Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-мавзу маъруза материали

2-masala.

  Qadimgi  davr  falsafasining  yana  bir  silsilasi  Yunoniston  va  Rimga  tegishlidir. 

Bu  davrdagi  falsafiy  qarashlar 

antik  davr

    falsafasi  deb  yuritiladi.  Unda 



Milet  falsafiy  maktabi, 

Eley  falsafiy  maktabi,  Suqrot,  Pifagor,  Aflotun,  Arastu

  va  boshqalarning  falsafii,  tabiiy-ilmiy, 

ijtimoiy- axloqiy ta’limot - lari urganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy  ta’limotlar eramizdan 

avvalgi  VII—VI  asrlar  o‘rtasida  Milet  shahrida  yuzaga  kelgan  va  rivojlangan.  Milet  maktabi 

vakillari  Fales,  Anaksimandr,  Anaksimenlardir.  Uning  asoschisi  Fales  (eramizdan  avvalgi  624—

547  yillarda  yashagan)  o‘z  davrining  yetuk  siyosiy  arbobi,  jo‘g‘rofi,  faylasufi  bulgan.  Fales 

ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bulgan 

va  yana  suvga  aylanadi  hamda  bu  moddiy  birlik  doimo  o‘zgarishda  bo‘ladi.  Anaksimandr 

(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U “Tabiat 

haqida”  asarini  yozgan,  biroq  asar  bizgacha  yetib  kelmagan.  Fales  olamning  asosiga  suvni 

qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issikdik va sovukdik, 

quruqlik  va  namlik  apeyrondan  ajralib  chiqib,  moddaning  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tishini 

ta’minlaydi,  deb  hisoblagan.  Uning  ta’limotini  shogirdi  Anaksimen  davom  ettirdi.  Anaksimen 

(eramizdan  avvalgi  588—525  yillar)  havo  —  olamning  asosi,  deb  bilgan.  Uningcha,  havoning 

quyuqlashishidan  suv,  yer,  tosh  kabi  moddalar  tashkil  topgan,  siyraklashishidan  esa  olov  paydo 

bo‘lgan.  Yana  bir  yunon  faylasufi 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə