Mavzu : Qoraxoniylarda davlat idoralari Reja: I bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi


I Bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/8
tarix15.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85498
1   2   3   4   5   6   7   8
Qoraxoniylar davlat idoralari

I Bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi

Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi

840 yilda 3 Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagʻma" yoki "ilakxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy urugʻlar - qorluqlar, chigillar, argʻular, yagʻmalar va boshqa xalqlar kirgan boʻlib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar.

X asrning birinchi yarmida Yettisuv va Koshg‘arda yashovchi turk qabilalari: qorluq, jikil (chigil) va yag‘molarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bir tarafdan, ularning o‘troq hayotga ko‘chishi kuchayib, dexqonchilik xo‘jaligi kengayadi, shaxarlar kutariladi, savdo va xunarmandchilik usadi. Ikkinchi tarafdan esa ilk feodal munosabatlar rivoj topib, turk jamoalari urtasida sinfiy tabaqalanish keskin tus oladi.

Chorvador qabilalarning ichki hayotidagi bunday o‘zgarishlarda, shubhasiz, bir tomondan, Yettisuv va Koshg‘arni kesib utgan qadimiy karvon yo‘li buylab qad kutargan savdo shaharlariyu vohalarda vujudga kelgan dexqonchilik qishloqlari aholisining roli katta buldi. Ikkinchi to­mondan esa kushniMovarounnahrning o‘troq axolisi bilan ularning yaqindan olib borgan iqtisodiy va madaniy aloqalarining ta’siri kuchli buldi. Shunday qilib, murakkab ichki jarayonlar, feodal dexqonchilik dunyosi va karvon yo‘lidagi boy savdo-xunarmandchilik shaxarlarining bevosita ta’siri chorvador turk qabilalarining ijtimoiy hayotida ilk feodal munosabatlarining shakllanishida asosiy omil buldi. Buning oqibatida bu hududlarda siyosiy vaziyat nixoyatda keskinlashib ketdi.

X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Koshg‘arda yashagan yag‘mo qabilalari kuchayib, avval uzlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni buysundiradi va bu ulkan hududda qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.

Yozma manbalarda yag‘molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog‘i deb ta’riflanadi. Ular asosan yilqichilik va quychivonlik bilan shug‘ullanar edi. Muynali hayvonlar xamda ov qushlarini ovlardi. Dexqonchilik bilan kam shug‘ullanardi. Yag‘molar turk qabilalari orasida eng jangovari hisoblangan. Jikillar esa yag‘molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bulgan. qoramol, quy va yilki podalariga ega bulishgan. qora uylarda yashasa ham, qorluqlarniki singari shaxar va qishloqlari bulgan. yarmo va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan.

Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joylarga ega bulishgan. Ularning mamlakatida qishloqlar bilan bir qatorda shaharlar ham bulgan. qorluqlarning ayrimlari muynali hayvonlar ovlash, qolganlari chorvachilik xamda dexqonchilik bilan shug‘ullangan.

Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar katta rol uynadilar. Davlatning yuqori mansablari va qo‘shinda ular muxim urinlarni egallasalar-da, biroq xonlik taxtiga yarmo biylari o‘tirganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari «arslonxon» va «bug‘roxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk xukmdor ma’nosini anglatgan, Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan arslonxon yoki bug‘roxonlar «qoraxon», ya’ni ulug‘ xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda «qoraxonyylar davlati» nomi bilan shuxrat topgan. Aslida «arslon" jikil qabilasining totemi — ajdodi ibtidosi xisoblangan. «bug‘ra» esa yag‘molarning totemi bulgan.

U og‘ir yuk ko‘taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan. Podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag‘molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og‘alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug‘ini «arslonxon» yoki «bug‘roxon» darajasiga kutarib, xukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u «tamg‘achxon», ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan.

992 yilda Xasan Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnaxrga tomon xujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qavmlar xam qatnashadilar. Natijada ular qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan turk xojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turklashkarboshilari mamlakatni dushmandan mudofaa qilish urniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar.

Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldindan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshlaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘roxon bilan Somoniylar davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidaga Harjan yonida yana bir turk xojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘roxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foyiq jang qizg‘inketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nux ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘roxon sotqin FoyikniTermiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark etib, o‘z Vatani Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi.

Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib, o‘z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk xojibi — Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olonko‘taradi. O‘z kuchiga ishonmagan Nux G‘azna xukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnaxrga yetib keladi va Nux bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan sung Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami zvaziga NUX ibn Mansur unga «din va davlat xomiysi», uning o‘g‘li Maxmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshira» degan unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy urniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy xukmronligi mustaxkamlanib, g‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bulgan yerlarni egallaydi.

Kenjida va Shosh oralig’idagi, ya'ni hozirgi Chimkentning janubi-g’arbiy hududlariga kelib joylashganlar. Bular turkiy-o’g’uzlar edilar. Shosh hududlarida turkiy-o’g`uzlar shu darajada ko`p bo`lganki, ularning ta'siri xalq og’zaki ijodida ham o`z aksini topgan. O`zbek xalq og’zaki ijodida o’g`uzlar hozirgi o`zbek xalqining o’tmish avlod-ajdodlari sifatida talqin etiladi.

O’g`uzlar turkmanlarning ham avlod-ajdodlaridirlar. XII asrning birinchi yarmida yashagan Sharof az Zamon Tohir Marvaziyning so`zlariga qaraganda o’g`uzlar islom dinini qabul qilganlaridan so`ng Xorazm hududlaridan «kofirlar»ni pecheneglar yashayotgan hududlarga siqib chiqarib bu yerlarni o`zlari egallab oladilar. Tarixga turk-manlar nomi bilan kirgan bu saljuqiy qabilalar somoniylarning ruxsati bilan Buxorodan janubdagi hududlarni egallab, ko’chmanchi-chorvadorlar sifatida xayot kechirganlar. Shoshni turklashtirishda o’g`uzlar bilan bir qatorda turgashlarning o’rni katta bo`lgan.

X asrda turkiy qabilalarning asosiy qismi Ettisuv hududlarida yashaganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlar orasiga o`zlarining oliy darajadagi dehqonchilik va hunar-mandchilik texnikasini tarqatganlar. «Buyuk ipak yo`li» savdosida ular faollik ko`rsatganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlarga va aksincha turkiy xalqlar so’g’dliklarga o`zaro ta'sir o’tkazganlar, ular bir-birlariga qiz berib, kiz olganlar, quda-anda bo’lib ketganlar. So’g’dliklar turk tilida so`zlashga o`ta boshlab, asta-sekin o`z ona tillarini unuta boshlaganlar.

Mashhur turkshunos olim Maxmud Koshg’ariy XI asrda arab tilida «Devoni lug’atit turk», ya'ni «Turkiy so’zlar lug’ati»ni yaratgan. Bu asarda olim qanday qilib turk tilining so’g’dliklar tiliga nisbatan ustivor mavqega ega bo`la borishi va so’g’dliklar o`z ona tillarini yuqota borganliklari jarayonini ustalik va moxirlik bilan bayon qiladi. Albatta so’g’dliklar jismonan yo’q bo’lib ketmadilar, balki ular turkiylar bilan aralash-quralash bo’lib, qorishib — assimilyasiyalashib ketdilar. Bu jarayon ayniqsa X asrda somoniylar davrida juda avj olgan.beradilar. Maqdisiyning ko`rsatishicha, Isfijob yaqinidagi Beruket va Boloj shaharlarida turkman-o’g`uzlar joylashganlar. Lekin turkman-o’g’uzlarning asosiy qismi ilgarigidek Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar.

Faqat, 894 yildan so`ng qipchoqlar o’g`uzlarni Emba daryosidan shimolroqdagi tumanlardan siqib chiqargach, u xalqning bir qismi xozirgi Turkmaniston hududlariga o’tgan. Ko’chmanchi o’g`uzlar Turkmanistonning bir qancha hududlarida, shu jumladan Forobiy tumanlarida yashaganlar.

Xullas, Markaziy Osiyoning Oltoy janubiy yonbah’ridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, Chu, Ili, Norin, Talas daryolari vodiylari bo’ylab to Pomirgacha bo`lgan hududlarda turk tilida so`zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. "Bu turk qabila va urug’lari turlicha nomlar bilan atalsalarda, sheva jihatidangina bir-birlaridan farqlanadigan yagona bir tilda so`zlashar edilar, ularniig turmush tarzi, madaniyatlari, urf-odatlari bir xil bo`lgan. Ularning jismoniy baquvvatligi, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, urushqoqligi va epchilligi ham bir-biriga o’xshagan. Bu turkiy xalqlar tashqi ko`rinish jihatidan ham bir-birlariga o’xshaganlar: «Yuzlari yalpoq ko`zlari kichik burni tekis, siyrak sochli, temir qilichli va kora libosli» kishilar edilar. Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk qabila va urug’larning juda ko`plab guruhlari: qarluqlar, chigillar, yag’molar, tuhsiylar, uyg’urlar, o’g’uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo`lgan".

Qarluqlar 766 yilda turgashlarni tor-mor keltirib, Ettisuvni egallaganlar. Qarluqlar tug’risidagi to’la ma'lumotni, noma'lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud al Olam» kitobidan olish mumkin. Unda xikoya qilinishicha, qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk xalqlar yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va go`zal bo`lnb, oqar suvlari ko`p va iqlimi mo’tadil bo`lgan ekan. Bu mamlakatda qishloqlardan tashqari shaharlar ham bo`lgan. Qarluqlar xo’jalik ishlarining turi bo’yicha bir-birlaridan farq qilganlar: davlatining tashkil topishida hal qiluvchi ro’lni qarluqlar o’ynadilar va bu davlat ko’shinining asosiy o`zagini ham ular tashkil qilar edilar. Qarluqlar xukmron bo`lgan hududlarda chigillar (jikil), tuxsilar, argular, yag’molar, turgashlar, qipchoqlar, yabakular, qaylar, jumullar, o’g`uzlar yashaganlar. Toroz tumani va Issikko’l atroflarida joylashgan chigillar V. V. Bartoldning xulosalariga qaraganda koraxoniylar davlatida katta mavqega ega bo`lganlar.

Ular madaniy taraqqiyotda qarluqlarga qaraganda orqada bo`lsalarda, boy, to’q va farovon turmush kechirganlar, chorvachilik bilan shug’ullanganlar, quyosh va yulduzlarga topinganlar.Turk qabilalarining uchinchi yirik guruhi yag’molar edi. Ular Issiqko’lning janubida, Qashg’ar shaxri tomonlarda, ko`pchilik qismi esa, Sharqiy Turkiston hududlarida ko’chib yurgan. «Hudud al Olam» muallifi yag’molarni madaniyatda orqada qolgan qabila edi, deb yozadi. Ular dehqonchilik bilan shug’ullanmaganlar, asosan yovvoyi xayvonlarni ovlash va mo’ynachilikni o`zlariga kasb qilib olganlar. Shu bois yag’molarning yilqi va qo’y podalari ko`p bo`lgan va boshqa turk qabilalariga nisbatan nihoyatda jasur va jangovarliklari bilan mashhur bo`lganlar. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: qipchoqlar, kenjeklar, yabakular, qirg’izlar, o’g’uz-turmanlar, qanchlar va so’g’dlilar ham faol qatnashganlar.

"Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. «Qoraxoniylar» so`zi qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri-Satuk Abdulkarim Qoraxon unvonidan kelib chiqqan. («Qora» so`zi qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulug’lik ma'nosida ishlatilgan.) Xon hokimiyati madaniyatli bo`lsada, qarluqdar yoki chig’illar qabilasidan chiqmadi, balki madaniy taraqqiyotda orqaroqda bo`lgan yag’molardan chiqqan. Buni Satuk4 Abdulkarim Qoraxonning yag’molar urug’idan bo`lganligi ham ochiq-oydin isbotlaydi. “Majmuayi at tavoriy” («Tarixning qisqartma to’plami») asarining muallifi «yag’molar podshoni bug’raxon deydilar» deb aniq aytgan fikrlari yuqoridagi xulosalarni to’la tasdiqlaydi. Markazi ikki shahar: Qashqar va Bolosog’undan iborat bo`lgan yangi davlatning birinchi podshosi «Bo’g’raxon» unvonini olganligi tavsiflidur. Bu xonning turkcha nomi bizgacha etib kelmagan va biz uni «Bo’g’raxon» unvoni bilan yoki arabcha-turkcha Xorun ibn Satuk nomi bilan bilamiz. Lekin hujjatlarda faqat Bo’g’raxon deb keltirilgan. «Bo’g’ra» so`zi yarmolar tushunchasi bo’yicha qo’sh o’rkachli tuya ma'nosini anglatadi".

Qoraxoniylar sulolasining asoschisi Satuk Bo’g’raxon islom dinini qabul qilgach, yangi turk davlatini barpo qilish ishini boshlab berdi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə