Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Qadimgi  Hindiston

  ham  insoniyat  madanidindistoi  yatining  beshiklaridan  biridiruUnga 

xos  falsafasi  dastlabki  ta’limotlar  yozma  manba  —  “Veda’’larda  o‘z  aksini  topgan.  “Veda”lar 

eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas 

ilm va bashorat kitobidir. Hindular  “Veda:’ni oliy  tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb 

biladi. “Veda”da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid 

fikrlari aks etgan. “ Veda”lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — 

“Rigveda”,  “Samaveda”,  “Yajurveda”,  “Adxarvaveda”dir.  ^H  ind  falsafasi  asoslari 

“Upanishadalar” nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. “Upanishadalar” 

sirli bilim degan ma’noni anglatib, “ Veda”larning falsafiy qismini tashkil etadi. “Upanishadalar” 

yaxlit  kitob  yoki  falsafiy  risola  bo‘lmay,  balki  turli  vaqtda  turli  mavzuda  ijod  etgan  noma’lum 

mualliflarning  matnlaridan  iboratdir.  Ularning  mazmuni  va  uslubi  har  xil  va  turlicha  falsafiy 

qarashlar mahsulidir. “Upanishadalar”dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borlik, 

uning  hayotdagi  o‘rni  va  vazifasi,  tashqi  olam  va  inson  tabiati,  uning  hayoti  va  ruhiyatining 

mohiyati,  bilish  imkoniyatining  chegaralari,  axloq  me’yorlari  haqidadi£?Falsafiy  muammolar 



 

asosan  diniy-mifologik  nuqtai  nazardan  bayon  etilgan.  Qadimgi  hind  falsafiy  maktablari  ikki 



guruhga  bo‘linadi.  Hindistonlik  faylasuflar  bu  guruhlarni  astika  va  nastika  deb  ataydi.  Vedanta, 

sankxya,  yoga,  vaysheshika,  n’yaya  va  mimansa  —  astika  guruhiga  kiruvchi  falsafiy  maktablar. 

Ushbu  maktablarning  tarafdorlari  “  Veda”ning  muqaddasligini  tan  olib,  birdan-bir  haqiqat 

undagina  ifodalangan,  deyishadi.  Chorvaka-lokayata,  buddizm  va  jaynizm  —  nastika  guruhiga 

kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “ Veda”ning 

muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” haqiqiy 

bilim  bermaydi,  deb  ta’kidlashadi.  Buddizm  va  Jaynizm  diniyfalsafiy  maktablar  bo‘lishiga 

qaramay,  ular  ham  “Veda’!ning  muqaddasligini  tan  olmagan.  Sankxya  qadimgi  Hindistondagi 

dualistik  falsafiy  maktab  bo‘lib,  olam  asosida  moddiy  unsur  (prakriti)  modda  va  ruh  (purusha) 

yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng 

mikdorda  (proporsiyada)  birikishidan  yuzaga  keladi,  olam  sababiyat  www.ziyouz.com 

kutubxonasi orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular kuyidagilardir: moddiy 

sabab,  yaratuvchi  sabab,  aloqador  bulmagan  sabab.  Bu  falsafiy  maktab  haqida  buyuk 

bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida atroflicha fikr yuritgan. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə