Mavzu: Anomal xossali neft konlarini ishlash loyihalashtirish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#140352
  1   2
11-mavzu



Mavzu: ANOMAL-QOVUSHQOQ NEFTLI
UYUMLARNI ISHLASH VA LOYIHALASHTIRISH
REJA:
1. Anomal-qovushqoq neftli uyumlarni ishlash xususiyatlari
2. Anomal neftni tekis-radial sizishini sxemalashtirish


1.Anomal-qovushqoq neftli uyumlarni ishlash
xususiyatlari

Anomal neftli konlarni ishlash, neftda strukturani hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bir
qator xususiyatlarga ega. Neftda strukturani hosil bo‘lishi, neft uyumlarini ishlash
ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashishiga olib keluvchi, bir qator salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, yuqori qovushqoq neftni sizishi
natijasida olish burg‘ quduqlarini debiti kamaytiradi. Qatlamni sizish bilan
qamrab olish koeffitsiyenti ham kamayishi mumkin, chunki bosimlar gradiyenti
neftdagi strukturani chegaraviy buzulish bosimlari gradiyentidan kam
bo‘lganda, neft kichik o‘tkazuvchanli qatlamchalarda kam harakatsiz bo‘lib,
asosan yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda harakat qiladi.


Agar qatlamdagi bosim gradiyentlari ushbu neftni dinamik siljish bosimi
gradiyentidan kichik bo‘lsa, deyarli buzilmagan strukturali neft harakati
kuzatiladigan zonalar hosil bo‘lishi mumkin. Bu zonalar shartli ravishda
“turg‘unli”
zonalar deb atalishi mumkin. Qatlamni turg‘unli zonalarida neft
faqat ayrim yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda yoki zonalarda siziladi.
Qatlamni qolgan qismlarida neft deyarli harakatda bo‘lmaydi. Agarda neftni
anomal qovushqoqligini kamaytirish yoki qatlam bosimi gradiyentlarini oshirish
choralari ko‘rilmasa, bu qatlamni yakuniy neft beraolish koeffitsiyentini
pasayishiga olib keladi.


Neftni anomal qovushqoli zonalarini yuzaga kelishi
va tarqalganlik xususiyati, haydash va olish burg‘ quduqlarini
joylashtirish sistemasiga, hamda ularni ishlash rejimiga
bog‘liq bo‘lgan, uyum maydoni bo‘ylab qatlam bosimi
gradiyentlarini taqsimlanganligiga bog‘liq. U yana
anomal
qovushqoqli neft tarkibiga
va
g‘ovak muhitni
o‘tkazuvchanligiga
bog‘liq. Anomal qovushqoqlikni yuzaga
kelishiga jinslarni kimyoviy tarkibini ta’siri hozirgi vaqtda
to‘liq o‘rganilmagan.



Ma’lumki, neftni tarkibi va xossalari uyumni maydoni va qatlam qalinligi bo‘yicha jiddiy
o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotchilar qatlamni shipidan tagi tomon neftni zichligini
ortib borishi haqida ma’lumotlar keltirishgan. Ammo, neft qovushqoqligini uyum bo‘ylab
taqsimlanganligi kam o‘rganilgan. Odatda gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi aniqlanadi.
Neftning bu ko‘rsatkichi qatlam bo‘ylab katta oraliqda o‘zgarishi kuzatilgan. Masalan,
Taymurzin konidagi (Rossiya, Bashqirdiston) gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi maydon
bo‘ylab 28 dan 200 mPa*s o‘zgarishi aniqlangan.

Odatda, neft konlarini ishlashni loyihalashtirishda neftni fizik xossalarini va qatlamni fizik
xususiyatlarini uyum bo‘ylab o‘rta qiymati olinadi. Neft shakli bo‘yicha modellashtiriladi.
Konlarni asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini bashorat qilish uchun bunday yondashishni anomal
neftni uyumlarda qo‘llab bo‘lmaydi.


Neft
konlarini
muhim
texnologik
ko‘rsatkichlarini
aniqlash
uchun
gidrodinamik hisoblarni bajarishda neftni reologik xossalarini o‘zgarishni
va qatlamni har xilligni inobatga olish kerak. Shunday qilib, anomal
qovushqoqli neft uyumlarini loyihalashtirishdagi va tahlilidagi bosh xususiyati
neft va gaz tarkibini, fizik va muhim reologik xususiyatlarini uyum hajmi
bo‘ylab o‘zgarishini mufassal o‘rganish zaruriyati hisoblanadi. Gidrodinamik
hisoblashlar sxemasini tanlash neft va gaz xossalarini uyum bo‘ylab
taqsimlanganlik xususiyatlari inobatga olib bajaralishi kerak.



Neftlarni anomal qovushqoqli xususiyatlariga qatlamni fizik xususiyatlari va har
xilligi katta ta’sir etadi. Masalan, dinamik siljish bosimini gradiyenti va neftdagi
strukturani chegaraviy buzilish bosimi gradiyenti jinslarni o‘tkazuvchanligiga katta
bog‘liq. Reologik xossalarni keskin yomonlashuvi, kichik o‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti
bilan
xususiyatlanuvchi,
g‘ovak
muhitlardagi
neftni
sizilishida
namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, oluvchi va haydovchi quduqlarni joylashtirish
sistemasi, ular orasidagi masofalar, ularni ishlash rejimlari uyumni ishlashda qatlam
bosimi
gradiyentlarini,
neftdagi strukturalarni chegaraviy
buzilish
bosimi
gradiyentlaridan katta bo‘lishini, ta’minlash kerak. Agar ushbu maqsadga erishish
ishlash iqtisodiy ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashuvi sababli, mumkin bo‘lmasa, u
holda neftni reologik xossalarini yaxshilash tadbirlarini loyihalash kerak.



Neft konini ishlashni dastlabki loyihalarini tuzish bosqichida loyihalovchi,
neftni strukturali mexanik xossalariga ta’sir etuvchi, neftni tarkibini uyum maydoni
bo‘ylab taqsimlanganligi va o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini o‘zgaruvchanlik
xususiyatlari haqida yetarli darajadagi mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Shu
sababli qatlam va qatlam nefti haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lib borishi bilan
neftni anomal qovushqoqligini kamaytirish tadbirlariga o‘zgarishlar kiritilish kerak.

Bundan tashqari, uyumni ishlash jarayonida turli sabablarga ko‘ra ishlatish
quduqlaridan olinayotgan neftni xossalari jiddiy o‘zgarishi mumkin. Shu sababli
neft va gaz tarkibini, ularni reologik xossalarini o‘zgarishi haqida muntazam
nazorat olib borish kerak.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə