Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Geraklit 

(eramizdan  avvalgi  520—460  yillar)  Kichik 

Osiyoning  Harbiy  qirg‘og‘idagi  Efes  shahrida  zargar  oilasida  dunyoga  kelgan.  U  stixiyali 

dialektikaga  asos  solgan,  olov  —  olamning  asosi,  deb  bilgan.  Uning  fikricha,  olamda  hamma 

narsa  harakatda.  “Oqar  suvga  bir  soniyada  ikki  marta  tushish  mumkin  emas,  chunki  suv  har 

daqiqada  yangilanib  turadi”  Olamda  turg‘unlik  yo‘q.  Harakat  butun  tabiatga,  barcha  jism  va 

hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir 

bo‘ladi.  “Kurash  hamma  narsaning  otasi,  hamma  narsaning  podshosidir”,  degan  ekan  Geraklit. 

Bundan  Geraklit  kishilar  o‘rtasida  urushlarni  targ‘ib  qilgan  ekan-da,  deya  xulosa  chiqarish 

noto‘g‘rilGeraklitning  fikricha,  doimiy  o‘zgarish,  harakat  va  o‘zarb  qarama-qarshi  tomonlarga 

o‘tish  —  jismlar  sifatining  nisbiyligi  bilan  bog‘liq.  Masalan,  dengiz  suvi  inson  iste’moli  uchun 

yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning karashlari falsafiy tafakkur rivojiga 

katta  ta’sir ko‘rsatgan.  Pifagor  (eramizdan  avvalgi  580—500  yil)  Yunonistonning  Samos  orolida 

yashab  o‘tgan.  U  qadimgi  Yunonistonda  diniy-mafkuraviy  falsafiy  maktabga,  ya’ni 

pifagorchilikka  asos  solgan. 

Pifagor

  o‘zining  siyosiy  qarashlari  tufayli  podsho  Polikret  bilan 

chiqisha  olmagan  va  Samosni  tark  etib,  janubiy  Italiyaga  ko‘chib  ketgan,  o‘sha  yerda  o‘z 

uyushmasini  tashkil  etgan.  Uningcha,  dunyoni  bilish  jarayoni,  avvalo,  raqamlarni  bilishdan 

boshlanishi  kerak.  Pifagorchilarning  ta’limotiga  ko‘ra,  olamning  asosida  modda  ham,  tabiat  ham 

emas, balki ideallashgan raqamlar  yotadi; narsa va hodisalar  aynan ana shu raqamlar mahsulidir. 

Pifagorchilar  birinchi  bo‘lib  Yunonistonda  tabiatdagi  narsa  va  hodisalarni  izohlashda  mikdor 

kategoriyasini  g  ilgari  suradi.  Pifagor  zodagonlar  oilasiga  mansub  bo‘lgani  bois  aristokratiyani 

himoya  qilgan.  U  “tartib”  to‘g‘risidagi  ta’limotini  yaratib,  faqat  aristokratlar  o‘rnatgan  tartib 

ijtimoiy  hayotda  muhim  rol  o‘ynaydi,  degan.  Uning  fikricha,  demokratiya  bu  tartibotning 

buzilishidir. Eley  falsafiy  maktabi namoyandasi 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə