Mavzu : Vodorod xlorid Olmaliq 015 Sana: 2015 yil 21 fevral Sinf: – sinf Fan nomi: Kimyo Bilimdonlik ajab yaxshi matodir, Bu boyliksiz qolmoq katta xatodir



Yüklə 30,17 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü30,17 Kb.
#30549

Olmaliq shahar

20 - umumta’lim maktabi

kimyo fani o’qituvchisi

Tursunova Marg’uba Mirpo’latovna



8-sinflar uchun bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu : Vodorod xlorid

Olmaliq - 2015

Sana: 2015 yil 21 fevral

Sinf: 8 – sinf

Fan nomi: Kimyo

Bilimdonlik ajab yaxshi matodir,
Bu boyliksiz qolmoq katta xatodir.

Mavzu: Vodorod xlorid

Dars maqsadi:

a)ta’limiy: O’quvchilarga mavzu bo’yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlarni berish.

b)tarbiyaviy: O’quvchilarni Ona- Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Ularda ekologik madaniyatni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.

v)rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fiklash, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, galogenlarning vodorodli birikmalarning xossalari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish, vodorod xloridning o`ziga xos xossalarini reaksiya tenglamalari bilan tushuntira bilish ko’nikmalarini hosil qilish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: Kim chaqqon?- so’z o’yini, guruhlarda ishlash,”krest-nol” , lotoreya

o’yini.


Dars jihozi: Texnik vositalar, tarqatmalar, vatman qog’ozlari, marker, A 3 formatli

qog’oz,davriy jadval, rux, xlorid kislota, kumush nitrat, stakan,

probirka, xattaxta, bo’r
Dars oltin qoidasi:

1. Fikrla, o’yla. 4. Qo’l ko’tarib javob ber.

2. Do’stingni eshit, hurmat qil. 5. Faol ishtirok et.

3. Vaqtni teja. 6. Maqsad sari intil.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: (3 minut) 1. Salomlashish.

2. Davomatni tekshirish

3. Navbatchi axborotini eshitish (ingliz ti

4. Kun yangiligi:

Piyoz po’sti – shifobahsh KVERTSETIN” manbasi
Shanba ozodalik-kuni

II.O’tilganlarni so’rash : (15 minut)

1).O’quvchilarni jonlashtirish uchun: “Kim chaqqon? –so’z o’yinini” o’tkazamiz. Shart: 1-guruhga XALKOGEN, 2-guruhga GALOGEN, 3-guruhga ISHQORIY sozlari beriladi.

10 ta o’quvchi bilan “krest - nol” o’yini o’tkaziladi.

2)”AFROSIYOB- tez yurar poezdi” o’yini:



1- Yo`nalish:

1.Xlor qay holatda zaharli?

2. Xlor tartib raqamini ayting?

3.Xlor molekulasi qanday o’qiladi?

4.Xlor qaysi davrda joylashgan?

5.Xlor qaysi guruhda joylashgan?

6.Xlorni eng yuqori valentligini ayting?

7.Xlor molekulasini nechta?

8.Xlor gazini rangini ayting?

9.Xlor gazi havodan og`irmi yoki yengil?

10.Xlor qaysi holatda zaharsiz?

2-Yo`nalish:

1.Xlor natriy bilan ta`sirlashganda qaysi modda hosil bo`ladi?

2.Galitni formulasini aytin?.

3.Xlor molekulasida qanday bog` mavjud?

4.Sanoatda xlor olish uchun qaysi usuldan foydalaniladi?

5.Xloridlarda xlorni valentligini ayting.

6.Xlorni vodorodli birikmasini nomini ayting.

7.Bertole tuzini formulasini ayting .

8.Xlor ionida nechta electron bor?

9.Xlor molekulasini oksidlanish darajasini ayting.

10.Xlor temir bilan reaksiyaga kirishganda qanday modda hosil bo`ladi?

3-Yo`nalish:

1.Xlor metallar bilan ta`sirlashganda oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi?

2.Oshqozon shirasida qaysi kislota bo`ladi?

3.Xlor suvda eriganda qanday moddalar hosil bo`ladi?

4.Xlor labaratoriyada qaysi moddadan olinadi?

5.Sublimatlanish hodisasi qaysi galogen uchun xos?

6.Qaysi galogen faqat bir valentli bo`ladi?

7.Qaysi galogenni atom radiusi kata?

8.Qaysi galogen eng faol element?

9.Silvinit minerali qanday tuzlar aralashmasidan iborat?

10.Galogenlar uchun umumiy tashqi elektron formulasini ayting.
III. Yangi mavzu: (15 minut)

Yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida olib boriladi.

1.Xlorning muhim birikmasi.

2.Olinishi:

a)Sanoatda olinishi;

b)Labaratoriyada olinishi;

3.Fizik xossalari.

4.Kimyoviy xossalari.

5.Xlorid kislota.

6.Xloridlar-Natriy xlorid.

7.Xlorni kislorodli birikmalari.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarga quyidagi savol beriladi. Savolga javoblar o’tilgan mavzuni yangi mavzuga bo’g’laydi.

1.Vodorod xloridni suvli eritmasi kislota xossasini namoyon qilishini qanday izohlaysiz?

Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir.

Vodorod xlorid - kimiyoviy formulasi – HCl.

Nisbiy molekulyar massasi – 36,5.

Tuzilish formulasi- H-Cl

Kovalent qutbli molekula

Elektron formulasi - H Cl



Olinishi .

1.Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o`zaro reaksiyaga kiritiladi:

H2 + Cl2 = 2HCl.



2.Labaratoriyada olinishi . Vodorod xloridni labaratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta`sir ettiriladi:

NaCl + H2SO4 = Na H SO4 + HCl ↑

Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, natriy sulfat hosil bo`lishi bilan yakunlanadi:

2NaCl + H2SO4 = Na2SO4 + 2HCl↑


Fizik xossalari.Vodorod xlorid rangsiz, o`tkir xidli , bo`g`uvchi gaz bo`lib , havodan biroz og`ir ( D = 1,256 ) . Suvda juda yaxshi eriydi, ya`ni 1 hajm suvda 500 hajm HCl eriydi.

Kimyoviy xossalari. Vodorod xloridning kimyoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o`xshaydi. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Ishlatilishi . Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi.
Xlorid kislota - vodorod xloridning suvdagi eritmasidir .

Olinishi . Xlorid kislotani labaratoriya sharoitida olish uchun oddiy reaksiya o`tkaziladi:

NaCl + H2SO4 = Na2SO4 + HCl ↑

Sanoatda: H2 + Cl2 = 2HCl.

Fizik xossalari.

Konsentrlangan xlorid kislota-- Rangsiz,

O`tkir xidli ,

Nam havoda tutaydi,

Zichligi 1,19 g / sm3

Kislota 37%li bo`ladi .



Kimyoviy xossalari.

1.Kislotalar uchun umumy bo`lgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi .

a)Indikator ranggini o`zgartiradi:

--binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritiladi;

--ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi;

--metilzarg`aldog`ining to`q sariq ranggini qizil rangga kiritadi.

b) Metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi:

Zn + 2HCl = ZNCl2 + H2; Fe + 2HCl = FeCl2 + H2.

f) O`zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib , yangi kislota va tuz hosil qiladi:

CaCl2 + 2HCl = CaCl2+ H2O+CO2



2.Xlorid kislotaga xos boilgan reaksiyalar .

a) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirib , oq cho`kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho`kma suvda ham , kislotada ham erimaydi:

Ag NO3 + HCl = ↓ AgCl + HNO3
Yangi mavzu umumlashtiriladi. So’ng mustahkamlanadi.

IV. Mustahkamlash( 8 minut)
1-guruh vodorod xloridni ishlatilishi;

2-guruh natriy xloridni ishlatilishi;

3-guruh xlorid kislotani ishlatilishi; Guruhlar o’z ishini klaster ko’rinishida bajaradi.

10 ta o’quvchi bilan LOTOREYA o’yini o’ynaladi.



V. Baholash(2minut)

Ballar yigindisi asosida( o’quvchilarni ismlari yozilgan qog’ozlardagi ballar yulduzchalar ko’rinishida yopishtirilgan.)

Eng bilimdon o’quvchi- 5 ball

Eng faol o’quvchi- 4 ball

Eng harakatchan o’quvchi- 3 ball

VI. Uyga vazifa (2 minut)

1) 35- mavzuni o’qish.



2) BKM elementlarini o’rganish.

3) “Olovsiz tutun” hosil bo’lish reaksiya tenglamasini yozish.
Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə