Mavzu: Amaliy ekonometrik modellar


Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o’rtacha moyillik (IO’M) deyiladi



Yüklə 475 Kb.
səhifə9/11
tarix01.02.2023
ölçüsü475 Kb.
#99947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10.Amaliy ekonometrik modellar-1

Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o’rtacha moyillik (IO’M) deyiladi:

.

Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o’rtacha moyillik (JO’M) deyiladi:

.

SHuningdek, iste’mol yoki jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko’rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o’zgarishi uning iste’mol va jamg’armaga nisbatan munosabati qanday o’zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik (IQM) deyiladi, ya’ni:



.

Daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arma hajmining o’zgarishi darajasi jamg’armaga keyingi qo’shilgan moyillik (JQM) deyiladi, ya’ni:


.

Demak, sof daromadning o’sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o’rtasidagi nisbat o’zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig’indisi 1ga teng bo’ladi, ya’ni:






6.Talab va taklifni tahlil qilish
P - bir birlik mahsulotning narxini bildiradi, abtsissa o’qi bo’yicha
belgilangan Q – mahsulot miqdorini ifodalaydi. Mahsulot narxi – bu sotuvchi taklif qilayotgan ma’lum miqdordagi mahsulot uchun oladigan va xaridor talab qilayotgan bu mahsulot uchun to’laydigan to’lovdir.
Taklif funktsiyasi - QS bozorning narxlarida ishlab chiqaruvchining qancha
miqdorda mahsulot sotishiga xohishi borligini bildiradi. Bu egri chiziq
yuqoriga yo’nalgan bo’ladi, negaki narx qancha yuqori bo’lsa, firmalar shuncha ko’p mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishga intilishi mumkin bo’ladi.
Talab funktsiyasi - QD, bozorning har bir narxida iste’molchilar qancha
miqdorda mahsulot xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildiradi. Talab egri chizig’i pastga yo’nalgan, negaki odatda iste’molchi narx past bo’lganida, ko’proq mahsulot xarid qilishni afzal ko’radi.
Talab va taklif funktsiyalari bir nuqtada, talab va taklif
muvozanatlashgan A nuqtada kesishadi, ya’ni muvozanat narx – P* va muvozanat ishlab chiqarish miqdorida - Q*. Muvozanat narxda P* taklif qilinayotgan va talab qilinadigan mahsulot miqdori bir miqdorda Q* ga tengdir. Bozor mexanizmi erkin bozordagi sharoitni muvozanat narx o’rnatilmagunicha o’zgarishini ta’minlaydi, ya’ni narxning o’zgarishi taklif qilinayotgan mahsulot hajmi, talab qilinayotgan mahsulot hajmiga teng bo’lmagunicha davom etadi.
Muvozanat nuqtasida taqchil ham, ortiqcha taklif ham bo’lmaydi, shunday ekan bozorda narxni o’zgarishiga olib keluvchi kuchlar ham bo’lmaydi.



Narxga nisbatan talabning chiziqli ko’rinishidagi ekonometrik modeli





Narxga nisbatan taklifning chiziqli ko’rinishidagi ekonometrik modeli





Iqtisodiy nazariyadan bilamizki, tovarga bo’lgan talab asosan ushbu


tovarning narxiga bog’liq (talab qonuni). Mumkin bo’lgan boshqa
determinantlar o’z ichiga boshqa raqobatdosh tovarlar narxi (yaqin o’rnini
bosuvchi) yoki ushbu tovarni to’ldiruvchilari (yaqin to’ldiruvchi) va albatta
iste’molchining daromad darajasini oladi. Ushbu barcha determinantlarni
qo’shish uchun biz ko’plikdagi regerssion tahlildan foydalanishimiz zarur.
SHunga qaramasdan, pedagogik maqsadlar uchun, biz bitta bog’liq bo’lmagan faqat mahsulot narxiga bog’liq bo’lgan talab funktsiyasining bir qismini
olishimiz mumkin. (Buni amalga oshirishning boshqa usuli, boshqa teng
sharoitlarda biz talab funktsiyasiga kiruvchi boshqa o’zgaruvchilar o’zgarmaydi va bundan kelib chiqib, talab miqdoriga ta’sir etmaydi deb faraz qilamiz).Tanlama regressiya tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:

bu yerda standart belgilanishlardan foydalanilgan, qt – talabni, pt esa mahsulot narxini bildiradi. Iqtisodiy nazariyadan bilamizki, manfiy a1 talab qonunini ifodalaydi (narx qancha yuqori bo’lsa, talab hajmi shunchalik kam bo’ladi).


Mahsulotning narxi va sotish hajmi uchun vaqtli qatorlar ma’lumotlarini to’plashimiz va yuqorida keltirilgan parametrlarni baholashimiz mumkin. Olingan natijalarning izohi quyidagicha bo’ladi.
a1 uchun: agar mahsulotning narxi bir birlikka oshsa (ya’ni, agar narxni £ da o’lchasak, £1,00 ga oshadi), ushbu
mahsulotning iste’moli a ˆ1 birlikka kamayadi (chunki, a1 manfiy bo’ladi). a0 uchun:
agar mahsulot narxi nolga teng bo’lsa, iste’molchi ushbu mahsulotning a ˆ1 miqdorini iste’mol qiladilar, R2, kutilayotganidek quyidagicha (aytaylik, 0,6) bo’ladi, ya’ni qo’shimcha o’zgaruvchilar mavjud bo’lib, ular talab miqdoriga ta’sir qiladilar, ammo biz ularni regressiya tenglamasiga kiritmaganmiz hamda quyidagi tenglamadan ma’lum yil (aytaylik, 1999) uchun mahsulotning narx bo’yicha elastikligini olish mumkin:




Yüklə 475 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə