Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Qadimgi  Xitoyda

  fan  va  madaniyat  o‘ziga  i  xos  shaklda  rivojlangan.Eramizdan  avvalgi 

ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. 

Eramizdan avvalgi XII aerda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo‘liga o‘tgan. Bu 

hokimiyat  eramizdan  avvalgi  III  aergacha  davom  etgan.  Bu  vaqtda  diniy  mifologik  dunyoqarash 

hukmronlik  qilgan.  U  olam  va  tabiatning  paydo  bo‘lishini  o‘ziga  xos  tarzda  tushuntirgan  va 

dunyoviy  bilimlar  rivojiga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazgan.  Bunday  ruxdagi  falsafiy  g‘oyalar  ayniqsa 

qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551—479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning “Hikmatlari” , 

ya’ni  aforizmlari  juda  mashxur.  Konfutsiy  ta’limotida  umuminsoniy  qadriyatlarning  xitoy  xalqi 

turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan. 

Bu  ta’limot  bir  necha  asrlar  davomida  ushbu  hududda  milliy  g‘oyalar  majmui,  millatning 

mafkurasi  sifatida  odamlarning  ma’naviy  ongi  va  qiyofasi  shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatgan.  U 

hozirgi  Xitoyda  ham  o‘zining  muayyan  ahamiyatini  saqlab  qolgan.  Konfutsiy  fikricha.  olamni 

osmon  boshqaradi.  Osmon  irodasi  —  takdirdir.  Biz  yashab  turgan  olam,  undagi  tartib  osmon 

hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiqamal qilish talab etiladi. Tartib, 

Konfutsiy  nuqtai  nazariga  ko‘ra,  ilohiy  mazmunga  ega  va  uning  mohiyatini  “L  i”  tushunchasi 

belgilaydi.  U,  ya’ni  tartib  dunyoning  mohiyatini  aks  ettiradi.  Binobarin,  jamiyatdagi  barcha 

harakatlar  unga  binoan  amalga  oshishi  lozim.  Tartib  —  insoniyat  jamoasining  eng  oliy  hayotiy 

qadriyatlaridan  biridir.  Konfutsiyning  ta’kidlashicha,  shaxs  faqat  o‘zi  uchun  emas,  balki  jamiyat 

uchun  ham  yashashi  kerak.  Konfutsiy  ta’limotida  insonning  hayotdagi  ijtimoiy  o‘rni  nihoyatda 

ulug‘,  u  o‘ziga  ravo  ko‘rmagan  narsani  boshqalarga  ham  ravo  ko‘rmasligi,  o‘ziga  ravo  ko‘rgan 

narsani  boshqalarga  ham  ravo  ko‘rishi  lozim.  Konfutsiyning  qarashlari  keyinchalik  jahon 

falsafasida  axloqiy  tamoyillar  rivojida,  adolat,  birodarlik,  erkinlik  g‘oyalari  takomilida  muhim 

o‘rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq 

hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. \j Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri 

LaoSzidir  (VI—V  asrlar).  Uning  ta’limotiga  ko‘ra,  olam,  jamiyat  va  www.ziyouz.com 

kutubxonasi  inson  hayoti  Dao  qonuniga  bo‘ysunmog‘i  lozim.  Daosizm  ta’limoti  ana  shu  tariqa 

shakllangan.  Dao  qonuni  —  tabiatning  yashash  qonunidir,  undagi  rang-baranglik  kurashi  va 

uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, “Si”,  ya’ni beshta unsur — olov, 

suv,  havo,  yer  va  yog‘och  yoki  metall  olamdagi  barcha  jismlar  asosini  tashkil  etadi  hamda 

ularning  yuzaga kelishini ta’minlaydi. JIao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy 

va  o‘zgarmas,  harakatsiz  holda  bo‘lishi  mumkin  emas*J  Daosizmga  binoan,  dunyodagi  hamma 

narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni In 

va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. 

In  va  Yan  o‘rtasidagi  kurash  daoni  anglatadi.  Odamzod  bu  kurash  jarayonida  doimo  yaxshilik 

tomonida  turishi,  o‘zini  qurshab  turgan  tabiat  va  atrofdagi  olamga  mehr  ko‘rsatishi  lozim. 

Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda 



 

ekologik  halokatni  nazarda  tutgan.  “Kishilar  Dao  qonunini  buzmasliklari  kerak,  aks  holda  tabiat 



ulardan  albatta  o‘ch  oladi”,  degan  edi  LaoSzi.  Buni  ekologik  halokatlar  avj  olib  borayotgan 

bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə