Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Aflotun 

(asli  Platon)  jahon  falsafasi  tarixida  o‘chmas  iz  qoldirgan 

buyuk  allomadir.  U  nafaqat  faylasuf  olim,  balki  san’atkor,  shoir  va  dramaturg  bo‘lgan,  o‘z 

g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan. 35 

dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-

bir  to‘g‘ri  dalil  deb  qarash  mumkin.  Chunki  Arastu  Aflotunning  eng  yaqin  do‘sti  va  shogirdi 

bo‘lgan. Aflotun “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi ” ta’limotining asosf chisidir. Uningcha, 

g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish 

va  taraqqiyot  g‘oyalar  dunyosiga  xos,  soyalar  dunyosidagi  harakat  esa  uning  aksidir.  G‘oyapar 

dunyosining  qonuniyatlarini  hamma  ham  bilolmaydi.  Ularni  biladigan  zotlar  nihoyatda  kam 

uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur iz qoldiradi. Aksariyat kishilar esa soyalar 

dunyosi  bilan  kifoyalanadi.  U  Aflotunning  jamiyat  va  davlat  to‘g‘risidagi  ta’limoti  uning 

dunyoqarashida  markaziy  o‘rinlardan  birini  tashkil  etadi.  U  faqat  antik  davr  falsafasi  — 

ontologiya  va  gnoseologiyaning  klassigi  bo‘lib  qolmay,  mumtoz  antik  siyosiy  nazariya  va 

pedagogikaning  bilimdoni  ham  bo‘lgan)  Aflotun  ijtimoiy-siyosiy  masalalarga  doir  “Davlat” 

“Qonunlar”, “Siyosat” va “Kritiy” nomli asarlar yozib qoldirgan. “Davlat” asarida jamiyat haqida, 

uning  ideal  siyosiy  tuzumi  to‘g‘risidagi  qarashlarini  markaziy  ta’limoti  —  g‘oyalar  nazariyasi 

bilan  uzviy  bog‘liqholda  ilgari  surgan.  Uning  fikricha,  davlatning  to‘rtta  shakli  mavjud: 

teokratiya;  oligarxiya;  demokratiya;  tiraniya.  Aflotunning  ideal  davlat  to‘g‘risidagi  orzulari 

negizida  adolat  g‘oyasi  yotadi.  Aflotun  aytganidek,  jamiyat  barcha  a’zolarining  odil  jamiyatdagi 

qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy  garovidir. 

Arastu

 Aflotunning shogirdi va 

safdoshi Arastu (asli Aristotel) (384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining 

betakror,  jaqonni  lol  qoldirgan  ilmiy  merosi  bilan  mashhurdir.  O‘n  yetti  yoshida  o‘z  ilmini 

oshirish  maqsadida  Afinaga  kelib,  Aflotun  asos  solgan  akademiyaga  o‘qishga  kirgan  va  20  yil 

davomida (Aflotunning unimiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi 

Filipp  II  ning  taklifiga  binoan,  uning  o‘g‘li  Aleksandrga  3  yil  muntazam  ustozlik  qilgan. 

Binobarin,  keyinchalik  dunyoni  zabt  etib,  jahongirlik  maqomiga  ko‘tarilgan  Aleksandr 

Makedonskiyning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan keyin 

Aleksandr  taxtga  o‘tirgach,  Arastu  Afinaga  qaytib  kelib,  50  yoshlarida  “Likkey”  nomli  maktab 

ochgan.  Ilmiy  faoliyawww.ziyouz.com  kutubxonasi  tining  samarali  bo‘lishida,  umuman, 

Yunonistondagi  ilm-fan  rivojida  Aleksandr  tomonidan  ko‘rsatilgan  himmat  va  rag‘batlar  muhim 

ahamiyat kasb etgan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, 

Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan 

Arastu, ko‘p o‘tmay,  o‘sha  yerda vafot etgan.  Arastu  zabardast  olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, 

falsafa,  axloq,  notiqlik  san’ati,  tabiiy  fanlar  bo‘yicha  o‘lmas,  bebaho  asarlar  yozib  qoldirgan. 




 

Uning  barcha  asarlari  borliqni  o‘rganishga  qaratilgan.  Mantiqqa  oid  asarlarining  barchasini 



“Organon”  (“Kurol”)  nomli  asariga  jamlagan.  Faylasuf  barcha  fanlarni  ikki  turga  —  nazariy  va 

amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatishga, biror bir foydali ishni 

amalga  oshirishga  yo‘naltirilgan.  U  nazariy  fanlarni  uch  qismga  —  falsafa  (metafizika), 

matematika va fizikaga ajratgan. 'J Faylasuf ta’limotiga ko‘ra, olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta 

sababga  ega.  Bular  —  moddiy  sabab,  ya’ni  modda  (materiya);  shakliy  sabab  yoki  shakl; 

yaratuvchi  sabab;  pirovard  sabab  yoki  maqsad  sabablardir.  Yaratuvchi  sabab,  Arastu  talqinicha, 

harakat manbaidi|3) Masalan. ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab 

(maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi 

bo‘lgan.  Harakat  olam  singari  abadiydir.  Ayni  paytda,  olam  o‘zining  abadiy  sababi,  ya’ni 

harakatlantiruvchi  kuchiga  ega.  Arastuning  jamiyat  va  davlat  to‘g‘risidagi  ta’limoti  “Davlat”, 

“Siyosat”  kabi  asarlarida  bayon  etilgan.  Uning  fikricha,  davlat  boshqaruvi  jamiyatning  erkin  va 

farovon  hayoti  uchun  xizmat  qilishi  lozim.  Baxtli  hayot  mazmuni  faqat  moddiy  mo‘l-ko‘lchilik 

bilan belgilanmaydi, balki ma’murlik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli 

hayot  kechiradi.  Davlatning  boyligi,  asosan,  o‘rtacha  mulkka  ega  bo‘lgan  fuqarolarning  mehnati 

bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta 

biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir. 

3-masala.

  O‘zbekistondagi  ilk  o‘rta  asrlarda  Markaziy  Osiyo  hududi  Xorazm,  Sug‘d, 

Farg‘ona,  Usrushana,  Chag‘oniyon  kabi  o‘lkalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  gavjum  Sharq  bilan 

G‘arb  mamlakatlarini  bog‘lab  turuvchi  “Ipak  yo‘li”  markazida  joylashgan  va  madaniy  jihatdan 

ancha  rivojlangan, qishloq  xo‘jaligi,  hunarmandchiligi  serqirra,  yaqin  va  uzoq  mamlakatlar bilan 

savdo-sotiq aloqalari avj olgan mintaqalardan iborat edi. 

VII—VIII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  ham  Qutayba  ibn  Muslim  boshchiligida  arablar 

tomonidan bosib olinib. xalifalikka bo‘ysundirildi. 

Movarounnahrga  arablar  bosqini  bilan  birga  islom  dini  ham  kirib  keldi.  Islom  so‘zi 

arabcha so‘z bo‘lib tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. 

Islom  dini  bayrog‘i  ostida  keng  hududda  arab  qabilalari  birlashgan,  mavjud  tarqoqlikka  chek 

qo‘yilgan,  yagona  markazlashgan  arab  xalifaligi  tashkil  topgan.  Kur’on  va  hadislarda  islomiy 

ta’limotning  asosi  bayon  kilingan.  Qur’on  —  muqaddas  kitob.  Unda  islom  qonun-qoidalari, 

iymon-e’tiqod  talablari,  xuquqiy  va  axloqiy  me’yorlar  o‘z  ifodasini  topgan.  U  114  sura  va  ular 

tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. “Sunna” esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi 

va  uni  to‘ldiradi.  Unda  Muhammad  payg‘ambarning  so‘zlari,  xattiharakatlari  naqllar  va  hadis 

shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l, 

ilohiy  yo‘l  demakdir)  islomda  huquqiy,  axloqiy  me’yor  va  amaliy  talablar  tizimidir.  Islomdagi 

asosiy yunalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-

xukuqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Islomda ilk oqim tarafdorlari sifatida 

xorijiylar  (arab.  —  isyonchi  ajralib  chiqqan)  harakati  vujudga  kelgan.  Ular  taxt  uchun  kurashda 

xalifa  Ali  ibn  Abu  Tolib  (661  yilda  o‘ldirilgan)ning  Muoviya  tarafdorlari  (ummaviylar)  bilan 

muzokaralar  olib  borishga  ko‘nganligini  qoralab  chiqqanlar.  Ali  qo‘l  ostidagi  qo‘shinning  bir 

qismi  (12  ming  kishi)  uni  kelishuvchilikda  ayblab,  undan  ajralib  chiqqan  hamda  bir  vaqtning 

o‘zida Ali va Muoviya tarafdorlariga qarshi keskin kurash olib borgan. Xorijiylar yo‘nalishi o‘rta 

asrlar  davrida  ko‘pgina  oqimlarga  bo‘linib,  keyinchalik  yo‘qolib  ketgan.  Faqat  ibodiylar 

(abodiylar) oqimi sakdanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik 

hokimiyati,  shialik  esa  imomat  hokimiyati  tarafdori),  ayrim  diniy  marosim  va  an’analarda  bir-

biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan 

ajralib  turadigan  diniy  guruxdardir.  Shialikdan  qarmatlar,  ismoiliylar,  zaydiylar,  nusayriylar, 

aliilohiylar  va  boshqalar  ajralib  chiqqan.  Shialar  sunniylar  kabi  Qur’onni  ilohiy  deb  e’tirof 

etadilar, lekin xalifalar davrida uning  ayrim  qismlari tushirib qoldirilgan,  deb hisoblaydilar. Ular 

Qur’onning mazmunini majoziy talqin qiladilar. sunnada esa, faqat Ali nomi bilan bog‘liq bo‘lgan 

hadislarni tan oladilar, imomlar hokimiyatini (imomat) e’tirof etadilar. Dastlabki xalifalardan Abu 

Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan shaxslar sifatida qoralaydilar, 



 

Makka  va  Madina  bilan  birgalikda  Karbalo  va  Najaf  shaharlarini  muqaddas  ziyoratgoxdar  deb 



biladilar. imom Husaynga motam tutadilar. Shialar jahonda musulmonlarning taxminan 10 foizini 

tashkil etadi. 

Sunniylik jahonda keng tarqalgan mazhab bo‘lib, musulmonlarning 90 foizini tashkil etadi. 

U  tavhid  (Ollohning  yagonaligi),  adl  (uning  odil  ekanligi),  nubuvvat  (payg‘ambarlik),  qiyomat 

yoki  ma’od  (oxirat  kunining  kelishi  va  o‘lganlarning  tirilishi),  ilk  xalifalar  —  choriyorlarni 

“Xulafo  ar-Roshidin”  (“to‘g‘ri  yo‘ldan  borgan  xalifalar”),  Qur’onni  muqaddas  kitob,  Makka  va 

Madinani  muqaddas  sajdagohlar  deb  hisoblaydilar. Sunniylikdan ravshaniylar,  ahmadiya, jangari 

vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan 

o‘zaro  kelishmovchiliklar  natijasidir.  Islomda  hanafiylik.  ash’ariylar,  jabariylar,  qadariylar, 

sifatiylar,  murji’iylar,  mu’taziliylar  kabi  mazhablar  mavjud.  Qadariylar  inson  iroda  erkinligini 

yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi 

usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniyaqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan. 

Bunday 

ma’naviy  jarayonlar  bilan  yonma-yon  islomda 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə