Mavzu : Avtomobilsozlikda nuqsonlarni oldini olish usullarni mahsulot ishlab chiqarishdagi ahamiyati Reja: Kirish


Avtomobil kuzoviga quyilgan talablar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə7/9
tarix16.04.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#85531
1   2   3   4   5   6   7   8   9
avto kurs

2.1 Avtomobil kuzoviga quyilgan talablar

Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak. Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat, mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak.Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.

Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab turishi uchun xizmat qiladi.

Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun (yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk uchun va maxsus turlari bo‘ladi.Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kuzovlar umumiy vazifani bajaruvchi (yengil avtomobil va avtobuslar kuzoviga) hamda maxsuslariga (laboratoriya, ta’mirlashga mo‘ljallangan, yong‘indan xavfli) bo‘linadi.



7

6-rasm. Yuklamani to‘la qabul qiluvchi yengil avtomobil kuzovi.



  1. oldingi bamper; 2-dvigatel kapoti; 3-haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari; 4-yuk xonasining qopqog‘i; 5-eshiklar; 6-qanotlar; 7-ketingi bamper.

Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil avtomobil kuzovlari).

Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la qabul qiluvchi va yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi.

Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi, oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar, orqa qanot bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi, payvand qilib biriktirilgan.

Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshik- lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan. Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan. Old va orqa oynalar uch qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz hisoblanadi.

Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega. Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega.

Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari yetakchi va klassik komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lov- chilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida ichidan qulf o‘rnatilgan.

7-rasm. NEXIA avtomobilini buyash.

Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul kiluvchi, ikki katta bo‘laqsan iborat, beshta eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab yasalib payvanddab yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama lonjeronli va ko‘ndalang joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, unga dvigatel va transmissiya agregatlari mahkamlanadi.

Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul qiluvchi turiga mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig‘ilgan. Oldi qismida ikkitadan lonjeron va to‘sindan iborat qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari biriktirilgan.

Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni payvandlab yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan. Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib, kuzov yo‘lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Kuzovni zavod tomonidan buyosh usuli 7-rasmda ko‘rsatilgan.

Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvantlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi.

Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvantlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvantlash turidan foydalaniladi. Payvantlash qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda bajariladi.

Kuzov detallarining uzoq muddat ishlashi ikki omilga bog‘liq bo‘lib, ular avtomobillarning yurgan yo‘li va ishlash muddati hisoblanadi.

Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallarini ikki guruhga ajratamiz:



    • oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari;

    • oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari.

Yuqoridagi guruhlarning bir-biridan farqli xizmat qilish muddati 3 yil yoki ellik ming kilometrni tashkil qiladi.

Birinchi guruhga kiruvchi kuzov detallari yaroqsiz holga kelishi, kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo baquvvatligini susaytirmaydi.

Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi avtomobilning baquvvatligini susaytiradi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə