Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samarali tashkil etish Mundarija



Yüklə 69,29 Kb.
səhifə9/12
tarix11.10.2023
ölçüsü69,29 Kb.
#127034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samaral-fayllar.org

Korporativ huquqning belgilari:
  • korporativ huquq me‟yorlardan, ya‟ni umumiy xarakterga ega bo’lgan o’zaro munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;


  • korporativ huquq o’zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga soluvchi me‟yorlar tizimini tashkil qiladi;


  • korporativ me‟yorlar tashkilotning har bir a‟zosi, korxonaning har bir xodimi uchun majburiydir;


  • korporativ me‟yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o’rnatish shakli sifatida korporativ hujjatlar xizmat qiladi;


  • korporativ me‟yorlar korxonada qabul qilinadi va alohida mustaqil birlashma jamoasining irodasini ifodalaydi;


  • korporativ me‟yorlar buzilganda, majbur qilish yo’li bilan ta‟minlanadi.


Aksiyadorlar qoldiq mulk egalari sifatida o’z zimmalariga olayotgan tavakkalchilik xatari evaziga muayyan kafolatlangan haq-huquqlarga ega bo’lishlari shart. Mulkka daxldorlik, aksiyalarni o’tkazib berish huquqi, foydadan o’z ulushini olish va muhim korporativ qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish huquqlarini shu jumlaga kiritish mumkin. Agarda aksiyadorlarga erkin huquq berilmasa, ular tez orada jamiyatga bo’lgan ishonchini yo’qotadi. Bu jamiyatga investitsiya jalb etish imkoniyatini mushkullashtiradi hamda butun faoliyat barqarorligini xavf ostiga qo’yadi.


Korporativ boshqaruvning murakkab va ziddiyatli tabiatini e‟tiborga olib, mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari o’rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan korporativ xatti-harakat mexanizmini tartibga soluvchi turli ko’rinishdagi kodekslar, xususan, aksiyadorlar manfaatlarini ta‟minlash masalalari, boshqaruvchining aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi oldida hisob berishi masalalarini ifodalovchi qoidalar ishlab chiqilishi zarur.
Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga ana shunday kodekslarning tatbiq etilishi xorijda keng yo’lga qo’yilgan bo’lib, davlat organlari hamda nohukumat tashkilotlar tomonidan korporativ xatti-harakat kodekslari, korporativ axloq va ishchanlik aloqalari masalalari yuzasidan uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Korporativ me‟yoriy hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi shart:
  • obyektiv haqqoniylikni aks ettirishi;


  • amaldagi qonunchilikka zid kelmasligi;


  • kompaniyaning barcha a‟zolari va xodimlari uchun tushunarli bo’lishi;


  • me‟yorlarning betartib to’plamini tashkil qilmasdan, balki ma‟lum bir tuzilmaga ega bo’lishi;


  • barcha zarur rekvizitlarga ega bo’lishi.


Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki me‟yorlar yig’indisi bo’lib, korporativ munosabatlarning tartibini o’rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim elementlariga taaluqli bo’lgan asosiy me‟yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli qog’ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir. Korporativ boshqaruv tizimi amal qilayotgan xar bir davlatda o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda ,ijtimoiy – iqtisodiy holatiga mos ravishda turlicha bo’ladi. Mamlakatda korporativ boshqaruvning rivojlanganlik darajasi aksiyadorlarning huquqlari ,ularning kapitali va aksiyadorlik jamiyatlarining


rivojlanganlik holati bilan bevosita bog’liqdir.
Hozirgi davrda jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning Amerika Germaniya va Yaponiya modellarini ko’rish mumkin. Bu modellarga mamlakatimizda korporativ boshqaruvni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shayotgan yosh olimlaridan D.Suyunov o’z fikr – mulohazalarini berib o’tgan.
Jumladan , Amerika modelining asosida har bir fuqaroni shaxsiy boylikka ega bo’lishini ta‟minlash yotadigan bo’lsa, Germaniya modelining asosida esa har bir fuqaroning iqtisodiy xavfsizligini ta‟minlash masalasi yotadi.
Yaponiyada korporativ boshqaruv modeli Germaniya va Amerika modellari orasidagi model‟ bo’lib ,bunda ikkala mamlakat boshqaruv modelining elementlari ishtirok etadi. Bu modellarning qiyosiy tahlil quyidagicha aks ettirilgan. (3.1.1.- rasm) Korporativ boshqaruvning Amerika modeli bevosita AQShda aksiyadorlik mulkining tizim xususiyatlariga bog’liqdi.


Yüklə 69,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə