy ishlarga mo'ljallangan yuk avtomobillari taxtadan tayyorlangan bortli platforma ko'rinishdagi kuzovlarga egadir. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar kuzovi esa xar xil yuklami tashishga moslashtirilgan shaklda bo'ladi (o'zi ag'daradiganlar, furgonlar, sesternalar va boshqalar).

    Yuk avtomobilining bortli platfonnasi (131-chizma, a) metall va yog'och detallardan tashkil topgan. Platformaning asosi taxtadan tayyorlangan pol (5) bo'lib, bo’lama (2) va ko'ndalang (4) to'sinlarga tayanadi. Yonlardagi tashlama (6) va orqa (3) bortlar hamda qo'zg'almas holda oldingi bort (7) asosga mahkamlangan. Tashlama bortlar asos bilan oshiq-moshiqlar (10,11) vositasida biriktirilgan bo'lib, ko'tarilgan holatda, bort burchaklaridagi maxsus berkilgichlar yordamida ushlab turiladi. Bortli platforma avtomobil ramasiga uzangisimon tortqichlar (1 va 9) va bilan mahkamlanadi.

    Yuk avtomobilining kapoti konstruksiyadagi kabinalari (131-chizma, b) karkas (15), tom (13) hamda yuqorigi (12) ,orqa (14) va yon (16) panellardan iborat bo'lib, ular orasida eshik o'rinlari hosil qilingan. Shu o'rinlarga eshiklar oshiq-moshiqtar vositasida o’rnatiladi. Eshiklar yopilgan holatda, maxsus qulflar yordamida ushlab turiladi. Kabina eshiklari tushiriluvchi oynalarga, oyna ko'targichlarga va oynali darchalarga ega.

    131-chizma. Yuk avtomobilining kuzovi.

    Kabinaning old qismida oyna uchun o'rin bo'lib, unga ochilmaydigan, egilgan oyna o'rnatiladi. Kabina ichiga esa haydovchi o'rindig'i va boshqarish mexanizmlari joylashtiriladi.

    Haydovchi o'rindig'i ikki o'rinli yoki uch o'rinli bo'lib, haydovchi va passajirlar (yo'lovchilar) uchun umumiy yoki ajratilgan holda bo'lishi mumkin, Ajratilgan konstruksiyadagi o'rindiq balandligi va uzunligi, shuningdek, suyanchig’ining qiyaligi bo'yicha rostlanadigan qilib tayyorlanadi. Kapotsiz konstruksiyadagi kabinalarda, haydovchining orqa tomonida, kabinaga ko'ndalang joylashgan, bitta uxlab kelish joyi ko'zda tutilgan. Dvigatelga xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida bunday kabinalarga, kabinani oldingi tayanch sharnirlariga nisbatan ag'daruvchi qurilma o'rnatilgan bo'ladi. (MA3, KaMA3).




    Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə