Mavzu: Aholi huquqiy savodxonligini oshirish masalalari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#133672
1   2   3   4
N 18.)Aholi huquqiy savodxonligini oshirish masalalari.

Moliyaviy savodxonlik va uni OAV orqali yoritilishi masalalariga xorijiy olim va mutaxassislar tomonidan keng e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, mazkur tushuncha ta’rifiga to‘xtalib o‘tiladigan bo‘lsa, ijtimoiy lug‘at va talqinlarda unga quyidagicha yondoshilgan: “Moliyaviy savodxonlik – bu inson moliyaviy xulq-atvori va madaniyati sohasidagi uning farovonligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga olib keluvchi bilim, ko‘nikma va qadriyatlar majmui; hayotdagi voqealar va iqtisodiy shartsharoitlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qisqa muddatli qarorlar va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish orqali shaxsiy moliyani boshqarishdagi qobiliyat va qat’iylikni, asosiy moliyaviy tushunchalarni anglab etishni ifodalovchi darajadir”[1].

  • Moliyaviy savodxonlik va uni OAV orqali yoritilishi masalalariga xorijiy olim va mutaxassislar tomonidan keng e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, mazkur tushuncha ta’rifiga to‘xtalib o‘tiladigan bo‘lsa, ijtimoiy lug‘at va talqinlarda unga quyidagicha yondoshilgan: “Moliyaviy savodxonlik – bu inson moliyaviy xulq-atvori va madaniyati sohasidagi uning farovonligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga olib keluvchi bilim, ko‘nikma va qadriyatlar majmui; hayotdagi voqealar va iqtisodiy shartsharoitlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qisqa muddatli qarorlar va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish orqali shaxsiy moliyani boshqarishdagi qobiliyat va qat’iylikni, asosiy moliyaviy tushunchalarni anglab etishni ifodalovchi darajadir”[1].

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) hujjatlarida moliyaviy savodxonlikka quyidagicha rasmiy ta’rif berilgan: “Moliyaviy savodxonlik – bu shaxsiy moliyaviy farovonlikka erishish uchun asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi xabardorlik, bilim, ko‘nikma, qadriyatlar (hayotiy yo‘nalishlar) va xulq-atvor kabi elementlarning majmui” [2]. A.Sudakovaning ta’kidlashicha “Hozirgi vaqtda moliyaviy savodxonlik tushunchasi moliyaviy ma’lumot, kompetentlik, xabardorlik va boshqa atamalar bilan uzviy bog‘liq. Moliyaviy savodxonlikning ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalar bilan asosiy farqi unga tegishli bo‘lgan asosiy elementlarning tatbiq etilish kengligi va bayon etilishining chuqurligida namoyon bo‘ladi. SHaxsning moliyaviy savodxonligi tushunchasini o‘z farovonligini oshirish uchun moliyaviy jihatdan asoslangan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi kompetensiyalar yig‘indisi sifatida talqin etish mumkin. Ayni vaqtda u ustun ravishda moliyaviy va vaqt bo‘yicha yo‘qotishlarni eng kam darajaga tushirishga imkon yaratadi” [3].


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə