Mavzu : Metall, vakuum va gazlardagi elektr toki


Mavzu : O'zgarmas tok qonunlari bo'limiga oid masalalar yechish



Yüklə 144,61 Kb.
səhifə8/27
tarix29.11.2023
ölçüsü144,61 Kb.
#142521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Fizika mustaqil ish 1

Mavzu : O'zgarmas tok qonunlari bo'limiga oid masalalar yechish.
Oʻzgarmas tok — tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan 
oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch 
taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar 
elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan 
tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va 
Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr 
yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan 
tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas 
tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, 
avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi. 
Om qonuni haqida qisqacha tushuncha 
Om qonuni – o`tkazgichda o`tayotgan o`zgarmas tok kuchi bilan 
uchlaridagi potensiallar farqi V ning o`zaro bog`liqligini ifodalovchi qonun. 
Formulasi quyidagicha: 
V=IR 
Om qonunining tarmoqlangan elektr zanjiri uchun umumlashgan 
ko`rinishi Krixgof qoidalari bilan tushuntiriladi. Om qonuni 1826-yilda 
Olmon fizigi va matematigi Georg Om tomonidan o`rganilgan bo`lib,
1827-yili nashr etilgan va uning nomiga atalgan. 

BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. 


TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI 
O‘tkazgichdan tok o‘tganda u qiziydi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib 
chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, o‘tkazgich bo‘ylab 
erkin elektronlar ko‘chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr 
zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, shuncha 
energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug‘iladi: bu zanjirning 
qaysi qismida ro‘y beradi va qanday fi zik jarayonlar natijasida energiya elektr 
zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya 
manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi? 
Bajara olmaydi, chunki 33-mavzuda ko‘rib o‘tilganidek elektrostatik 
maydonda zaryadni berk trayektoriya bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish 
nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta’sirida erkin zaryadlar berk 
zanjir bo‘ylab harakatlana olmaydi. 
Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir 
qismida zaryadlarga elektrostatik bo‘lmagan kuchlar ta’sir qilishi kerak. Bu 
kuchlarni chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta’sir 
qilib, aynan shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi. 
Tok manbayida chet kuchlar ta’sirida zaryadlarning ajralishi ro‘y beradi. 
Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfi y 
zaryad to‘planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi. 
Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega 
bo‘ladi. Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa, 
ruxning musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez 
tashlab ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi 
vujudga keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo‘ladi. 
Mis elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfi y qutbi 
bo‘ladi. 
Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon 
kuchlariga qarshi ko‘chirishda A 
chet
ish bajaradi. 
Bu ish berilgan vaqt ichida zanjir bo‘ylab ko‘chayotgan q zaryad 
miqdoriga proporsional bo‘ladi. Shunga ko‘ra chet kuchlarning bajargan 
ishining zaryad miqdoriga nisbati A
chet
ga ham, q ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. 
Demak, u tok manbayining xarakteristikasi hisoblanadi. Bu nisbat, ya’ni birlik 
q musbat zaryadni berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishi manbaning belgisidir.

Yüklə 144,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə