Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati Reja: Kirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə6/9
tarix16.04.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#85531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
avto kurs

II Amaliy qism

2.1 Avtomobilga qo’yilgan xalqaro va UZDst talablari

Hozirgi kunda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazish global tizimida sifat va ishlab chiqarish samaradorligini takomillashtirish, hamda yetkazish zanjiridagi sarf-xarajatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi. Buning uchun avvalo ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, muxandistexnik xodimlar malakasini oshirish, hamda tashkilotning boshqarish tizimiga ISO 9001 va IATF 16949 «Sifat menejmenti tizimi» xalqaro standartlari va isteʼmolchilar talablarini joriy etish hamda ular asosida tizimni sertifikatlashtirish lozim.

Bu vazifalar mahsulotni halqaro bozorga olib chiqishda avtomobilsozlik sohasi kun tarkibidagi dolzarb masalalardan biridir.Barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi (yigʼuvchi) kompaniyalar butlovchi qismlar va xom-ashyo yetkazuvchi korxonalardan ISO 9001 va IATF 16949 “Sifat menejmenti tizimlari” (SMT) xalqaro standartlari talablariga muvofiq boʼlishni talab qilmoqda. Shuningdek «UzAutoMotors» АJ ham butlovchi qismlar yetkazuvchi korxonalaridan 2004 yildan ISO 9001:2008 Sifat menejmenti tizimlari talablariga va 2010 yildan esa ISO/TS 16949:2009 xalqaro standarti, shuningdek bosqichli QSB (1990 y.), QSB+ (2013 y.) va BIQS (2015 y.) isteʼmolchining maxsus talablariga

muvofiq boʼlish talablarini qoʼygan.

2016 yilga kelib, Oʼzbekiston Respublikasidagi avtomobillarga butlovchi qismlar yetkazuvchi 100 dan ortiq korxonalar ISO 9001:2008 talablariga, 20 dan ortiq korxonalar esa ISO/TS 16949:2009 talablarini joriy etdilar va muvofiqlik sertifikatlarini oldilar.2016-2017 yillardan boshlab «UzAutoMotors» АJ (sobiq “GMUzbekistan” АJ) xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazuvchi korxonalarda ISO9001:2015 va IATF 16949:2016 “Sifat menejmenti tizimlari” xalqaro standartlari hamda BIQS isteʼmolchining maxsus talablarini joriy etish va sertifikatlashtirishni talab qildi, bu orqali ushbu qoʼyilgan talablarga muvofiq boʼlish mahsulotga qoʼyilgan talablarni toʼldirib, avtomobilsozlik sanoatida butun eʼtiborni nuqsonni topishdan koʼra uning oldini olish va mahsulot yetkazish zanjiridagi xarajatlarni kamaytirishga olib keldi.

Korxonalar kelajakda isteʼmolchi (avtomobil yigʼuvchi)lardan yangi va koʼproq buyurtmalarni olishni hohlasalar, yuqoridagi xalqaro standartlarni va hamda isteʼmolchini qoʼshimcha (maxsus) talablarini joriy etishi va sertifikatlashtirishlari lozim boʼladi.Xalqaro standartlar va isteʼmolchilarni maxsus talablarini joriy etish va sertifikatlashtirish orqali nuqsonni oldini olish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nomuvofiqliklar va oqibatlarni tahlillash bilan ularni kamaytirish, jarayonlarni statistik boshqarish, oʼlchash tizimini tahlillash va ularni doimiy takomillashtirish asosida natijaviylikdan samaradorlikka erishish hamda mahsulot yetkazish zanjiridan ortiqcha xarajatlarni, isteʼmolchi tomonidan boʼladigan tekshiruvlarni kamaytirishiga erishiladi.

Аvtomobilsozlik xalqaro standartning yuzaga kelishi 1994 yilda uch kattalik (Big-3) «Ford, Kraysler va Jeneral Motors» kompaniyalari tomonidan “QS-9000 - Sifat tizimi talablari. Аvtomobil va unga material,qismlar yetkazuvchilarga talablar” Аmerika qoʼshma shtatlari Milliy standartining yaratilishi hamda oʼzining yetkazuvchi korxonalariga joriy etishi va sertifikatlashtirish talabini qoʼyish orqali boshlangan. 1999 yilda avtomobilsozlik sanoati uchun butlovchi qism va material

yetkazuvchi korxonalar uchun “ISO/TS 16949:1999 – Sifat Menejmenti Tizimlari” xalqaro standarti yaratiladi. ISO 9001 xalqaro standartining 2000 yil va 2008 yillarda yangilanganligi bois, ISO/TS 16949 xalqaro standartini ham takomillashtirish, joriy etish va sertifikatlashtirish talab etildi va bu 2009 yilda amalga oshirildi. 2016 yil oktyabrda Аvtobilsozlik sohasiga qoʼyilgan talablar “IATF 16949:2016 – Sifat Menejmenti Tizimlari. Аvtomobilsozlik sanoati va unga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun sifat menejment tizimi talablari” xalqaro avtomobilsozlik sifat menejmenti standarti IATF belgisi asosida takomillashtirildi. Ushbu IATF 16949:2016 standartining ISO/TS 16949:2009 standartidan farqi shundaki, unga alohida qaralmay, balki ISO 9001:2015 standartiga toʼldiruvchi va uni strukturasiga asoslaganligini koʼrishimiz mumkin.

Mazkur standartni IATF (International Automobile Task Force) –xalqaro avtomobilsozlik maqsadli guruh va Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari (JAMA-Japan Automobile Manufacturers Association) assotsiatsiyasi hamkorligida IATF 176 “Sifat menejmenti va sifatni taʼminlash” xalqaro standartlashtirish tashkiloti texnik qoʼmitasining qoʼllab – quvvatlashiga muvofiq ishlab chiqilgan va davriy ravishda qayta koʼrib chiqilib takomillashtirilmoqda. 2016 yilda ISO/TS 16949:2009 standarti ISO 9001:2015 standartiga muvofiqlashtirish maqsadida yuqoridagi tashkilotlar tomonidan qayta koʼrib chiqilib, IATF 16949:2016 xalqaro beligisi bilan ishlab chiqildi. 2018 yil sentyabrdan boshlab ushbu oxirgi nashr IATF

16949:2016 xalqaro standart asosida avtomobilsozlik korxona va tashkilotlari sifat menejment tizimlari sertifikatlashtirish talab etila boshlandi.

IATF 16949:2016 xalqaro standarti talablarining oʼziga xos jihatlarini qoʼyidagi bandlari misollarida koʼrsatish mumkin:

4.4.1.1 Mahsulot va jarayonlarni muvofiqligi. Tashkilot barcha mahsulot va jarayonlarni, shuningdek butlovchi qism va jarayonlarni, autsoringga berilganlarni ichiga olgan holda barcha qabul qilingan isteʼmolchi, qonun va meʼyoriy talablarga muvofiqligini taʼminlashi lozim.

4.4.1.2 Mahsulot xavfsizligi Tashkilot mahsulot menejmenti va ishlab chiqarish jarayonlari mahsulot xavfsizligiga qoʼyilgan talablarni aniqlashida hujjatlashtirilgan

jarayoni boʼlishi lozim.

5.1.1.1 Jamoaviy javobgarlik. Tashkilot jamoaviy (korporativ) javobgarlikni aniqlashi va uni siyosatini joriy etishi lozim, xususan taʼmagirlikka (poraxoʼrlikka) qarshi xodimlar ahloq qoidalari va etikasini shakllantirish siyosati va choralarini ichiga olgan holda (korruptsiya «poraxoʼrlik» dalillar boʼyicha bildirilishi) amalga oshirish.

5.1.1.2 Yuqori rahbariyat mahsulot va jarayonlarni baholash va ularni natijaviyligi va samaradorligini aniqlash uchun tahlil oʼtkazishi lozim.

5.1.1.3 Jarayonlar egalari. Yuqori rahbariyat jarayonlar egalarini aniqlashi lozim, qaysiki tashkilot jarayonlarini boshqarishga va chiqish muvofiqligiga javob

beradigan. Jarayon egalari oʼz vazifalarini tushinishi va uni bajarish uchun

malakali boʼlishi (ISO 9001, 7.2 bandiga qarang) lozim.

5.3.2 Mahsulot va tuzatuvchi choralar talablariga nisbatan javobgarlik va huquqlar.

Mahsulot talablarga muvofiqligiga javobgar xodimga, sifat bilan aloqador muammoni toʼgʼrilash maqsadi bilan ishlab chiqarish va yuklashni toʼhtatishi uchun huquqlar berish.

6.1.2.1 Xavflarni tahlillash. Аvvalgi mahsulot xulosalari boʼyicha toʼplangan tajribalar, jarayonlar auditi, mahsulotni ekspluatatsiyasidagi taʼmirlash va qaytarishlar, eʼtiroz,nuqson mahsulot va qayta ishlov choralarni asosida xavf (risk)larni tahlillash.

6.1.2.2 Oldini olish choralari Oldini olish chorasi yuzaga kelishi mumkin muammo ahamiyatiga (tub sababini bartaraf etishga) muvofiq boʼlishi lozim.

6.1.2.3 Tasodifiy holatlarga chora koʼrish rejasi Mahsulotni uzluksiz yetkazish uchun quyidagi har bir tasodifiy holatlarga chora koʼrish rejasini aniqlash: asosiy texnologik jihozlarni buzilib qolishi (8.5.6.1.1 bandiga ham qarang), tashqi xizmat va jarayonlar holati, takrorlanuvchi tabbiy ofat, yongʼin, kommunal xizmatlardagi

uzilishlar, ishchi kuchini yetishmasligi yoki infrastrukturadagi buzilishlar.

7.1.3.1 Tashkilotni ishlab chiqarish binolari va jihozlarni rejalashtirish.Tejamkor ishlab chiqarish printsiplarni qoʼllash asosida koʼp jamoaviy(funktsional) yondashuvga amal qilish, ishlab chiqarish binolari vajihozlarni rejalashtirish, xavflar kamaytirish va belgilash.

7.1.4.1 Jarayonlar vazifasini bajarishi uchun muhit.Ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot talablaridan kelib chiqib binoinshootlari tozaligini taʼminlash.7.1.5.1.1 Oʼlchash tizimini tahlillash. Boshqarish (S/R) rejasida aniqlangan, variatsiyalarni tahlillash uchun har bir qatnashayotgan nazorat, oʼlchov va sinov vositalariga statistikizlanishlar oʼtkazish.

Foydalaniladigan metodlar va qabul qilish mezonlar «Oʼlchash tizimini tahlillash» boʼyicha maʼlumot qoʼllanmasiga muvofiq boʼlishi, boshqa oʼxshash

metodlar va qabul qilish mezonlardan foydalanish mumkin. (agarda ularga isteʼmolchi tomonidan maʼqullanganlik olingan boʼlsa) Mahsulot yoki jarayonlarni kritik yoki maxsus tavsiflari uchun MSA tahlili oʼtkazilishi lozim.
7.1.5.2.1 Kalibrovka/tekshirish(verifikatsiya) boʼyicha yozuvlar. Barcha oʼlchash va sinash vositalarini kalibrovka/tekshirish (verifikatsiya) faoliyati boʼyicha yozuvlarni olib borish, ularni ichki, qonun va isteʼmolchi oʼrnatgan talablarga muvofiq boʼlishi taʼminlash lozim.

7.2.1 Layoqatlilik (kompetentnost). Mahsulot va jarayonlar muvofiqligiga taʼsir etuvchi faoliyatni bajaruvchi barcha xodimlarni xabardorlik va layoqatlilikka erishishni hisobga olgan holda oʼqitish ehtiyojini aniqlash, isteʼmolchi talabini

qanoatlantirishga asosiy eʼtiborni qaratgan holda, zarur layoqatga ega boʼlish taʼminlash.

7.2.2 Layoqatlilik – ish joyida oʼqitish. Mahsulot sifatiga taʼsir etuvchi har qanday yangilik yoki ishdagi oʼzgarishlar boʼyicha, ish joyida xodimlarni oʼqitishini taʼminlash, bunga shartnoma yoki agentlik xizmati boʼyicha ishlovchi xodimlar ham kiradi. Ish joyida oʼqitish uchun zarur boʼlgan ehtiyoj darajasi, xodim malakasi va

vazifani murakkab darajasi, qaysiki uni kunlik oʼz ishni bajarish doirasiga muvofiq boʼlishi, isteʼmolchi talablariga nomuvofiqlik qandayoqibatlarga olib kelishidan xabardor boʼlishi lozim.

7.3.2 Xodimlarni ragʼbatlantirish va huquqlar berish. Sifat boʼyicha qoʼyilgan maqsadlarga erishish, innovatsiyaga olib keluvchi doimiy takomillashtirish va muhit yaratishda xodimlarni ragʼbatlantirish.

7.5.3.2.2 Texnik tavsiflar (spetsifikatsiya). Isteʼmolchining barcha texnik standart / tavsiflarni tahlillash oʼzgarishlar boʼyicha maʼqullanganlik oligan vaqtdan boshlab 10 ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim.

8.1.3 Sir saqlash (konfidentsialьnostь) Tashkilot, isteʼmolchi buyurtma mahsuloti va uni loyihasini ishlab chiqishda, mahsulotga muvofiq maʼlumotlarni sir saqlanishini taʼminlashi lozim.

8.2.2.1 Mahsulot va xizmat koʼrsatishga nisbatan, talablarni aniqlash.Mazkur talab oʼz ichiga tashkilot mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini qanday tahlili natijalarga oʼrnatilgan, qayta ishlov berish talablari,ekologiyaga taʼsir va tavsiflar, barcha davlat, ekologiya qonunlari va xavfsizlik meʼyorlari, materiallarni olish, saqlash, ishlatish, qayta ishlash va bartaraf etishlarni olishi lozim.

8.3.2.1 Loyihalash va ishlanmalarni rejalashtirish.Loyihalash va ishlanmalarni rejalashtirishda barcha manfaatdor tomonlar va yetkazish zanjirida qoʼyilgan talablar taʼminlash:

-loyihalashlar menejmenti (masalan, APQP –mahsulot sifatini

samarali rejalashtirish yoki VDA-RGA);

-mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirish faoliyati

boʼyicha (masalan, DFM –ishlab chiqarish talablarini hisobga olish bilan

loyihalash va DFA -yigʼish talablarini hisobga olish bilan loyihalash), m:

mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini maʼqullagan loyihalaridan

foydalanishni hisobga olish;

-mahsulotni loyihalashda xavflar tahlilini oʼtkazish va qayta koʼrib

chiqish (masalan, FMEA), yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavflar kamaytish

boʼyicha faoliyatni ichiga olgan holda;

-ishlab chiqarish jarayonida xavflar tahlilini oʼtkazish va qayta koʼrib

chiqish (masalan, FMEA, jarayonlar oqimi, boshqarish rejasi va ishchi

yoʼriqnomalarda);

Yuqoridagilarni koʼp vazifali (funktsional) yondashuv oʼz ichiga

loyihalash, ishlab chiqarish, muxandislik, sifat, xarid qilish, texnik xizmat

koʼrsatish, yetkazuvchi mutaxassislar ishtiroki va boshqa jihat (aspekt)larni

olangan holda taʼminlash.

8.3.5.1 Loyihalash va ishlanmalardan chiqish natijalari. Mahsulotni loyihalash kirish natijalariga nisbati boʼyicha verifikatsiyalash va validitsiyalash muvofiqligi uchun mahsulot loyihalash chiqish natijalari xususiyatini koʼrib chiqish lozim. Mahsulotni loyihalash chiqish natijalari, agar qabul qilinsa, quyidagilarni ichiga olishi lozim:

a) loyihalash xavflari tahlili (masalan, FMEA);

v) ishonchililik izlanishlari natijalari;

s) mahsulotlarni maxsus tavsiflari;

d) mahsulotlarni loyihalashdagi xatolardan himoyalanish natijalari,

qaysiki “Olti Sigma” (DFSS) metodi boʼyicha loyihalash, ishlab chiqarishga

qoʼyilgan talablarni hisobga olish bilan loyihalash, (DFMEA)ni yigʼish va

«Xatolar daraxti» (FTA) bilan tahlillash;

e) mahsulotni aniqlash, 3D-modeli, texnik natijalar toʼplami, mahsulot

ishlab chiqarish boʼyicha maʼlumotlar, geometrik tavsiflar vazifasi va

joizlik (GD&T) larni oʼz ichiga olgan holda;

f) ikki oʼlchamlik chizma, mahsulot ishlab chiqarish boʼyicha maʼlumotlar,

geometrik tavsiflar va joizlik (GD&T);

g) mahsulotni loyihalash natijalari tahlili;

h) diagnostik servis boʼyicha qoʼllanma, taʼmirlash va taʼmirlashga

yaroqlilik boʼyicha yoʼriqnomalar;

i) ehtiyot qismlarga talablar;

j) yuklash uchun yorliq (markirovka) va qadoqlashga talablar.

Izoh: Loyihalashda oraliq chiqish natijalari barcha texnik muammolarni va xizmat koʼrsatish jarayonidagi bartaraf etishlarni oʼz ichiga olishi lozim.

8.4.1.2 Yetkazuvchilarni tanlash jarayoni. Yetkazuvchilarni tanlash jarayoni oʼz ichiga quyidagilarni olishi:

a) xavflarni baholash, tashkilot oʼzini isteʼmolchisiga toʼxtovsiz va

muvofiq mahsulot yetkazish uchun tanlangan yetkazuvchilarini yaratish;

v)etkazish va sifat koʼrsatkichlarga muvofiqlik;

s) yetkazuvchi sifat menejmenti tizimini baholash;

d) qarorlar qabul qilishda koʼp vazifali (funktsional) yondashuv

ye) dasturiy taʼminot uchun imkoniyatlarni baholash, agarda qabul

qilingan boʼlsa;

Yetkazuvchilarni tanlash boshqa quyidagi mezonlari oʼz ichiga oladi:

-avtomobilsozlik biznesidagi hajmi (toʼla va umumiy biznesdagi ulushi % da);

-moliyaviy barqarorligi;

-xarid mahsulotlarini murakkabligi, material yoki xizmatlar;

-zarur texnologiya (jarayon yoki mahsulotga nisbatan);

-mavjud resurslarni aynanligi (masalan, xodim, infrastruktura);

-loyihalashtirish va ishlanmalar imkoniyati (loyihalash menejmentini ichiga olgan holda);

-ishlab chiqarish samaradorligi;

-oʼzgarishlar menejmenti jarayoni;

-biznes toʼxtovsizligini rejalashtirish (masalan, tabiiy ofatga

tayyorgarlik, faqulota holatlarda choralar rejasi);

-logistika jarayoni;

-isteʼmolchilarga xizmat koʼrsatish.

8.4.2.2 Qonun va meʼyoriy talablar. Аgarda talab etilgan boʼlsa, isteʼmolchi tomonning davlati, joʼnatuvchi davlat, oluvchi tomonning davlati oʼrnatgan hamda xarid qilinadigan mahsulotlar, jarayon va xizmatlarga muvofiq koʼllaniladigan qonun va meʼyoriy talablarni taʼminlash lozim.

8.4.2.3 Yetkazuvchilar tomonidan sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish. Аvtomobil mahsuloti va xizmatlari yetkazuvchilaridan ISO 9001 standarti boʼyicha sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirishni talab etish shartlari:

a) ikkinchi tomon auditi asosida ISO 9001 standartiga muvofiqlik;

v) uchinchi tomon auditi asosida ISO 9001 standarti boʼyicha

sertifikatlashtirish;

s) boshqa yetkazuvchilarga oʼrnatilgan, sifat menejmenti tizimiga

qoʼyilgan talablarga muvofiq ISO 9001 standarti boʼyicha

sertifikatlashtirish, ikkinchi tomon auditi ishtirokda;

d) IATF 16949 standartiga muvofiq ISO 9001 standarti boʼyicha

sertifikatlashtirish ikkinchi tomon auditi ishtirokida;

ye) IATF 16949 standarti boʼyicha uchinchi tomon ishtirokida sertifikatlashtirish (sertifikatlash tashkiloti IATF tomonidan tan olingan boʼlishi

lozim).

8.5.1.3 Ishchi tomonidan sozlashlarni verifikatsiyalash. -ishchi sozlashlarni verifikatsiyalash, ishni dastlabki boshlash, material yoki smena topshiriqlari almashtirilsh, qaysiki yangi sozlashlar talab etilganda;

-xodimlar uchun hujjatlashtirilgan maʼlumotlarni saqlash, ishchi sozlashlarni bajaruvchiga;

-statistik verifikatsiyalash metodlaridan foydalanish, agarda qabul qilinsa;

-birinchi/oxirgi detallarni validatsiya(tekshirish)dan oʼtkazish, agarda qabul qilinsa, solishtirish uchun dastlabki va oxirgi chiqarilgan mahsulotni saqlash, qaerda mumkin boʼlsa,oxirgi chiqarilgan mahsulotni keyingi partiyaga solishtirish uchun saqlash;

-mahsulotni maʼqullanganligi, jarayon sozlash validatsiyasidan keying va birinchi/oxirgi detallar boʼyicha yozuvlarni saqlash.

8.5.1.5 Ishlab chiqarishga umumiy texnik xizmat koʼrsatish. Umumiy texnik xizmat koʼrsatish maqsadlari:

-OEE (Overall Equipment Effectiveness) texnologik vositalarni umumiy samaradorligi;

-MTBF (Mean Time Between Failure) oʼrtacha toʼxtovsiz ishlash vaqti,

-MTTR (Mean Time To Repair) taʼmirlashgacha oʼrtacha ishlash vaqti

koʼrsatkichlarni monitoringni olib borish.

8.5.2.1 Belgilash va kuzatuvchanlik. Аvtomobilsozlikda maqsulotni boshlanishidan va oxirigi nuqtasigacha belgilanishni saqlash, isteʼmolchi yoki ekspluatatsiyadan olinadigan sifat va xavfsizlik nomuvofiqliklaridan xabardor boʼlish:

-nomuvofiq va/yoki shubhalanayotgan mahsulotni belgilash va ajratish;

-bartaraf qilishga qoʼyilgan meʼyoriy yoki isteʼmolchi talablarini

taʼminlash;

-bartaraf etish hujjatlashtirilgan maʼlumotlar (elektron, qogʼoz,

arxivda)ni saqlash;

-maxsus mahsulotlar seriya partiyasini belgilashni taʼminlash;

-tashqi xavfsizlik/meʼyoriy tavsifi bilan taqdim etilayotgan

mahsulotlarga nisbatan belgilash va kuzatuvchanlik talablarini qoʼllashni

taʼminlash.

8.5.4.1 Caqlash.Zahiralar optimal aylanish muddati va omborda rotatsiyani taʼminlash uchun zahiralar menejmenti masalan, “birinchini ol – birinchini ber” (FIFO),tizimidan foydalanish.

8.5.6.1.1 Jarayonlarni boshqarish vositalarini vaqtinchalik oʼzgartirish. Jarayonlarni bajarishda muqobil (Bypass Management-aylanib oʼtishni boshqarish) metodlardan foydalanilganida maʼqullanganlik olish, ishchi yoʼriqnomalar boʼlishi, darajali audit jarayoni yoki har kunlik rahbariyat yigʼilishida kuzatuvchanlikni taʼminlash.

8.7.1.3 Shubhali (gumon) mahsulotlarni boshqarish. Shubhali (gumon) mahsulotni nomuvofiq mahsulot darajasidan qarashi yoki belgilanmagan mahsulotni boshqarish, darajalash, va ajratish (izolyatsiyalash) shuningdek barcha muvofiq xodimlarni oʼqitishni taʼminlash.

8.7.1.4 Taʼmirlangan mahsulotni boshqarish. Mahsulotni taʼmirlash boʼyicha qarori chiqarishdan avval taʼmirlash jarayonida xavflarni baholash (FMEA, maqullanganlik olish, muvofiq xodimlar taʼmirlash yoki qayta yigʼish boʼyicha yoʼriqnomalardan foydalashi,qayta nazorat va kuzatuvchanlikka quyilgan talablarni ichiga olgan holda,taʼmirlash belgilanishi va ikki martadan ortiq boʼlsaligi lozim. Yoʼq qilingan (utilizatsiya) mahsulotlar boʼyicha maʼlumotlarda, ularni soni, yoʼq

qilish joyi, sanasi va qoʼllanilgan kuzatuvchanlik saqlashini taʼminlash lozim.

9.1.1.1 Ishlab chiqarish jarayonlarini monitoringi va oʼlchashlar. Barcha yangi loyihalar (yigʼish va ishlab chiqarish jarayonlari oqimini ichiga olgan holda) imkoniyatini verifikatsiyalash va qoʼshimcha chiqish natijalarini boshqarish maqsadida chiqish natijalarini (maxsus tavsiflar,Spk, Rpk va boshqalarni) oʼrganish lozim.

9.1.2.1 Isteʼmolchining qanoatlanganligi. Buyutrmachini mahsulot tavsifi, jarayon va boshqa talablarni taʼminlash uchun isteʼmolchini qanoatlantirishda tashkilot ichki va tashqi xaqqoniy isbotlarga asoslangan qoʼrsatichlarini doimiy ravishda nazoratini olib borishi:

a) mahsulotni sifatli yetkazish;

b) buyurtmachini toʼhtatish;

s) qaytarish bayonnomalari, takroriy va kafolat davridagi (agar qabul

qilingan boʼlsa);

d) yetkazish grafigini bajarilish (qoʼshimcha xarajatlarni hisobga olgan

holda);


e) buyurtmachini sifat va yetkazish boʼyicha muammolardan xabardor qilish

(darajasini inobatga olgan holda).

9.1.3.1 Ustunlikni aniqlash. Isteʼmolchini qanoatlantirishni oshirish boʼyicha choralarni ustunligini aniqlash uchun sifat darajasi oʼsishi tendentsiyasi va ishchi

koʼrsatkichlarni maqsadga erishish va yordamchi choralar ishlab chiqish bilan solishtirish lozim.

9.2.2.2 Sifat menjmenti tizimi auditi. Barcha sifat menejmenti tizimi jarayonlarini, jarayonli yondashuvni qoʼllagan holda, mazkur standart talablariga muvofiqligini tekshirish uchun uch kalendar yil davrida, har yillik dastur asosida audit oʼtkazish, bunday auditlarni oʼtkazishda isteʼmolchining sifat menejmenti tizimga qoʼygan

maxsus talablari va uni natijaviy joriy etilganligini tanlov asosida tekshirish lozim.

9.2.2.3 Ishlab chiqarish jarayonlari auditi.Аlohida audit rejasi asosida har bir smenalarda tanlovga yondashuv bilan audit oʼtkazish. audit jarayoni xavflarni tahlillash (masalan, PFMEA) natija-viyligi, boshqarish rejasi va muvofiq hujjatlarini oʼz ichiga olishi lozim.

9.2.2.4 Mahsulot auditi.Isteʼmolchi oʼrnatgan talablar, ishlab chiqarish bosqichlari va yetkazish,qaysiki oʼtnatilgan talablarga muvofiqlikni verifikatsiyalashda, zarur

yondashuvdan foydalanish bilan mahsulot auditini oʼtkazish, agarda bu isteʼmolchi tomonidan aniqlanmagan boʼlsa, foydalanish mumkin boʼlgan yondashuvni aniqlash.

9.3.2.1 Yuqori rahbariyat tomonidan tahlillash uchun kirish natijalar. Yuqori rahbariyat tomonidan tahlillash uchun kirish natijalari oʼz ichiga olishi lozim:

a) yomon sifatga ketgan harajatlar (ichki va tashqi nomuvofiqliklarga);

v) jarayon natijaviyligini oʼlchash;

s) jarayon samaradorligini oʼlchash;

d) mahsulotlar muvofiqligi;

e) yangi mahsulot yoki ishlab chiqarish joyi uchun mavjud ish jarayonlari

oʼzgarishlariga nisbatan ishlab chiqarish imkoniyati baholash (7.1.3.1 bandga

qarang);

f) isteʼmolchilar qanoatlanganligi (9.1.2 bandga qarang);

g) texnik xizmat koʼrsatish doirasi maqsadlari boʼyicha koʼrsatkichlar

tahlili;


h) kafolat xizmati boʼyicha koʼrsatkichlar (agarda qabul qilingan boʼlsa);

i) isteʼmolchini baholash tahlili (agarda qabul qilingan boʼlsa);

j) ekspluatatsiya davrida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan buzilishlarni

belgilash, tahlillash yordamida aniqlangan (masalan, FMEA);

k) ekspluatatsiya davridagi buzilishlar va ularn xavfsizlik va

atrofmuhitga taʼsiri.

10.2.5 Kafolat menejmenti tizimi.Аgar tashkilot oʼz mahsuloti kafolatini taʼminlashi zarur boʼlsa,kafolat menejmenti tizimi jarayoni joriy etishi, kafolatni tahlillash jarayoniga NTF (muammo aniqlanmadi) metodini kiritishi lozim.

10.2.6 Isteʼmolchi eʼtirozlari va ekspluatatsiyadagi buzilishlar tahlili.Isteʼmolchidan olingan eʼtiroz va ekspluatatsiyadagi buzilishlarni, shuningdek barcha qaytarilgan mahsulotlar boʼyicha muammolar qayta chiqmasligi uchun, qabul qilingan bartaraf etish va tuzatuvchi choralarni tahlil etish. Tahlillashni isteʼmolchi talab etsa, u oʼz ichiga mahsulot sifatini taʼminlash dasturi bilan isteʼmolchi mahsuloti tayyor tizimini mujassamlagan oʼzaro bogʼliqligini olishi, shuningdek isteʼmolchining sinov/tahlilli natijalari eʼlon etishi va tashkilot doirasida yetkazilishi lozim.

10.3.1 Doimiy takomillashtirish.Doimiy takomillashtirish jarayonni hujjatlashtirilgan boʼlish lozim:

a) qoʼllanilgan metodlar belgilangan, maqsad, oʼlchash, natijaviylik va

hujjatlashtirilgan maʼlumotlar;

v) ishlab chiqarish jarayonlari boʼyicha choralar rejasi jarayon

oʼzgaruvchanligi va chiqindilar hosil boʼlishini kamaytirishga qaratilgan

boʼlishi;

s) xavflar tahlili (masalan, FMEA).

IATF 16949:2016 xalqaro standarti qanday ustunlik beradi?

Аvtomobilni sifati, foydalanishdagi xavfsizligi va ekologik jihati,yetkazish zanjiridagi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar ahamiyati darajasiga bogʼliq. Chunki oxirgi tayyor avtomobil narhini 30-70% qiymatini yetkazuvchilarni mahsuloti tashkil etadi.Аvtomobilsozlik sanoatida, yaʼni mahsulot yetkazish zanjirida sifat menejmenti tizimi standartini joriy etish va sertifikatlashtirish quyidagi ustunlikni beradi:

-tashkilot ichida bilish osonlashadi;

-xodimlar manfaatdorligi oshadi;

-sifat xarajatlari kamayadi;

-rakobatbardoshlik ortadi;

-isteʼmolchi qanoatlanishi va ishonchi ortadi;

-daromad ortadi;

-tashkilot sifat menejmenti tizimini xalkaro standartga xakikatdan

xam muvofikligini tasdiklaydi;

-oldini oluvchi choralarni qoʼllash bilan yuzaga kelishi mumkin boʼlgan

nuqson va oʼzgartirishlar kamayadi;

-doimiy takomillashtirish asosida samaradorlikka erishish va mahsulot

yetkazish zanjiridan ortiqcha harajatlarni kamayatiradi;

-ikkinchi tomon tekshiruvlari kamayadi

Nima uchun tashkilotlar ushbu tizimlarini joriy etishi lozim?

Аvtomobilsozlik sohasi talablari quyidagilarni oʼz ichiga olgan:





Mazkur qoʼllanmalardan foydalanish



Аvtomobilsozlik sifat menejmenti tizimini joriy etish



5-rasm Аvtomobilsozlik sifat menejmenti tizimini joriy etish bosqichlari





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə