Mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiy davrida o’rta osiyo reja



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə1/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#153197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO


MAVZU: AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO


Reja:



  1. Eronning tabiati va qadimgi aholisi

  2. Ahamoniylar davlati

3. Ahmoniylar xukumronligi davridagi O`rta Osiyo tarixiy geografiyasi.
1. Eronning tabiati va qadimgi aholisi. Eron janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biridir. Eron qudratli davlatga aylangan davrda uning g`arbiy chegarasi O`rtayer dengizi sohillariga borib yetgan. Shimolda esa uni Pont, Elbrus, Turkman-Xuroson va Hindikush tog`lari o`rab turar edi. Sharqda esa Sulaymon tog`i va Hind daryosi uni Hindistondan ajratib turardi. Janub va janubi-g`arbda esa mamlakat Eritrey dengizi va Fors qo`ltig`ining suvlari bilan o`ralgan edi. Eronning markaziy qismi yassitog`lik, sho`rxok yerlar, janubi esa Gardesiya sahrosiga tutashib ketadi. Eronda Karun, Kerxa, Xilmand kabi kichik daryo va suvi yozda qurib qoladigan soylar ko`p. Tog`larida temir, kumush, mis, oltin kabi ma`danlar serob. Mamlakat iqlimi har xil – shimolda kuz sovuq, yoz esa issiq, janubda esa qish iliqroq, yozi ancha issiq bo`ladi.
Eronda ibtidoiy jamoa tuzumining mustye davridan – 70–50 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadimda bu mamlakatda elamliklar, lulubeylar, amoriy, kassitlar, guteylar, habash, fors, midiya, aramey kabi qabilalar yashaganlar.
Eronda eng dastlabki davlat birlashmalarini mamlakatning janubi-g`arbida joylashgan elamliklar tuzganlar.
2. Qadimgi Elam. Miloddan avvalgi VI mingyillikda Eronning janubi-g`arbiy burchagida xo`jalik rivojlanib, xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish jarayoni sodir bo`ldi. Miloddan avvalgi III mingyillik boshlarida esa u yerda poytaxti Suza bo`lgan Elam davlati tashkil topadi. Miloddan avvalgi XXI asrgacha u Shumer va Akkad davlatlariga qaram bo`lib qoladi.
Miloddan avvalgi 2230-yilda Elam hukmdori Xita Akkad podshosi Naram-Suen bilan shartnoma tuzadi. Xita «Naram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do`sti esa mening do`stim» deb e`lon qiladi.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə