Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja


qadimgi  Misr va Bobil



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-мавзу маъруза материали

qadimgi 

Misr va Bobil

 hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, 

kosmologiya,  matematika,  mifologiyaga  oid  qarashlar  birmuncha  rivoj  topgan.  Tabiiy-ilmiy, 

diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi 

tasavvurlarning  astronomiya, kosmologiya,  riyoziyot  fanlari  rivoji bilan bog‘liq  ekanini, ikkinchi 

yo‘nalish  esa,  bu  tasavvurlarning  mifologiya  bilan  bog‘liqbo‘lganini  ko‘rsatadi.  Birinchi  holda, 

asosan,  tabiiy  bilimlarga  tayanilgan,  kundalik  hayotda  duch  kelinadigan  voqea-hodisalar  aniq 

dalillar asosida tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu — o‘sha davr 

uchun tabiiy hol edi, ya’ni u — davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining 

oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda 

bo‘lsa-da,  aksariyat  hodisalarning  falsafiy  asosda  izox,lanishiga  sabab  bo‘lgan.  Ikkinchi  holatda 

esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo‘lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi 

voqea-hodiwww.ziyouz.com kutubxonasi salarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan 

birga,  odamning  mavjudlik  xossalarini  va  olam  qonuniyatlarini  ilmiy  tushunish  ko‘nikmasi  hali 

shakllanib  ulgurmagan  o‘sha  qadim  zamonlarda,  afsona  hamda  rivoyatlarga  asoslanib  fikr 

yuritmaslikning  imkoni  ham  yo‘q  edi.  Bu  —  o‘sha  davrlardan  qolgan  yozma  manbalarda, 

xususan,  “Xo‘jayinning  o‘z  quli  bilan  hayotining  mazmuni  haqida  suhbati”,  “Arfist  qo‘shig‘i”  , 

“O‘z  hayotidan  hafsalasi  pir  bo‘lgan  kishining  o‘z  joni  bilan  suhbati”  kabi  bitiklarda  yaqqol 

namoyon bo‘lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o‘sha davrdagi odamlarga xos tuyg‘ular 

bayon  qilingan.  \/  Qadimgi  Misr  va  Bobilda  shakllangan  falsafaning  eng  asosiy  xususiyati 

shundan  iborat  ediki,  ularda,  bir  tomondan,  xudolarga  ishonch,  ilohiy  kuchlarning  tabiat  va 

jamiyatga  ko‘rsatadigan  ta’sirini  mutlaqlashtirish  xususiyati  ustuvor  bo‘lgan  bo‘lsa,  ikkinchi 

tomondan,  afsona  va  rivoyatlar  tarzida  bo‘lsa-da,  dunyoviy  bilimlar,  ilmiy  qarashlar  ham  asta-

sekin 


shakllana 

boshlagan)Umuman, 

bunday 

xususiyatni, 

qadim 

zamondagi 



barcha 

sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə