Mavzu : Qoraxoniylarda davlat idoralari Reja: I bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi


II Bob Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayot. Davlatning tarix sahnasidan ketishi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə5/8
tarix15.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85498
1   2   3   4   5   6   7   8
Qoraxoniylar davlat idoralari

II Bob Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayot. Davlatning tarix sahnasidan ketishi

2.1 Qoraxoniylar davlatida ilm – fan va madaniyat. Davlatning ijtimoiy-siyosiy hayoti

Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.

Qoraxoniylar davrida etishib chiqqan mashhur shoir va mutaffakir Xoja Ahmad Yasaviy (taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) edi. U tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan.Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.

Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.Ibrohim Tamgachxon (1040-1068) birinchi marta Samarqandda davlat mablag'lari hisobiga madrasa qurdirdi va mintaqada madaniyatning rivojlanishini qo'llab-quvvatladi. Uning qo'l ostida Samarqandda jamoat shifoxonasi va madrasasi tashkil etilib, u erda tibbiyot bo'yicha o'qitish ham olib borilgan. 1066-yilda uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda Madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum.

Raboti Malik saroy majmuasi 1068-1080-yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan Qoraxoniy Shams al-mulk buyrug'i bilan barpo etilgan. XIII asrdan boshlab, moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni bosib olganlaridan soʻng, XVIII asrning boshlariga qadar Rabot-i Malik savdo karvonlarini toʻxtatish uchun karvonsaroy boʻlib xizmat qilgan. Rabot-i Malik - Markaziy Osiyo monumental meʻmorchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri va jahon ahamiyatiga ega meʻmoriy yodgorlik.

Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng ko'zga koʻringan yodgorligi - XII asrda qalʼada qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq kaftan kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga o'xshash ayollar ham tasvirlangan.

Qoraxoniylar davridan Buxorodagi qadimiy yodgorliklar: Kalon minorasi, Magoki-Attori va Namozgox masjidlari va Turk-i Jandi saqlanib qolgan. 1119-yilda Shams al-mulk masjidining yangi binosini tikladilar, u bugungi kungacha tiklangan shaklda saqlanib kelmoqda. Arslonxon (1102-1130) hukmronligi ostida boʻlgan Qoraxoniylar davrida Buxoro meʻmorchiligining durdonalaridan biri - Kalon minorasi (1127-1129) qurilgan. "Ichki shahar"ning janubi-gʻarbiy qismida u turar-joy maydonini sotib olib, bu erda juma kuni masjidni tikladi (1121-yilda qurib bitkazilgan), hozirda Kalyan masjidi deb nomlanmoqda. Boshqa bir masjid Kalan masjididan bir oz janubda joylashgan edi. Hozir uning oʻrnida turar-joy binolari, ulardan bittasida - Arslonxonning mozori joylashgan.Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan.

Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bulib idora qiladilar. El-yurt xokimlari «eloqxon», viloyat noiblari esa «takin» deb yuritilgan. Viloyat xokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bulgan a’zolaridan saylangan. Eloqxonlar uz nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar va viloyatlarining mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnaxr eloqxoni qoraxoniy elokqxonlari orasida katta obruga ega edi. U odatdaSamarqanddataxtda utirardi. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek, vazirlar, soxibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaxarlar esa shaxar xokimi, raisi va muxtasiblari tomonidan boshqarilgan. qoraxoniylar mamlakatda uz xukmronligini mustaxkamlab olishda musulmon ruxoniylari bilan yakin va dustona munosabatlar urnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obruyi har qachongidan xam balandga kutariladi.

Qoraxoniy xukmdorlari garchi o‘troq hayotga kuchmagan bulsalar xam, dexqonchilik voxalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, Uzgan, Samarqand va Buxoro kabi shaxarlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaxarlar bilan aloqa bog‘lashga xarakat qilardilar. Biroq shunga qaramasdan uz podalari bilan Movarounnaxrga kirib kelgan kuchmanchi chorvadorlar dexqonchilik maydonlarini toptab, oyokosti qiladilar. Yerlarning talaygana qismi — yaylovlar va yaylovga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan turk qabilalarining asosiy mulkiga aylantiriladi. XI asrda Movarounnaxrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida kupgana dalalar, poliz va bog‘lar barbod bo‘ladi. Ekin maydonlari qiskarib ketadi. Bunday sharoitda mulkdor dexqonlar bilan chorvador kuchmanchilar urtasida ziddiyat kuchayib, dexqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. qopaxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida uz yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Narshaxiy asarining tarjimoni Abu Naasr Axmadning yozishicha, uning zamonida Buxoro va uning atrofida yerlarning qadri shunchalik tushib ketgan ediki, xatto uni tekinga xam berar edilar, ammo u yerlarni xech kim olishni istamas edi.

Zodagon dehqonlardan musodara qilingan yerlar, shubxasiz, davlat tasarrufiga utkazyalib «mulki sultoniy», ya’ni davlat yeriga aylantiriladi. Bunday yerlar, shubhasiz, davlat xazinasini tuldiradigan daromadlarning manbai va ma’lum muddatda foydalanish uchun vaqtincha beriladigan shartli yer in’omlari – iqto’ uchun asosiy fond bulib xizmat qilgan.

XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto’ tartiboti juda keng yoyiladi. qoraxoniylar tomonidan xukmron sulola namoyandalaridan tashqari, oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga xam katta-katta yer maydonlari iqto’ tarzida xadya qilinadi. Iqto’ tartibi qoraxoniylar uchun buysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli xisoblangan. Chunki iqto’ daromadlarni muttasil olib turishni ta’minlar va iqto’dorni uz amlokida doimo muxim utirishga majburqilmas edi. Katta-katta poda va otarlarga ega bulgan, istilo qilingan mamlakatlarda serkukat yaylovlarni tortib olib ularga egalik qilayotgan xarbiy zodagonlar ayniqsa dashtda yashab iqto’ga berilgan mulklardan daromadlar olib turishdan nixoyatda manfaatdor edilar. Bu davrda iqto’ tartibi shunchalik kengayadiki, faqat ayrim qishloqlargina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar xam iqto’ tarzida in’om qilib beriladigan bo‘ladi. Iqto’ tartibi keng qullangani bilan u vaqtinchalik in’omdan umrbod foydalanishga, bora-bora, xatto avloddan-avlodga utadigan merosiy mulkka aylana boshlagan. Shunday qilib, XI–XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda mulkchilikning yangi turi — iqto’ yerlari kengayib, uning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.





Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə